Xush ul zan bilmasa behuda derni,
Suchuk lafzi bilan shod etsa erni.
Agar о 'n yil uyida bo ‘Imasa un,
Uni chiqmas uni ayturg ‘a bir kun.
Agar zanni muningdek bo ‘Isa hishti,
Ani bilgil bu dunyoni bihishti.
Shaharlik oltm ish yoshlardagi Saidnishonxon aka
ismli savdogar (zav.mag) tez-tez zavodga kelib, usta-
larga bir qancha buyurtm alar berib ketardi. U juda
238
insofli, q o ‘1i ochiq, taqvodor kishi edi. K o‘nglidagiday
pishib chiqqan laganlarni diqqat bilan k o ‘zdan kechirib
b o ‘lgach, shu zahotiyoq ustaning q o ‘liga pulini sanab
tutqazar, abjirroq bo'lishga undab, yana yangi «zakaz»-
lar berardi. O yoqqa turib olishim da k o ‘makchi b o ‘lgan
bu saxiy insondan bir um r m innatdorm an.
Shanba kuni Saidnishonxon akani kuzatib Tegir-
monboshi qishlog‘iga qarab y o ‘lga tushdim. C h o ‘nta-
gim pulga to ‘la. Y o‘l-yo4akay oltita kabobni nonning
orasiga qistirib, shorn qorong‘isida uyga kirib bordim.
Meni k o ‘rib ilhaq b o ‘lib kutayotgan onam ning chehrasi
yorishib ketdi. 0 ‘gay otam qog‘oz xaltadagi yegulikni
olib dasturxonga qo ‘ygunim cha har bir harakatim ni
so‘zsiz kuzatib turardi. Kabobni k o ‘rib xursand b o ‘lish
o ‘rniga hafsalasi pir b o ‘ldi cho g‘i, aytaverib siyqasi
chiqib ketgan gaplarini takrorladi.
- Pulni ehtiyot qil. Osh yesang ham, non yesang
ham bir joy ga o ‘tirasan. Pul har kuni, to-o iyaging
boylangunicha kerak b o ‘ladi.
O najonim «obbo» deganday boshini tebratdi.
- Q o ‘ying endi, dadasi. Undan k o ‘ra, rahm at de-
sangiz-chi... Bizni bir xursand qilay debdi-da, Dav-
ronjon tushm agur. Bolaginam ni yaxshilab duo qiling.
- A ytdim q o ‘ydim -da, - dedi u qim m atbaho kara-
votida ch o ‘zilib yotarkan, shipga termilib.
0 ‘gay otam duo qilish tugul boshqalarga nisbatan
aytiladigan «Rahm at», «Barakalla», «U m ringdan baraka
top» kabi rag‘batlantiruvchi iboralam i o ‘ta xasislik
bilan ishlatar, dillarga m alham b o ‘lguvchi oddiygina
so‘zni ham qizg‘anardi.
Kechki ovqatdan keyin ona-bola tashqaridagi so ‘ri-
da gaplashib o ‘tirdik. O najonim bolaligida k o ‘rgan
qiyinchiliklar, urush davrida O 'zbekistonga evakuatsiya
qilingan odam lam ing k o ‘chalarda ochlikdan shishib
o ‘lganlari, m aktabga ketayotganida sillasi qurib, hush-
240
siz onasining k o ‘kragiga bem ador q o ic h alarin i c h o ‘za-
yotgan g o 'dak darsdan qaytayotganida tarashadek qotib
qolganini aytib ko ‘zlariga yosh oldi. X ayollar girdobiga
g ‘arq b o'lib, uzoq o ‘tirdim.
- Bugun birga yotam iz, - dedi uyga kirib chiqqan
onam xursand b o iib . - Dadang men yaxshim an. Bugun
o ‘g ‘ling bilan birga yotaver, deydi.
Xotinini bir qadam ham yonidan jildirm aydigan dil-
tang otam ning insofga kelib, bunday y o ‘l tutishi ikki-
mizni ham behad quvontirdi.
K o ‘cha eshik oldidagi uychaga jo y solib, yarim
tungacha gaplashib o ‘tirdik. U yquga yotishdan oldin
tashqariga chiqib kelgan onam xavotir bilan:
- Shu paytgachayam dadangning chirog'i o ‘chm ab-
di. Yarim kechada nim a qilyapti ekan, - dedi.
- U yqusi qochib o ‘tirgandir-da.
- U yga kiray desam , eshikni ichkaridan zinjirlab
olibdi. Chaqirgani yuragim betlamadi. Baqirib bermasin
deb q o ‘rqdim. Ishqilib tinchlikm ikan?
- V ahim achi b o ‘p qopsiz, - dedim beparvo kulib.
- Hech behudaga chiroq yoqmasdi. Shunga hayron
bo‘lyapman-da.
Tong yorishib-yorishm ay onam ning turtkisidan uy-
g ‘onib ketdim.
- Davronjon, tur, bolam. Dadangni «sveti» tuni
bilan o ‘chmadi. Chaqirsam , ovoz berm ayapti. X avotir
olyapman. T ag ‘in biror korhol yuz bergan b o ‘lmasin.
Erinibgina onam ga ergashdim . Otam yotgan uyning
deraza pardalari tushirilgan, eshik berk, ichkarida su-
kunat hukm ron edi. A vvaliga deraza oynalarini tiriq-
latdim. Hech qanday sado b o ‘lmadi. Jon-jahdim bilan
eshikni ura boshladim. Yana jim lik. V ahim aga tush
gan onajonim: «Oynani sindir! Tezroq oynani sindir!»
deganicha dovdirab atrofimda aylanardi. Bor kuchimni
yig‘ib eshikni tepa boshladim . Zulfin uzildi. Eshik
241
devorga qarsillab urildi. Ikkim iz ham o ‘qday ichkariga
otildik. Allaqachon bandalikni bajo keltirgan o ‘gay
otam yuragini changallaganicha yerda ch o ‘zilib yotar,
atrofida qiym alab tashlangan zayom parchalari sochilib
yotardi. Tilla zayom lar sichqonlar tom onidan shunchalik
ixlos bilan maydalab tashlangan ediki, jonivorlar butun
qolganlarining ham aynan seriya raqam larini kemirib,
yaroqsiz qilishga buyruq olganday edi g o ‘yo. Qiyqim-
larini k o ‘rpacha ustiga to ‘plab o ‘radim -da, mehrobdagi
sandiq yoniga tiqib tashladim . O najonim yuzlarim-
ga suv separkan: «Q o‘shnilarga chop! Q o ‘shnilarga
yugur!» deganicha yig'lardi xolos.
Sovuq xabar tezda atrofga tarqaldi. M ahalla oqso-
qollari tuproq boshiga odam chiqarib, q o ‘shni qishloq-
larga xabar yozib j o ‘natdilar. Peshindan keyin ikkiga
tayinlangan janoza qabr tayyor b o ‘lmagani bois bir
soatga kechiktirildi. Q abristonga borgan tobutkash-
lam ing diqqati oshib, yana kutishlariga to ‘g ‘ri keldi.
Shundoq ham y ig ‘ilgan kam sonli odam lar orasidan
ishga borishini bahona qilib j o ‘nab qolganlari ham
b o ‘ldi. 0 ‘tirganlar bir-biriga uch kun oldin lahadga
q o ‘yilgan M elivoy buvaning g o ‘ri m ayizday yumshoq-
ligidan oson kovlangani, uning yonginasidan qazilgan
yem ing tuprog‘i m etinday qattiq chiqib, g o ‘rkovlam i
qiynagani haqida shivirlasha boshladilar.
T a ’ziyaning boshidan to uchinchi kuni o ‘tkaziladigan
xudoyining oxirigacha turib bergan Hoji buva meni bir
chetga chaqirib, q o ‘limga ikki yuz so ‘m pul tutqazdilar.
Bu ulug‘ zotning m ahalla-ko‘yga q o ‘shilishni unchalik
ham yoqtiraverm aydigan to ‘porigina Qobilvoyning
m a’rakalarida nainki ishtiroki, balki bosh b o 'lib turishi
avvaliga ko‘pchilikni taajjubga solgan b o ‘lsa-da, qish-
loqning ilmli, obro‘li kishilari, oqsoqollari Hoji buva
ning yonlaridan jilm ay, m arosim ga fayz q o ‘shdilar.
Tanish-notanish odam lam ing biri guruch, boshqasi
242
yog‘, yana kim dir m eva-cheva ko4arib kelishining
sababi ham ana shu Hazrati Insonning sharofati
ekanligini ich-ichim dan sezib turardim. O g ‘ir kunimda
yonimdan jilm agan Rahm atjonga b o ‘lgan mehrim
yanada ortdi. Hamal, Tillovoy aka, Saidxon aka,
Turdimat to g ‘a va ko‘plab m ahalladoshlam ing fotihaga
kelib m endan ko'ngil so ‘rashlari o ‘ksik qalbim ga dalda
bo‘ldi. Y o lg‘iz em asligim dan to ‘lqinlanib, k o ‘zlarirnga
yosh keldi.
Dunyoning ishlari qiziq ekan. Bir paytlar olgan
g‘ishtiga ortiqcha pul to ‘lab: Sendaqa odam bilan g o ‘r
qo‘shniyam qim asin-e, - deganicha jahl bilan eshagiga
qamchi urgan cholning oxirgi manzili o 'g ay otam qabri
bilan yonm a-yon b o ‘lishi qanchalik tasodif b o ‘lmasin,
shunchalik ajablanarli ham edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |