N. B. Dilmurodov


Vegetativ nerv tizimining simpatik qismi



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Vegetativ nerv tizimining simpatik qismi 
umurtqa pog‘onasi ostida zanjir 
shaklidagi uzun simpatik nerv stvolini hosil qiladi. Bu stvol old tomondan 
boshning asosigacha, orqa tomondan dumgacha boradi. Uning orqa miyadan 
chiqqan preganglionar tolalari umurtqa yoki umurtqa oldi gangliylarida tugab, 
simpatik nerv hosil qiladi. Umurtqa yoki umurtqa oldi gangliylari periferik 
neyronlar tanasidan hosil bo‘ladi, ularning o‘simtasi, ya’ni postganglionar tolalari 
barcha organlarga miya nervlari yoki qon tomirlari bilan tarqaladi. 


Simpatik nerv stvoli 
– 
truncus symphaticus
old tomonda boshgacha va 
orqada IV dum umurtqasigacha boradi hamda bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza, dum 
qismlarga bo‘linadi. 
Bo‘yin qismi
 
– umumiy uyqu arteriyasi yonida bo‘ladi va sayyor nerv bilan 
qo‘shilib, umumiy stvol – 
truncus vagosymphaticus
ni hosil qiladi. Bo‘yinning 
oldingi tuguni
 
– 
gnl. servicale craniale
ensa suyagi tanasiga yaqin, uyqu 
arteriyasining yuqori tomon yuzasida joylashgan. Qoramol va cho‘chqalarda quloq 
suyagiga, otlarda atlant qanotiga yaqin turadi. Qo‘ylarda ensa suyagining yon 
qismida bo‘ladi. Bo‘yinning oldingi tugunidan bir nechta tarmoq chiqib, maxsus 
nervlar hosil qiladi:
1. Ichki uyqu nervi - 
n.caroticus internus
bo‘yin tugunining oldingi 
tomonidan chiqib, ichki uyqu arteriyasida chigal – 
plexus caroticus internus
hosil 
qiladi va ichki uyqu arteriyasi bo‘ylab tarqaladi, gipofiz beziga va bosh nervlariga, 
ko‘zning rangli moddasi hamda yosh beziga boradi. 
2. Bo‘yinturuq nervi
– n.jugularis
ikkita tarmoqqa bo‘linib, bittasi sayyor 
nervning bo‘yinturuq tuguniga, ikkinchisi esa til, halqum nervining qoyali 
tuguniga boradi. Nervlar aralashib halqum, qizilo‘ngach, hiqildoq va kekirdakka 
tarqaladi. 
3. Tashqi uyqu nervi
 
– 
n.caroticus externus
tashqi uyqu arteriyasi chigali 
– 
plexus caroticus extermus
ni hosil qiladi va butun qon tomirlari bo‘ylab tarqaladi. 
Ularning bir qismi til osti va quloq tugunlariga, so‘ngra so‘lak bezlariga boradi. 
4. Biriktiruvchi kulrang tarmoqlar
– rami communicantes grisei
IX – XI – 
XII bosh miya nervlarini hamda birinchi bo‘yin nervini simpatik stvolga bog‘laydi 
va tarmoqlanadi. 
Bo‘yinning o‘rta tuguni birinchi qovurg‘aning yuzasida, kavsh qaytaruvchi 
hayvonlarda (VI – VII) bo‘yin umurtqasi ro‘parasida joylashadi va yulduzsimon 
tugun bilan ham qo‘shiladi. 
Bo‘yinning orqa tuguni
– ganlgion cervicale caudale
ko‘krak tugunlariga 
qo‘shiladi va yulduzsimon tugunni hosil qiladi. 
Bo‘yinning o‘rta tuguni
 
– 
ganglion cervicale medium 
postganglonar toladan 
aorta, yurak, qizilo‘ngach, sayyor nerv va qaytaruvchi nervlarga boradi.
 
Yulduzsimon tugun –
 ganglion stellatum
ning postganglionar tolasi o‘zidan 
bir qancha nerv ajratadi:
a) Umurtqa nervi
 –n.vertebralis 
umurtqa arteriyasi bilan birga o‘tib, VII-III 
bo‘yin nerviga biriktiruvchi kulrang tarmoq beradi. Biriktiruvchi kulrang tarmoq 


VII-VIII bo‘yin va birinchi ko‘krak umurtqasi nervlariga, qaytaruvchi nerviga 
boradi. 
b) Uchta yurak tarmoqchasi 
– r.cardiaci (n.accellerantes cordis)
yurak 
bo‘limlariga o‘tadi. Ko‘krak, bel va dumg‘aza bo‘limida simpatik nerv stvoli 
umurtqalar tanasida umurtqalararo teshikka yaqin joylashib, har bir umurtqada 
bittadan tugun hosil qiladi.
Ko‘krak tugunining postganglionar tolasidan quyidagi nerv tarmoqlari hosil 
bo‘ladi: biriktiruvchi kulrang tarmoq – 
ramus communicantes grisei 
ko‘krak 
nervlariga qo‘shiladi; aorta chigali tarmoqchasi IV ko‘krak umurtqasidan 
boshlanadi. Har qaysi umurtqadan chiqadigan preganglionar tola biriktiruvchi 
tarmoqcha – 
ramus communicantes alba 
hosil qilib, umurtqa tuguniga qo‘shiladi, 
bunda chegara simpatik nerv stvoli hosil bo‘ladi. Ko‘krak va belning simpatik nerv 
stvolidan keyin turadigan prevertebral gangliylariga qorin bo‘shlig‘i nerv 
chigalining yarim oysimon tuguni, buyrak chigali tuguni, ichak pardasining orqa 
tuguni va qorin osti nerv chigali tugunlari kiradi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish