yozuvchi muskullari va sag‘ri terisiga tarqaladi. Pastki teshikdan chiquvchi nervlar
dumg‘aza chigalini hosil qiladi, undan bir qancha alohida nervlar hosil bo‘ladi.
Sag‘rining old tomon nervi
– n.glutaeus cranialis
belning oltinchi va
dumg‘azaning birinchi juft nervlaridan chiqib, sag‘ri muskullariga tarqaladi.
Sag‘rining orqa tomon nervi
– n.glutaeus caudalis
dumg‘azaning
birinchi,
ikkinchi va uchinchi juft nervlaridan chiqib, sag‘ri arteriyasi bilan sag‘ri
muskullariga va sonning ikki boshli muskullariga tarqaladi.
Son terisining orqa tomon nervi
–
n. cutaneus femoris
dumg‘azaning
birinchi va ikkinchi juft nervlaridan chiqib, sonning ikki boshli muskuli orqa qismi
–
nn. clunii caudalis
dan teriga tarqaladi.
Jinsiy azo nervi
– n.pudendus
dumg‘azaning uchinchi va to‘rtinchi juft
nervlaridan paydo bo‘lib, jinsiy azo arteriyasi bilan quymich yoyi tomon o‘tadi.
Erkak hayvonlarda jinsiy azoga o‘tib, yuqorigi jinsiy nerv –
dorsalalis penis,
urg‘ochilarda esa klitor – clitoridis va tashqi jinsiy lablarga tarqaladi.
Jinsiy
nervdan to‘g‘ri ichak nervi –
n.haemorroidalis medialis
va oraliq nerv –
n.perinealis
ajraladi. Qoramolning oraliq nervi elinining keyingi bulimiga
tarqaladi, elinining oldingi qismi qorin-yonbosh-chov nervidan tarmoq oladi.
To‘g‘ri ichakning orqa tomon nervi –
n.haemorroidalis caudalis
dumg‘azaning to‘rtinchi va beshinchi juft nervlaridan chiqib, to‘g‘ri ichak, orqa
chiqaruv
teshigi va dum muskullariga, urg‘ochi hayvonlarda jinsiy lablarga
tarqaladi.
Quymich nervi –
n.ischiadicus
belning oltinchi va dumg‘azaning birinchi,
ikkinchi, uchinchi juft nervlaridan chiqadi. Bu nerv dumg‘aza chigalining eng
yo‘g‘oni va uzuni hisoblanadi.
Katta boldir nervi –
n.tibialis
o‘z navbatida, bir nechta nervga ajraladi.
Muskul tarmog‘i –
r.muscularis
bir qancha mayda tarmoqchalarga bo‘linib,
son suyagining orqa tomonidagi muskullarga tarqaladi.
Boldirning orqa tomon terisi nervi
– n.cutaneus surae plantaris
boldir
suyagining orqa tomonidagi teriga tarqaladi.
Tizza bo‘g‘imining pastki yon tomon nervi –
n.n.ramus muscularis distalis
tovonning yozuvchi va barmoqning bukuvchi muskullariga tarqaladi.
Boldirning o‘rta qismi terisi nervi –
n. cutaneus surae medialis
tovon
bo‘g‘imi yonida katta boldir nervi, yon va o‘rta plantar nervlar –
n. plantaris
lateralis et medialis
ga, ular esa
boldirning plantar nervlariga, kaftning plantar
nervlari –
n.n.metatersale plantares
ga bo‘linadi, bular esa barmoq nerlariga
tarmoqlanib, oyoqlar tuyog‘i atrofida tugaydi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Qoramolda – plantar o‘rta nerv
uchinchi plantar barmoqning o‘rta nervini va umumiy barmoq plantar nervi
uchinchi, to‘rtinchi
barmoqlar, plantar yon nervi to‘rtinchi barmoq yon nervini
hosil qiladi. Cho‘chqada – plantar o‘rta nerv kaftning uchinchi, to‘rtinchi plantar
nervini hosil qilib, yon nervi bilan qo‘shiladi. Qo‘yda – yon va o‘rta
tarmoqlarga
bo‘linadi. Plantar o‘rta nerv tovonning ustida teriga uchta: o‘rta, pay va bo‘g‘im
kapsulasiga boradigan nervlarga bo‘linadi. Otda – plantar yon va o‘rta nervlarga,
so‘ngra ular barmoq nervlariga bo‘linadi.
Kichik boldir nervi
– n.peroneus (s. fibularis)
boldir nervi yonida joylashadi.
Tizza bo‘g‘imi yonida boldir terisi yuqorigi nervi –
n.cutaneus surae dorsalis
ni
hosil qiladi va shu joydagi teriga boradi. Tizza bo‘g‘imining pastrog‘ida
boldirning yuza va chuqur kichik nervlarini hosil qiladi.
Kichik boldirning yuza nervi
– n.peroneus superficialis
barmoqlarga boradi.
Kichik boldirning chuqur nervi –
n.peroneus profundus
kaftda bir qancha
tarmoqlarga bulinib, teri muskullariga tarqaladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Qoramolda –
kichik boldir
nervining yuza tarmog‘i lateral to‘rtinchi barmoqning o‘rta, uchinchi barmoqning
o‘rta va uchinchi, to‘rtinchi barmoqlarning umumiy nervlarini hosil qiladi, chuqur
nerv esa barmoqlarning umumiy nerviga qo‘shilib ketadi. Cho‘chqada – kichik
boldir nervi tovonning ikkinchi, to‘rtinchi yuqorigi nervi
– n.metatarsi dorsales
ni
hosil qiladi. Otda – kichik boldir nervi teriga, tovonga, kaft va barmoq nervlariga
bo‘linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: