N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari


Kanopning o’sish xususiyatlari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

Kanopning o’sish xususiyatlari.
Kanop o’sish davrining dastlabki 30-45 kunida 
juda sekin o’sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi. Keyin uning yer ustki 
massasi tez, bir kunda 6-10 sm o’sadi. ensiz, lansetsimon bargning hosil bo’lishi bilan 
poyaning o’sishi deyarli to’xtaydi. 
Dastlabki rivojlanish davrida poyalar sekin o’sganda uni begona o’tlardan himoya 
qilish muhim ahamiyatga ega. Kanopning gullash davri davomli 6 haftagacha davom 


68 
etadi. Har kuni 1-2 gul ochiladi. O’zbekiston sharoitida barg qo’ltiqlaridan ikkilamchi, 
uchlamchi gullar ham hosil bo’ladi va bunday holda bir kunda 5-7 gul ochiladi. 
Kanop o’zidan changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi 
mumkin. Gullar odatda ertalab ochiladi. Havo bulutli bo’lsa gullarni ochilishi 
kechikadi. Gullar ochiq havoda kam bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida so’liydi va 
yopiladi. 
Gullash davri cho’zilganligi uchun ko’saklar va urug’larning pishishi uzoq davom 
etadi. Pastda joylashgan ko’saklarda urug’ pishganda poyaning yuqori qismida gullash 
davom etadi. Texnikaviy yetilishi 110-130 kunda, biologik yetilish (urug’ni pishishi) 
130-150 kunda kuzatiladi. 
Kanopni yetishtirish texnologiyasi
. O’zbekistonda kanopni Uzbekskiy 1972,
Uzbekskiy 2142, O’zbekiston 2225 navlari ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. 
Kanop texnikaviy ekin, o’tmishdoshlarga talabchan. Kanop uchun kuzgi boshoqli 
don ekinlari, beda, dukkakli don ekinlari, makkajo’xori, sabzavot ekinlari yaxshi 
o’tmishdosh. Kanopdan keyin dala begona o’tlardan toza, tuprog’i yumshoq holda 
qolganligi uchun u boshoqli don, sabzavot, poliz ekinlari uchun yaxshi o’tmishdosh. 
O’g’itlash.
Kanop oziqa elementlariga juda talabchan. Poyalar hosili gektaridan 
100 s bo’lganda kanop tuproqdan 120 –150 kg azot, 60 –80 kg fosfor, 120 –160 kg 
kaliyni o’zlashtiradi. O’suv davrining birinchi yarmida fosfor va kaliyni ko’p 
o’zlashtiradi. Azotni o’zlashtirish shonalash va gullash davrida ortadi. 
Kanop o’g’itlashga juda ta’sirchan. Gektariga 15 –20 t go’ng va ma’danli 
o’g’itlarni birgalikda qo’llash juda yuqori samara beradi. 
Go’ngni yillik me’yorini xammasi, fosforli va kaliyli o’g’itlarning yarmi yerni 
haydash oldidan solinadi. Gektariga 25 –30 kg azot va fosfor ekish bilan, qolgan qismi 
ikki marta oziqlantirish sifatida 8 –10 barglar hosil bo’lganda va shonalash fazalarida 
solinadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish