UMR SHOMIDAGI QARIYALAR YOKI
XUFIYONA VIDOLASHUV
K elishganim izday ertalab soat sakkizda taksi olib
keldim. X ayriyatki, tanlagan shofyorim Hotam boy aka
kirishimli, xushchaqchaq kishi ekan. Q o ‘li k o ‘ksida,
«Qori dada»ga xizm at qilayotganidan quvonib jilm a-
yardi xolos. Hoji buva nabiralari Izzatillo bilan orqa,
kam ina oldingi o ‘rindiqqa joylashib y o ‘lga chiqdik.
Bugun ustozning shaxtlari past, negadir ju da o ‘ychan
edilar. X ohishlariga k o 'ra y o ‘l-yo‘lakay to ‘xtab, bozor-
282
dan 12 dona katta, y o g ‘li patir olib chiqdim. Nonlarni
k o ‘zdan kechirib, Izzatillo bilan chorsiga to ‘rttadan
tugar ekanlar, eshitilar-eshitilm as:
Barakalla! Didingiz chakki emas, - deb q o ‘ydilar.
«B o ‘ston» q ish lo g ig a kirib borar ekanm iz, qo ‘sh
tabaqalik eshik oldida to ‘xtadik. Haydovchi m ashinasini
artishga tutindi. Biz tugunlardan birini olib bobom izga
ergashdik. O ddiygina hovli sahnidagi loysupada o ‘tir-
gan chol-u kam pir kutilm agan tashrifdan shoshib qol-
dilar. Q ariyalar bir-birlarini b ag ‘rilariga bosib, y ig'lab
k o ‘rishdilar. Enkayib qolgan, am mo chayirgina kam
pir Hoji buvani alqab etaklarini k o ‘zlariga surtar, qu-
vonchi ichiga sig‘may, yuzlarim izdan choMpillatib
o ‘pardi. U supaga uchib yurib yangi k o ‘rpachalar to ‘-
shar ekan, bitta qilib o ‘rilgan oppoq sochining uchidagi
soMkavoyga o ‘xshash tanga o ‘ng-u so‘lga tebranib
xayolim ni olardi. K am pir dasturxonga choy keltirib
q o ‘ygach, supaning chor tarafida yashnab turgan gul-u
rayhonlam i q o ‘li bilan tebratib chiqdi. Havoga yoqim -
li ifor taraldi. A trofga razm soldim. Bir qarashda
boshqalam ikidan farq qilm aydigan j o ‘ngina hovlida
sarishtalik, kishi bahridilini ochuvchi o ‘zgacha bir fayz
bor edi.
- Lom it qalay, - dedilar Hoji buva yuzidan sami-
m iyat y o g ‘ilib turgan m ezbonga qarab.
- 0 ‘sha-o‘sha yotibdi bechora. Hech qanday o ‘z-
garish y o ‘q.
Cham asi yarim soatlar o ‘tirgach, bolaiarday b eg ‘u-
bor, m ehribon qariyalar bilan xayrlashib m ashinaga
o ‘tirdik. Shofyor m otom i endigina yurgizgan ham ediki
chopag‘on kam pir halloslaganicha ichkaridan bir chor-
si yong ‘oq k o ‘tarib chiqdi-da, holi-jonim ga q o ‘ymay
q o ‘limga tutqazdi.
Keyingi m anzilim iz shu qishloqdagi Lom it buvaniki
b o ‘ldi. Eshikni xushsurat, yoshgina juvon ochib bizni
283
bem or yotgan uyga boshladi. U ydan chidab b o ‘lmas
darajada badbo‘y hid anqib turardi. X onaning to'rig a
q o ‘yilgan karavotda soch-soqoli o ‘sib ketgan keksa bir
otaxon sukut saqlab yotardi.
Q o‘l-oyog‘i ishlamay, til-zabonsiz qolgan bem om ing
ahvoliga havas qilib b o ‘lmasdi. Ikki do ‘st bir-birlariga
m a’yus term ilib o ‘tirdilar. K o‘zlar so ‘zlashdi, k o ‘zlar
yoshlandi. Juvon chaqqonlik bilan dasturxonga choy,
non va har xil yeguliklar q o ‘yib tashqariga chiqib ketdi.
Hoji buva k o ‘rpachaga o ‘tirib, sochiq bilan piyolani
yaxshilab artdilar va xayollar o g ‘ushida xotirjam
choy icha boshladilar. U ydagi yoqim siz isdan k o ‘ngli
behuzur b o ‘lgan Izzatillo: - M ashinada o ‘tiraman, -
deya qulog‘im ga pichirlab eshik tom on yurdi. Ozroq
fursat o ‘tgach, dasturxonga duo qilgan bobo o ‘m ila-
ridan turib, Lom it buvaga «ketyapm iz» deganday
ishora qildilar. Kasai atrofga loqayd boqar, hech narsani
anglamasdi.
M ashinaga o ‘tirgach, negadir Izzatillo ikkim izning
kulgim iz qistab hiringlay boshladik. Hayron bo ‘lgan
Hoji buva biz tom onga o ‘girildilar.
- Ha, nim a b o ‘ldi? Juda xursandsizlar.
- Uy biram sassiq ekanki, - dedi nabira kulgidan
o ‘zini to ‘xtatolm ay. - Q anday chidab o ‘tirdingiz, bobo?
- Iye, shunaqam idi... M enga sezilgani y o ‘q, payqa-
m abm an ham.
Hoji buva haydovchiga qaradilar.
- O xir-oqibat bandaning ahvoli shu-da. Bechora,
A bdulom itni qiziq-qiziq odatlari bor edi. Boyaqish
pulini doim odam lar oldi-da sanashni yaxshi k o ‘rardi.
H otam boy aka sharaqlab kulib yubordi.
- 0 ‘zim izdan ekan-da... M endayam shunaqa odat
bor.
K attalam ing suhbatiga jo n kirdi. H aydovchi shaldir-
shuldur, qiziqchigina ekan. M ijozlarini zeriktirib q o ‘y-
284
madi. Tushkun kayfiyat H oji buvani butkul tark et-
magan bo'lsa-da, har qalay yuzlaridagi tundlik biroz
chekinganday bo'ldi. Bizning esa quvonchim iz ichi-
mizga sig ‘mas, m ashinada maza qilib sayr qilayot-
ganim izdan xursand edik. Q olaversa, 4 0 -5 0 chaqi-
rim naridagi ham m aniyam qadami yetaverm aydigan
«Fayzobod» atalmish to g‘li qishloqqa ketayotgandik-
da. K im sasiz o ‘nqir-cho‘nqir y o ‘llardan o ‘tib, m anzilga
yaqinlashgan sari
poda haydab yurgan yosh-yalang,
paranji, chopon yopingan qiz-juvonlar k o ‘rina boshladi.
Sho‘xroq bir yigitcha arava q o ‘shilgan eshakni z o ‘r
berib yugurtirar, uning yonida chiroyli x o ‘tikcha ham
o ‘ynoqlaganicha chopib borardi.
- Qara! Q ara bolasi z o ‘r ekan, - dedi Izzatillo hovli-
qib.
- Ha, hali peshonasida tonnalab yuk tashish-u, son-
sanoqsiz qam chilar turganidan bexabar-da, - dedim
uning gapiga javoban.
Suhbatga m ashina oynasidan jilm ayganicha bizni
kuzatib borayotgan Hotam aka q o ‘shildi.
- A na shunaqa... Kim yoshligida yaxshi o ‘qib o ‘r-
ganm asa, arava tortishdan boshqasiga yaram ay qola-
di. Hech b o ‘lmasa, aravakash b o ‘lish kerak. Menga
o ‘xshab.
Kulgi k o ‘tarildi. Gap gapga ulanib ketdi.
Q ishloqning chang ko ‘chalari oralab borarkanm iz,
bolaxonador eshik oldida to ‘xtadik. Bizni ro ‘molini
shunchaki boshiga tashlab, yuzini to ‘sib olgan tojik
ayol qarshi oldi.
- Xush, xush, D odokalonbam i? X onaba ragarde-
ton, - dedi u ro ‘m olining bir uchini tishlab. A yolga
ergashib kichikroq hujraga kirdik. Xonadagi karavotda
barvasta bir qariya uzala tushib yotar, uning katta-katta
shahlo k o ‘zlari jalanglab, tinm ay atrofni kuzatardi.
Baralla o ‘sgan m osh-guruch soqoli o ‘ziga yarashgan,
285
quyuq qoshlari tim qora, salobatli bu odam o ‘zim izning
oddiy chollarga sira o'xsham asdi. Hoji buva qariyaning
bosh tom oniga o4irib, hol-ahvol so'rashgan b o ‘ldilar.
Bemor savollarga javob qaytarm as, xuddi hech narsa
eshitm aganday xotirjam edi. B a’zan uning o 4 k ir ni-
gohlari aylanib, sal narida o ‘tirgan izzatillo ikkimizga
kelib qadalar, odamni o ‘qday teshib yuborguvchi qa-
rashlarga dosh berolm agan biz, yigitchalar dovdirab
nima qilishim izni bilm ay o ‘n g ‘aysizlanardik. Har kim
o ‘z xayollari bilan band, xonada osudalik hukm surardi.
K utilm aganda bem or q o ‘qqis tilga kirib, yoqim siz
sukunatni buzib yubordi.
- Qorijon!
- Labbay, labbay.
Choi birdan o ‘ng q o ‘lini ko ‘tarib, k o ‘rsatkich bar-
m og‘ini m enga bigiz qildi.
- Inam nevaram i? (Buyam nevaram i?)
- Ha, nevara, nevara, - dedilar Hoji buva shoshib.
Xonani jim lik egallab oldi. Taxm inan, o ‘n daqiqalar
o ‘tgach, cholning butun diqqat-e’tibori yana men tom on
qaratildi.
- Qorijon!
- Labbay, labbay.
- Inam nevaram i?
- Ha, inam nevara. Inam nevara.
Cholning vajohatidan q o ‘rqib ketdim. U m enga
k o ‘zlarini olaytirganicha uzoq-uzoq tikilib qolardi.
Shaytoni tez Izzatillo yuzini q o ‘llari bilan berkitganicha
piqirlab silkina boshladi. Tavba, nega bunday b o ‘lyapti?
Dodokalon m eni kim gadir o ‘xshatdim i? Yo unga yoq-
may qoldim m ikan? Kallam da har xil fikrlar g ‘u jg ‘on
o ‘ynab, jim o ‘tiraverdim . X ayollarga g ‘arq b o ‘lgan Hoji
buva pichirlab nim alam idir o ‘qir, nabiraga qarab «jim»
deganday g ‘am gin bosh chayqab q o ‘ydilar.
286
Savol uchinchi bor takrorlandi. Endi Izzatillo o ‘zini
tutib turolmadi. Ichidan quyilib kelayotgan kulgini
jilovlashga kuchi yetmay, xaxolaganicha tashqariga
otildi. Yopinchiqli ayol ostonaga choy, patnisda non,
asal q o ‘yib ketdi. Patnisni yaqinroq olib choydan bir
piyola quydim -da, dam solayotgan bobom ga uzatdim.
U kishi piyolaga asaldan bir qoshiq solib, erinm ay
aralashtirdilar. Qaytib hech birim izdan sado chiqmadi.
Uzoq duodan so ‘ng bobo d o ‘stining peshonasidan
o ‘pib, tashqariga y o ‘l oldilar. Kiprigidan bir tomchi
yosh dum alagan D odokalon k o ‘zlarini pirpiratganicha
ortim izdan jim qarab qolaverdi.
Haydovchi hushyorlik bilan m ashina eshigini ochib,
joylashib olishim izga ko ‘maklashdi. Hoji buvaning
g ‘am gin qiyofalarini k o ‘rib, Hotam boy aka ham biror
so‘z deyishga ju r ’at qilmadi. Izzatilloning ham dami
ichiga tushib ketgan, qilgan beadabchiligi uchun
gap eshitib qolishdan ch o ‘chib bobosiga o ‘g ‘rincha
qarab-qarab q o ‘yardi. K o‘z o ‘ngim dan o ‘tayotgan
chiroyli m anzaralam i kuzatib borar ekanm an, qori
bobom ning olis qishloqlardan d o ‘st orttirganlari biroz
g ‘alatiroq tuyuldi. 0 ‘zim izning yaqin atrof, qolaversa,
m ahallam izdayam chollar k o ‘p-ku, shu gadoy topm as
joylardagi odam lar bilan ham bordi-keldi qilish shart-
m ikan? D o‘stlik, qadrdonlik m asofa tanlam asligi, bu
dunyoda inson o ‘z k o ‘ngliga mos keladigan ham dard,
sam im iy oshno topishi am rim ahol ekanligini keyinroq
tushunib yetdim. Q om im quldirab sum ay chala bosh
ladi. Beixtiyor m ashina yukxonasidagi laganchada
tobiga keltirib zirvaklangan qiym a borligi yodim ga
tushdi. M aqsadim , safar davom ida xush k o ‘radigan
taom larini tayyorlab, bobom ni xursand qilm oqchi edim-
da. Afsus, bu ishning mavridi b o ‘lmaydi shekilli.
Q ishloqni ortda qoldirib, sharqirab oqayotgan soy
yonidan o ‘tayotganim izda Hoji buva shofyorga: - Biroz
287
to ‘xtab istrohat qilsak, - dedilar. Darrov «bagaj»dan
k o ‘rpachani olib, k o ‘rsatilgan jo yga to ‘shadim. Temirni
qizig‘ida bos. Rejamni am alga oshirish uchun paydo
b o ‘lgan qulay fursatni boy bergim kelmadi.
- Bobo, shu yerda oltitagina shashlik pishirsak, nim a
deysiz.
Hoji buva taajjublanganday k o ‘zlarim ga boqib:
- Ixtiyoringiz, - dedilar.
Kabob daragini eshitib, o g ‘zining tanobi qochgan
Izzatillo atrofdan o ‘tin terib, birpasda alangani avjiga
chiqardi. H otam boy aka: Sizlar bem alol dam olave-
ringlar. U ngacha men toychog‘imni gijinglatib q o ‘-
yaman, - deganicha «Gaz - 24 V olga»sini soy to-
m onga tushirib yuvishga tutindi. Qiymani chiroyli
qilib sixlarga joyladim . X ayolga berilgan bobo goh
toshdan toshga urilib oqayotgan suvga, goh purviqor
to g ‘lar-u oppoq bulutlar suzib yurgan osm onga termilib
to ‘ym asdilar. H ash-pash deguncha kabob ham tayyor
b o ‘ldi. D ala-dashtda qilingan ovqat shirin b o ‘ladi,
deyishardi. Chindanam kabobim iz ju d a mazali b o ‘lib
pishdi. Izzatillo ikkim izdagi k o ‘tarinki kayfiyat ne-
ch og ‘liq yuqori b o ‘lmasin, dilni o ‘rtovchi qandaydir
g ‘ashlik m u n g ‘ayib qolgan qariyani sira tark etgisi
kelmasdi. Bunday paytda ishtaha nim a qilsin.
- Tishingizni borida g o ‘shtga to ‘yib oling, - dedilar
Hoji buva k o ‘ngil uchun kabobdan ozgina tatingan
bo ‘lib.
- B olaligim m ing azobda ilm olish, qiyinchiliklar
bilan o ‘tdi. G o ‘sht qayoqda deysiz, bir burda non
topsak ham biz uchun bayram edi. Buyam yetm aganday
ochlikdan sillasi qurigan xalqni bit bosib battar holdan
toydirardi. H ozir to ‘kinchilik, bunday zam onda faqat
bilim olish kerak, bolalarim . D unyoning tosh-tarozisi
bor, ham m ayam olim -u ulam o b o ‘lavermaydi. Kasb-u-
koringizdan q a t’iy nazar rostm ana odam b o ‘lish uchun
288
ham o ‘qishingiz kerak. H adem ay V atanim iz mustaqil
boMadi. M en bu ozodlikni bir um r kutib yashadim .
Ammo u baxtli kunlam i k o ‘rish menga nasib et-
maydigan k o ‘rinadi. Zero, siz k o ‘rasiz, men bunga
ishonaman.
Hoji buva chuqur tin olib, osm onga tikilib qoldilar.
K alxatga o ‘xshash qandaydir bir qush qanotlarini yoz-
ganicha tepam izda charx urib aylanar, xuddi « bo‘l-
b o ‘l» deganday g ‘ayritabiiy ovoz chiqarib q o ‘yardi.
- Bobom aytdi dersiz, tez orada bu adolatsiz, z o ‘-
ravon tuzum o ‘z-o ‘zidan yem iriladi, parchalanib ketadi.
Chunki ular Xudoga ishonm aydilar, yaratganni tan
olm aydilar. Bu yomon, bu yomon.
D onishm and boboning hech qachon, hech qayerda
aytilm agan anchayin tushunish qiyin b o ‘lgan so ‘zlarini
eshitib, ensam iz qotdi. Q anaqa mustaqillik, qanday
ozodlik haqida gap borayapti? T u g ‘iliboq ongi jilov-
langan, m iyasining o ‘tkir fikrlovchi qismi o ‘chirib
qo ‘yilgan biz bolalam ing aqlim iz hali bunga yetmasdi.
M ashina tekis y o ‘lda yelday uchib borar, tushirilgan
oyna oldida k o ‘kraklari ochiq, oppoq soqoli hilpirab
atrofni m a’yus kuzatib borayotgan Hoji boboga:
- O ynani k o ‘tarib oling, sham ollab qolasiz, - dedim.
O 'y g a c h o ‘mgan bobo beparvo q o ‘l siltadilar.
- Q o ‘yavering... Endi nim at>o‘lsa b o ‘lar.
Q ishloqqa kirib borgunim izcha boshqa hech kim
churq etib o g ‘iz ochm adi. 0 ‘yga tolgan Hoji buvani
uylarida qoldirib chiqayotganim da ortimdan ergashib,
o ‘zlariga o ‘zlari javraganday:
- Y ana bir-ikki yil yashasam kerak, deb o ‘ylar-
dim , - dedilar.
Hayron b o ‘lib ortim ga o ‘girildim.
- N im alar deyapsiz bobo?! Hali uzoq yashaysiz.
- A ytganingiz kelsin-u, tushim da M uqim iy domla
meni otlariga mindirib olib ketdilar-da.
289
Seskanib ketgan bo'lsam -da, o ‘zimni q o ‘lga olib
dalda berishga kirishdim.
- Tushga nim alar kirmaydi. Hali baquvvatsiz, rang-
ro ‘yingiz ham qip-qizil. Hali k o ‘p yashaysiz, bobo.
- Inshaalloh, Buncha shoshasiz, duo olib ketmay-
sizmi? D uoda gap k o ‘p, dem aganm idim sizga.
K o‘cha eshikkacha kuzatib chiqqan Hoji buva qib-
laga yuzlanib q o ‘llarini ochdilar.
- Iloho omin! Sizga Xudo uzoq um r bersin. Tuproq
olsangiz, oltin bo ‘lsin. Siz kelajakda obro‘yi baland,
hurmatli inson b o ‘lasiz, inshaalloh.
Chin dildan qilinayotgan duolar qulog‘imga kirib
tursa-da, har safar xayolim boshqa joyda b o ‘lar, jis-
mimni qandaydir beparvolik chu lg ‘ab olardi. Bugun
ham shunday b o ‘ldi. Kechki payt ovozi d o ‘rillab,
endigina m o ‘ylabi sabza urayotgan biz erkakchalar osh
qilishga kelishib olganim iz bois duo kaltaroq b o ‘lishini,
ayni dam da choyxonaga kech qolayotganim ni o ‘ylab
bezovta edim. Hoji buva yuz ifodalarim dan hammasini
sezib turgan ekanlar.
- M ayli, siz shoshib turibsiz-u, o ‘g ‘lim, am mo sabr
bilan duoni olib q o ‘yavering. Duoning kuchini keyin
bilasiz. H ayotingiz davom ida katta-katta, aqlli odam lar
gapingizga quloq soladi, sizga k o ‘makchi b o ‘ladi.
Qaysi ishga q o ‘l ursangiz, om ad yor b o ‘ladi. U paytda
men oldingizda b o ‘lmayman. Hali bu kunlam i k o ‘p
qo ‘msaysiz. 0 ‘shanda bizlam i ham yod etib tilovat
bilan ruhim ni shod etasiz, degan um idim bor. Ilohim,
ikki dunyo saodatiga erishing. Om in, A llohu akbar!
X ayr-m a’zum i qisqa qilib, choyxonaga shoshildim.
«M uqim iy dom la otlariga m indirib ketdilar». Tuni
bilan bu so ‘zning ta ’sir kuchi oshib, Hoji buvaning
m ahzun qiyofalari k o ‘z o ‘ngim dan ketmadi. Nahotki...
B o ‘lishi m um kin emas. Yom on fikrlam i boshimdan
290
quvib, o ‘zim ga tasalli berarkanm an, ertaga m aktabdan
so ‘ng u kishini birrov ko ‘rib o ‘tishni niyat qildim.
Darsdan ertaroq chiqib, qadrdon hovli tom on oshiq-
dim. Taassufki, bobo ko ‘rpa-to‘shak qilib yotib olgan,
bem or boshida valaqlashayotgan qizlar d o ‘xtir yozib
bergan dorini otalariga ichirolm ay xunob edilar.
- Kelib yaxshi qildingiz, - dedilar Hoji buva yotgan
joylarida qo4im ni siqib. - Peshin namozini o ‘qiganim
y o ‘q. Tahorat olishim ga qarashib yuborasiz.
Boboning bellariga kuchli o g ‘riq kirgan, hatto qimir-
latish ham am rim ahol edi.
- Shu ahvolda nam oz o ‘qishingiz shartmi, bobo.
Tuzalganingizdan so‘ng o ‘qib olarsiz, - dedim o g ‘riq
zaptiga olayotganini sezib.
Ustoz q a t’iy bosh silkidilar.
- 0 ‘n ikki yoshim da ibodatni boshlagan b o ‘lsam,
hali biror m artayam nam ozni qoldirmadim. Keling, shu
safarh am qazo b o ‘lmasin.
O talarining nam ozga hozirlanayotganidan quvongan
qizlar xotirjam tashqariga chiqib ketdilar. Hoji buvani
obrez chetiga o ‘tirgizib, bir am allab tahorat olishlariga
k o ‘m aklashdim . Chidab b o ‘lmas o g ‘riqqa dosh berib
poklanayotgan qariyaning e ’tiqodi shu darajada kuchli
ediki, tahoratni k o ‘ngillari to ‘lgunicha, nuqsonsiz baja-
rishga tirishardilar. Eng ajablanarlisi, joynam oz ustida
ham m a azoblar unutildi. Ibodat to ‘la-to‘kis bajarildi.
Salom berib nam ozni ado etganlaridan so‘ng o g ‘riqqa
chidolm agan bobo ingragancha q o ‘llarini ikki yonga
yozdilar. Q o ‘ltiqlaridan asta k o ‘tarib o ‘rinlariga yotqiz-
dim. Y otgan joylarida q o ‘limni siqib tabassum qildilar:
- Q abrim ni M irzaqul g o ‘rkov kovlasin. Janozaga
M ulla M a’sudxon qori-dom la o ‘tsinlar.
- U nday demang, hali k o ‘p yashaysiz, - dedim
o ‘pkam to ‘lib.
291
- Siz eshitib q o ‘yavering, bolam. Ana endi opala-
ringizni chaqiring.
Eshik ortida o ‘tirgan ayollar chopib uyga kirdilar.
Hoji buva qizlariga qarab jilm ayarkan:
- Boshimni k o ‘taring, - dedilar.
Shoshib boshlarini ko'tardim . U stozning lablari bili-
nar-bilinm as pichirladi.
- La ilaha illalloh, M uham m adar rasululloh.
Yillar davom ida o ‘limini kutib yotgan kasallar qo-
lib, peshin nam oziga ilhaq Hoji buva qarzlaridan qutu-
lib, osongina dorul baqoga rihlat qildilar. Haq sub-
hanahu taologa bo'lgan cheksiz m uhabbat, pokiza
tu yg'ularga y o ‘g ‘rilgan
ruh o ‘z oshyonini tark etdi.
K em tik ko ‘nglim ni to ‘ldirib, boshim ni silagan m a’na-
viy otam dan ayrilib qoldim.
Janozaga tum onat odam y ig ‘ildi. H am m aning k o ‘zi-
da yosh. Yurib b o ‘lmas katta olom on tepasida tebranib
qo ‘lm a-qo‘l o ‘tayotgan tobut asta-sekin oxirgi manzil
tom on yaqinlashib borardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |