N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

A zizbek ANVAR,
О ‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a ’zosi
9


KIRISH
Burgut bolasini parvozga o ‘rgatayotganida, uni 
osmon-u falakka olib chiqib, tashlab yuborarkan. Uquv- 
sizlik qilsa, palaponini bir cho‘qib, changallaganicha 
yanada yuqoriroqqa ko‘tarilarkan. Diqqat bilan atrofni 
kuzatayotgan m usichajigargo‘shasi uchirm abo‘lgunicha 
daraxtdan 
tushirmay, 
unga 
saboq berayotganday 
tuyiladi. Hali uchishni bilmaydigan, ammo o ‘jarlik qilib 
yerga tushib olgan no‘noqvoyni poyloqchi mushuk tutib 
ketganini ham ko‘rganmiz.
Keyingi paytda ayrim tengdoshlaringiz «o‘zim 
bilaman» qabilida ish tutib, k o ‘pni ko ‘rgan bobo-yu 
buvilaridan uzoqlashib borayotganday tuyilmayaptimi 
sizga? Otalar bilan bolalar orasidagi nomutanosiblik 
ilgari ham bo‘lgan. Kattalar nazoratidan chetda qolish 
qanday oqibatlarga olib keladi? Qissa ana shular va 
yetim bolakayning boshidan kechirganlari haqida.
Uyimizning to ‘rida non saqlanadigan kichkinagina 
sandiqcha bo ‘lardi. Biz bolalar nonning yoqimli hidi 
doim ufurib turadigan qadrdon bu qutichaga xohlagan 
paytimizda intilaverardik. Uni kim to‘ldiradi, u nima- 
ning evaziga keladi - bizga buning qizig‘i y o ‘q. 
Asosiysi, sandiqchada non bo ‘lsa bas. K o‘chadagi 
o ‘yinlar rosa qizigan mahal kutilmaganda qomimiz 
sumay chalib qolar, chopqillagancha uyga kirib bir 
bo‘lak nonni sindirib olardik-da, kavshangancha yana 
sho‘xlikni avjiga chiqarardik. Non yopilgan kunlar 
sandiqchamizning qopqog‘i yopilmay qolsa, b a’zan 
bo‘shab huvullab qolardi.
«Oyijon, non! Sandiqchada nega non yo‘q?». 
Ana endi ko ‘ravering xarxashani. Bir tishlab, tashlab
10


ketilgan qattiq nonlarimizni u yer-bu yerdan topib 
talashamiz va qitirlatib chaynashga tushamiz. Darrov 
qo‘shnidan ikkita nonni qarzga olib, to‘polonni bosdi- 
bosdi qiladigan rahmatli onam: «Nonni uvol qilmanglar. 
Otangiz tinimsiz ishlab, ming mehnat, mashaqqat bilan 
un topib keladi. Men uni sizlarga yopib beraman xolos. 
Ro‘zg‘or - g ‘or. Ha demay uni tebratish sizlaming ham 
zimmangizga tushadi. Yigit degan azamat o‘z aravasini 
o ‘zi torta olishi kerak. Sandiqcham bo ‘shab qolmasin 
desangiz, ko‘chaga chopib shataloq otavermay, kitob 
o ‘qinglar, hunar o ‘rganinglar», derdilar.
0 ‘ylanib qolardim. Chindan ham otamning orqasiga 
un yuklangan velosipedni yetaklab kelayotganini ko‘p 
bora ko‘rganman. Katta bo‘lsam, onam aytgan o ‘sha 
ro ‘zg ‘o r - g ‘omi boshqara olamanmi? Kitob o ‘qib, hunar 
o‘rgansam, pul topishim osonroq bo‘larmikin? Buning 
uchun yana nimalarni bilishim kerak?..
U lg‘ayib, kitobga oshno tutinganimdan so‘ng ma- 
sala oydinlashdi. K o‘plab donishmand bobolarimizning 
kelgusi avlodlarga qarata aytgan pand-nasihat, hikmat-u 
rivoyatlaming asl negizi, bosh shiori bitta: «1LM OL, 
HUNAR O'RGAN», degan da’vatdan iborat ekan. Bun- 
dan keyin ham o‘gitlar o ‘z kuchini yo‘qotmasligi tayin.
Dunyoning tosh-tarozisi bor. Hamma ham o‘qib, oliy 
m a’lumotli bo ‘lavermaydi. Oliygohga kirolmasak, xuddi 
«Hammasi tamom bo ‘ldi» degandek, qosh-qovoq qilib, 
bundan fojia yasashimiz shartmikan? Kasb-hunar qilib 
ham bitta ro ‘zg‘omi «gulday» qilib tebratayotganlar ko ‘p- 
ku. Yoki diplom olganimiz hamono davlatmand, ziyoli 
insonga aylanib qolamizmi? Kimningdir ko‘magida 
institutga adashib kirib qolgan qanchadan qanchanoshud, 
biror ishni qoyillata olmagan, yozgan xati g ‘ij-g‘ij xato, 
m a’naviy qashshoq «oliy m a’lumotli»lami ham bilamiz- 
ku! Undan ko‘ra aqlimizni, kallamizni qizil diplomga 
aylantirganimiz yaxshi emasmi?!
11


Maqsadimiz jamiyatning to ‘laqonli a ’zosi bo lishrni ? 
Shunday ekan, qaysi kasb egasi bo‘lishimizdan qat iy 
nazar, mustaqil o ‘qib, o ‘rganaversak, barkamollik sari 
intilaversak, hayotda o ‘z o‘mimizni topib boraveramiz. 
Iste’dodsiz odamning o‘zi bo‘lmaydi. Alloh har bir 
insonni qaysidir bir ishga qiziqishini oshirib, qobiliyatli 
qilib yaratadi. Oddiy havas bilan o ‘sha qiziqishni ajrata 
olsak bas. 0 ‘shandagina ko‘zlagan maqsadimizga 
erishamiz.
Kimdir dehqon, yana kimdir o ‘qituvchi, sotuvchi, 
boshqa birov biznesm en...
Dunyoning eng katta boy, milliarderlarining tarji- 
mayi holini o ‘qisangiz, ularning institut tugul, o ‘r- 
ta maktabni ham yolchitib o ‘qiy olmaganiga guvoh 
bo‘lasiz. Demak, g ‘amga botib tashvishlanishga hech 
qanday asos yo ‘q. Bu bilan « 0 ‘qimasa ham bo‘laverar 
ekan-da», degan tushuncha paydo b o ‘lmasligi lozim. 
«Dadil bo‘ling, hech qachon tushkunlikka tushmang!» 
demoqchiman xolos.
Dunyoda bizning aqlimiz yetavermaydigan sir- 
sinoatlar juda k o ‘p. Hayot yoMingiz ravon bo‘lishini, 
qaysi ishga qo‘l ursangiz ham baraka topishni istaysizmi? 
Unda ota-bobolaringizni rozi qilib, duosini olib qolishga 
ulgurib qoling.
Biz dunyoga m a’rifat ulashgan olim-u ulamo, 
allomalaming avlodimiz. G ‘ayratli, mehnatsevar, o ‘qi- 
mishli, aqlli va hushyor farzand - ota-ona, el-ulus, 
qolaversa, Vatanning baxti. Ana shunday odamgina 
yaxshini yomondan, halolni haromdan ajrata oladi. 
Yurtiga nafi tegadi.
M uallif
12


О ‘zlarining mehrga у о ‘g ‘rilgan tanbeh-u
dashnomlari bilan ко ‘zimni ochgan, katta hayot
ummonida suzishni о ‘rgatgan onaizorim
Zaynabxon Salohiddin qori qizlarining
muborak ruhlariga bag ‘ishlayman.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish