Orqa chiqaruv teshigi limfa tugunlari
–
lnn.anales
– barcha hayvonlarda
orqa chiqaruv teshigidan yuqorida teri ostida joylashadi. Orqa chiqaruv teshigi,
dum, chot orasidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi yonboshning medial tuguniga
boradi.
Buyrak limfa tugunlari
–
lnn.renales
–
barcha hayvonlarda buyrak
darvozasida joylashadi. Buyrakdan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi bel
sisternasiga boradi.
Tuxumdon limfa tuguni
–
ln.ovaricus
– mayda,
faqat otlarda uchraydi va
tuxumdon payida joylashadi.
Bachadon limfa tugunlari
–
lnn.uterine
– cho‘chqalarda yaxshi rivojlangan
bo‘lib, bachadonning keng payida joylashadi.
Qorin bo‘shlig‘idagi organlar limfa tugunlari va tomirlari
A-otning organlari. 1-taloq, 2-charvi, 3-oshqozon, 4-ichak arteriyasi, 5-o‘n ikki
barmoq ichak, 6-jigar qopqasi limfa tugunlari va qon tomirlari, a-taloq, e-
oshqozon osti bezi, c-oshqozon, d-o‘n ikki barmoq ichak, B-sigirning organlari.
1-yo‘g‘on ichak, 2-ko‘r ichak, 3-yonbosh ichak, 4-ichak pardasi limfa tugunlari va
qon tomirlari, 5-ichakning limfa stvoli, a-o‘n ikki barmoq ichak, e-to‘g‘ri ichak, c-
ko‘r ichak va chambar ichak.
Limfa tomirlari
Bel sisternasi
–
cisterna chyli
– qoramollarda uzunchoq oval xalta shaklida
bo‘lib, uzunligi 11 – 18 sm, eni 1,5 – 2,2 sm bo‘ladi va aortadan yuqorida oxirgi
ikkita ko‘krak umurtqalari va dastlabki ikkita bel umurtqalari ostida joylashadi.
Unda 2 – 5 ta klapanlar mavjud. Sisternaga orqa tomondan 3 ta: bel, ichak va qorin
limfa yo‘llari quyiladi.
Bel limfa yo‘li –
truncus lymphaticus lumbalis
– 0,8 – 12
sm qalinlikda
bo‘lib, orqa kovak vena va aortadan pastda joylashadi, chotning chuqur va
dumg‘azaning barcha tugunlaridan chiquvchi tomirlarni qabul qiladi.
Ichak limfa
yo‘li –
truncus lymphaticus intestinalis
– 0,75 – 1 cm qalinlikda bo‘lib, ichak
pardasi va oshqozon tugunlaridan chiquvchi limfa tomirlaridan shakllanadi. Qorin
limfa yo‘li –
truncus lymphaticus coeliacus
–sisternaga old tomondan quyiladi.
Ko‘krak yo‘li
–
ductus thoracicus
– bel sisternasidan boshlanadi, aortadan
o‘ngroqda yuqori tomonda joylashadi. U o‘ng – postkardial va chap – prekardial
qismlarga bo‘linadi. 5 – 6-ko‘krak umurtqalari sohasida ko‘krak yo‘li
S-simon
qayrilma qilib, u qizilo‘ngach va kekirdakdan chapda va chap o‘mrov osti
arteriyasi tarmog‘idan o‘ngda joylashadi. Oldingi kovak venaga quyilishdan oldin
ko‘krak yo‘li ampulasimon kengaytma –
ampula ducti thoracici
hosil qiladi.
Ushbu kengaygan joyda 8 – 11 ta klapanlar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: