N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Yuz bo‘lim suyaklari – cranium viscerali s. splanchnocranium 
og‘iz va 
burun bo‘shlig‘ining hosil bo‘lishida ishtirok etadigan suyaklardir. Yuz bo‘limi 
suyaklariga: pastki jag‘, yuqorigi jag‘, jag‘ oraliq, burun, yonoq, ko‘z yoshi, 
tanglay, qanotsimon, dimog‘, yuqorigi va pastki burun chig‘anoqlari hamda til osti 
suyaklari kiradi. 
Pastki jag‘ suyagi

os mandibulare 
ikkita suyakdan tuzilgan bo‘lib, chakka 
suyagining yonoq o‘simtasi bilan birikib turadi. Bu suyakda tanasi – 
corpus 
mandibulare
hamda jag‘ shoxchasi – 
rami mandibulare 
farqlanadi. Pastki jag‘ 
joylashadigan katakchalari – 
margo alveolaris 
da
 
esa tishlarning kesuvchi qismi – 
pars incisiva, 
asosiy qismi – 
pars molaris 
farqlanadi. Kesuvchi qismida tashqi 
qavariq lab yuzasi – 
facies labialis 
va ichki botiq til yuzasi – 
facies lingualis 
bo‘ladi. Bu ikkala yuza alveolyar yuzada bir biriga birlashadi va shu erda 4 ta tish 
alveola katakchalari bo‘ladi. Kesuvchi qismida tishli alveolyar cheti – 
rami-margo 
alveolaris
bo‘lib, u tishsiz cheti – 
rami-margo interalveolaris 
ga o‘tadi. Asosiy 
qismida til yuzasi – 
facies lingualis  
va jag‘lararo muskul uchun jag‘-til osti liniya 
(hoshiya) – 
linea mylohyoidea 
hamda lunj yuzasi – 
facies buccalis 
bo‘ladi. 
Asosiy qismning tashqi va ichki yuzasi bo‘lib, uning tashqi yuzasida iyak 
osti teshigi – 
foramen mentalis
bor. 
Jag‘ shoxchasi jag‘ burchagidan to bo‘g‘im o‘simtasigacha cho‘zilgan. 
Uning yon (lateral) yuzasida chaynash muskulining qanotsimon yoki kichik 


chaynovchi muskul birlashishi uchun chuqurchasi, medial (ichki) yuzasida esa 
qanotsimon chuqurcha bo‘ladi. 
Jag‘ shoxchasining kirish (oral) uchida chakka muskuli uchun muskul 
o‘simtasi – 
processus muscularis
chiqib turadi, aboral (chiqish) uchi uning 
yuqorisida botiq bo‘g‘im o‘simtasi – 
processus articularis
bulib, u muskul 
o‘simtasidan jag‘ kesigi – 
incisura mandibulare
orqali ajralib turadi.
Qanotsimon chuqurchasida nerv va tomirlar o‘tishi uchun pastki jag‘ teshigi 
– 
foramen mandibulare
yotadi va u pastki jag‘ kanali – 
canalis mandibularis
ga 
boradi. Bu kanal iyak osti teshik bilan tugallanib, uning ichida nafis kesuvchi qism 
kanali joylashadi va u kesuvchi qismda tugaydi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda 
– 
pastki jag‘lar bitta 
suyakka ertachi aylanadi; tomirlar o‘yig‘i chuqur; kesuvchi qism alveolasi 3 ta va 1 
ta qoziq tish uchun (erkak hayvonlarda); jag‘, til osti liniyasi yaxshi ko‘ringan; 
suyak bo‘yni, chaynash va qanotsimon chuqurchalar yaqqol ko‘zga tashlanuvchan, 
muskul o‘simtasi katta; bo‘g‘im o‘simtasi kundalang – oval, qavariq; pastki jag‘ 
burchagi qalinlashgan. Cho‘chqada
– 
pastki jag‘ suyaklari bir-biriga qo‘shilib 
ketgan; alveolasi 3 ta; muskulda bo‘g‘im o‘simtalari bir xil uzunlikda; bo‘g‘im 
o‘simtasi uchburchak qavariq shaklda; pastki jag‘ning tanasida bir nechta iyak osti 
teshikchalari bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda
– 
pastki jag‘ suyagi 
tanasining har qaysi tomonida kurak tishlar uchun to‘rttadan chuqurchalar bo‘ladi; 
oziq tishlar uchun maxsus chuqurcha bo‘lmaydi. Itda

chaynash muskulining 
chuqurchasi chuqurroq; muskul o‘simtasi baland (uzun); jag‘ burchagida burchak 
o‘simtasi bo‘ladi; tishsiz cheti bo‘lmaydi; iyak osti teshiklari bir nechta bo‘ladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish