N. B. Dilmurodov


Endokard –  endocardium



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Endokard
– 
endocardium 
– yurakning ichki qavati bo‘lib, elastik 
to‘qimalardan tashkil topgan, endoteliy ho‘jayralari bilan qoplangan.
Miokard 
– 
myocardium – 
yurakning o‘rta qavati bo‘lib, yurak muskul 
to‘qimasidan tashkil topgan; yurak bo‘lmalari va qorinchalari muskul tolalari 
alohida bo‘lib, bir-biri bilan qo‘shilmaydi. Atrioventrikulyar teshik atrofida 
joylashgan fibroz tog‘ayi orqali ajralib turadi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalari 
muskul qavatini qalinligi har xil bo‘ladi. 
Epikard
– 
epicardium – 
yurakning tashqi zardob pardasi hisoblanadi. 
Yurak ikkita bo‘lma va qorinchalarining ichki to‘sqichi – 
septum atriorum et 
ventriculorum 
orqali to‘rtta kameraga bo‘linadi. Shundan ikkitasi yurakning 
asosida joylashgan, ikkitasi esa uning pastki qismida joylashgan. Yuqoridagi ikkita 
bo‘shliqqa o‘ng va chap yurak bo‘lmalari – 
atria dexter et sinister, 
pastdagisi esa 
o‘ng va chap yurak qorinchalari – 
ventricululi dexter et sinister
deyiladi. O‘ng 
yurak bo‘lmasi o‘ng qorincha bilan tutashadi, chap bo‘lma esa chap qorincha bilan 
tutashadi. Yurakni o‘ng bo‘lagi bilan chap bo‘lagidagi suyuqlik bir-biri bilan 
aralashmaydi. Yurak qorinchalari o‘rtasida to‘sqich – 
septum interventriculum
bo‘ladi. Embrion yurak bo‘lmalarining to‘sqichida oval teshik – 
foramen ovalis 
bo‘ladi. Bu teshik bola tug‘ilgan vaqtda yopiladi, ba’zilarida (20% gacha) bitmay 
umrbod saqlanib qoladi. 
Yurak bo‘lmalari – 
atrii cordis 
yurakning asosiy qismida joylashadi, yurak 
qorinchalaridan ko‘ndalang ariqcha orqali ajralib turadi. 
Har bir yurak bo‘lmasining devori yupqa muskul, o‘ng va chap yurak 
quloqchasi 
– auriculae dextra et sinistra
dan iborat. Endokardning pastki qismida 
muskul qavat hisobidan so‘rg‘ichsimon muskul – 
mm.papillaris 
joylashadi. Bu 
muskullarga yurak klapanlaridagi torsimon pay – 
chordea tendineae 
kelib 
birlashadi. 
Yurakning o‘ng bo‘lmasi – 
atrium dexter 
ning
 
yuqori devorida ikkita yirik 
teshik bor, ya’ni oldingi kovak vena teshigi – 
ostium vena cava cranialis
va 
keyingi kovak vena teshigi – 
ostium vena cava caudalis
. Birinchi teshik burmacha 
devorining yuqorigi old tomonida, ikkinchisi esa uning qarama – qarshisida 
joylashadi. Bundan tashqari o‘ng yurak bo‘lmasida o‘ng atrioventrikulyar yoki 
venoz teshik – 
ostium atrioventriculares s. venosum dextrum 
bo‘lib, har ikkala 


kovak venaning yurak bo‘lmasiga tushadigan joyida muskuldan iborat valiksimon 
do‘nglik mavjud, u venalararo do‘nglik yoki laver do‘ngligi – 
tuberculum 
intervenosum s. loveri 
deyiladi. Bu do‘nglik har ikkala venadan kelayotgan qonni 
bir-biriga aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Yurakning chap bo‘lmasi – 
atrium sinister 
ning yuqorigi tomonida o‘pka 
venasi – 
venae pulmonalis 
uchun 4 – 7 ta teshigi bo‘ladi. Chiqish teshigi chap 
qorinchaga chap atrioventikulyar teshik – 
ostium atrioventriculare sinistrum 
orqali 
ochiladi. 
Yurak qorinchalari – 
ventriculi cordis 
yurakning ventral qismida katta joyni 
egallaydi. Ichki yuzasi endokard bilan qoplangan, endokard qavati ostida 
joylashgan miokard qavati muskul to‘siqlar – 
trabeculae corneae 
va ko‘ndalang 
hamda so‘rg‘ichsimon muskullar – 
mm.transversus cordis et papillares 
dan iborat. 
Bu muskullarga yurak klapanlaridan kelayotgan torsimon paylar – 
chordate 
tentieae 
birlashadi. 
O‘ng qorincha – 
ventriculus dexter 
o‘ng bo‘lmani pastki qismida joylashadi. 
Devori o‘ng bo‘lma devoriga nisbatan ancha qalin. Qorinchaning ichki qismida 3 
ta so‘rg‘ichsimon muskul joylashgan. Shundan ikkitasi yurak to‘sqichida, bittasi 
esa qorinchaning yon devorida joylashgan. Yurak o‘ng bo‘lmasi o‘ng qorinchaga 
atrioventrikulyar teshik – 
ostium atrioventriculare dexter 
orqali ochiladi. Bu teshik 
atrofini aylana shakldagi fibroz tog‘ay – 
annulus fibrosus atrioventricularis 
o‘rab 
turadi. Bu halqa uch tabaqali klapan – 
valvula tricuspidalis
ga
 
birlashadi. 
Klapanning erkin chetlari yurak qorinchasiga qaragan bo‘lib, torsimon paylar 
yordamida yurakning so‘rg‘ichsimon muskullariga kelib birlashadi. O‘ng 
qorinchada ham arterial teshik – 
ostium trunci pulmonalis
bo‘lib, bu teshikdan 
o‘pka arteriyasi – 
a.pulmonalis 
(venoz qon) chiqadi. Bu teshik atrofida fibroz halqa 
– 
annulus fibrosus arteriae pulmonalis 
bo‘lib, bu halqa yarim oysimon klapan – 
valvula semilinaris arteriae pulmonalis
ni ostki qismida joylashgan. Klapanlarning 
bittasi o‘pka arteriyasidan orqa tomonda, ikkitasi oldingi tomonda joylashadi. 
Klapanlar uchta xaltacha shaklidagi tabaqadan iborat. 
Chap qorincha – 
ventriculus sinister
chap bo‘lmaning pastki qismida 
joylashadi. Chap qorincha devori o‘ng qorinchaga nisbatan 2,5 marta qalin, ichki 
endokard qismida ikkita so‘rg‘ichsimon muskul do‘ngligi mavjud. 


O‘ng qorincha bilan chap qorincha oralig‘ida chap atrioventrikulyar teshik 
– 
ostium atrioventricularis sinistrum
bo‘lib, bu teshik atrofida ikki tabaqali klapan – 
valvula bicuspidalis
joylashadi. Atrioventrikulyar teshik atrofida chap fibroz halqa 
– 
annulus fibrosus atrioventricularis sinister 
bo‘ladi. Aorta teshigi – 
ostium aortae
dan aorta qon tomirlari chiqadi. Bu tomir devorida yarim oysimon klapan 
– valvula 
semilunaris aortae 
joylashadi. Bu klapan atrofida aorta qon tomirlarini fibroz 
halqasi – 
annulus fibrosis aortae 
bo‘lib, unda qoramollarda o‘ng va chap yuqorigi 
suyakchalar – 
ossa cordis dextra et sinistra 
joylashadi. O‘ng tomon yurak 
suyakchasining uzunligi 5 – 6 sm bo‘lib, uchburchak shakliga o‘xshash, chap 
yurak suyakchasi esa 2 – 3 sm bo‘lib, bu suyakchaga chap yarim oysimon klapan 
birlashadi. Yurak ko‘krak bo‘shlig‘ida 3 – 6-qovurg‘alar to‘g‘risida joylashadi. 
Yurakning asosiy qismi 6-qovurg‘a to‘g‘risida, uchki qismi esa 5-qovurg‘a tog‘ayi 
atrofida joylashadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish