N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

MEN TUG 4LIB 0 ‘SGAN
GO‘SHA
K o‘chamizning chetidan katta ariq oqib o ‘tadi. 
Uning ikki qirg‘og‘ida o ‘sgan quloch yetmas tollar 
mahallamizga ko‘rk-u fayz bag‘ishlaydi. Eshigimiz ro‘- 
parasiga kelganda suv ikkiga b o ‘linib. biri tegirmonga, 
biri shovvaga quyiladi. Ikki tomon ham nishablik b o ‘lib, 
taxta novdan tushayotgan suv pastlikka qarab o'qday 
uchadi. Uning atrofga vahima solib shovullab oqishi 
ajib bir manzara kasb etib, toliqqan ruhingizga orom 
beradi. Tegirmon sahnidagi bahaybat chinor, osmon- 
o ‘par qayrag‘och-u baqateraklar hovliga o ‘zgacha salo- 
bat bag‘ishlash bilan birga, uzoq o ‘tmishdan so‘yla- 
yotganday tuyuladi, go‘yo. Ulkan daraxtlarda qo'nim


topgan vaysaqi chumchuqlaming to'poloni shorn payti- 
ga kelib rosa avjiga chiqadi.
Tim qora o ‘ja r qarg‘alar ham gala-gala bo‘lib uchib 
kelaveradilar va bir-birlari bilan muttahamlarcha joy 
talashib, eng katta anjumanlarini shu yerda o'tkazadilar. 
Ularga qarab hayratim oshadi, beixtiyor o ‘yga tola- 
man. Tavba, qushlar ham o ‘z tilida gaplasharkan-da. 
Yo‘qsa, chor atrofda sang‘ib yurgan ming-minglab 
qarg‘alar bu majlisga qanday yig‘iladi. Tongsahardan 
musichalaming kukulashi-yu, to‘lib-toshib chah-chah- 
layotgan bulbulning xonishidan dilingiz yayraydi. 
Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq yemi larzaga solgan 
mahal, qo‘rqib ketgan qo‘ziqorinlar ariq bo‘ylariga 
potirlab chiqadi. D o‘ppimni to id irib -to ‘ldirib ulami 
terarkanman, shunday xushmanzara, jannatmakon yurt- 
da yashayotganimdan quvonaman. Qishin-yozin bu 
yerdan katta-kichik bolakaylaming oyog‘i uzilmaydi. 
«Shovva» deb atalmish bu ajib maskan hammaning 
sevimli oromgohiga aylanadi. Aslida, qishloq odamlari- 
ning bolaligi shu yerdan boshlanadi, desam yolg‘on 
bo‘lmas. Yoz bo ‘yi maza qilib cho‘milamiz. Suvdan 
dildirab chiqib, o ‘zimizni quyosh tig4ga to ‘yingan 
mayin tuproq bag‘riga uramiz. Qumdan tank, pushka- 
lar yasab bir-birimizga «o‘q» chang purkaymiz. 
Qaqshatgich hujumdan so‘ng yuz-ko‘zlarimiz balchiq, 
loyga belanib, tanib bo‘lmas ahvolga tushgan, biz, 
«jangchi»lar yugurib borib o ‘zimizni suvga otamiz va 
yana oppoqqina bo‘lib chiqaveramiz. Bunday maza joy 
yana qayda bor?!
Qishda suv birmuncha kamayib oynaday tiniqla- 
shadi. Endi uning tubida galalashib suzib yurgan 
baliqlar es-hushimizni o ‘g ‘irlaydi. Kimdir o ‘zi to‘qi- 
gan qo‘lbola to ‘rda, kimdir savatda, hatto ayrimlar 
muzday suvga tushib qo‘li bilan baliq ushlashga 
kirishadi. Chetda diqqat bilan kuzatayotgan bir to‘da
22


mitti tomoshabinlar ham tutilgan baliqlarga angra- 
yib termiladilar, hayratlanadilar. Tegirmonning yon- 
ginasida eski, qadimiy bir kulba bor. Uni katta-yu 
kichik «Suhmozor» deydi. Aytishlaricha, bu ko ‘hna 
qadamjoning tabarruk tuprog‘i odamlami suqdan, 
yomon ko ‘zlardan asraydi. Mabodo suqlangan bo ‘lsa, 
dardidan forig‘ etadi. Mozorga tutash bir necha asrlik 
qari sadda daraxti ham, uning shoxlariga bog‘langan 
har xil rangdagi son-sanoqsiz latta-puttalar ham bu 
yeming qandaydir ilohiy, sirliligini oshirganday ko‘- 
rinadi. Erkaklar tovuq so‘yib, palov damlasalar, har 
chorshanba atrof qishloqlardan kelgan xotin-xalajlar 
guruh-guruh b o ‘lib bo‘g ‘irsoq, chalpak pishirib elga, 
irim qilib parranda-yu darrandaga ham tarqatadilar.
Kulba ichidagi kavushga o ‘xshash qora chiroqni 
yoqib, yerga dumalaydilar. Shifobaxsh tuproqdan olib, 
yuz-ko‘zlariga surtadilar. Muqaddas suralardan bilgan- 
laricha o ‘qib, chiroq atrofiga tanga sochadilar. Xonadan 
faqat shu yergagina xos bo ‘lgan ajabtovur yoqimli is 
doim ufurib turadi. Ziyoratchilar ko‘payganda shu 
atrofda yashovchi uchar bolakaylar ham hushyorlikni 
oshiradilar. Mehmonlar kulbani tark etishlari bilan 
o ‘zlarini ichkariga urib, tanga teradilar. Shunday kun- 
laming birida Tillovoy aka poylab turib Zokir ikka- 
lamizni ushlab oldi. Qulog‘imizni burab, jazolay bosh­
ladi. Mojaroga bizni kuzatib turgan tegirmonchi Abdul- 
haq bobo qo‘shildi.
- Ha, Tillovoy, nima boTdi? Tinchlikmi?
- K o‘rmaysizmi, mana bu zumrashalar mozordan 
pul o ‘g ‘irlashyapti.
- Bolalami qo‘yvor. Ularga qattiq tegma. Nima, 
sen о ‘zing o ‘g ‘irlamaganmisan? Hammamiz ham shu 
yerdan pul olib katta bo‘lganmiz, to‘g ‘rimi?
- To‘g ‘ri, - dedi Tillo aka o ‘ng‘aysizlanib.
- Bunaqa ishlar mening ham bolaligimda bo ‘lgan.
23


Bu sen aytgan o‘g ‘irlikka kirmaydi. Bolalaming oddiy­
gina sho‘xligi xolos.
Qilgan ishimdan pushaymon bo'lib uyga kirar 
ekanman, onajonimning nasihatlari yodimga tushdi. 
Q o‘rqqanimdan uning ko‘ziga ko‘rinmaslikka urindim. 
Xuddi meni hoziroq kelib tintuv qiladigandek, mozor- 
dan olgan yigirma tiyin pulimni qayerga yashirishni 
bilmay, betoqat bo‘laverdim. Oxiri, ko‘zimni chirt 
yumib, tangani tomga uloqtirdim-u, o ‘zimni yengil his 
qildim.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish