N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

BIRINCHI QISM
DUNYONIANGLASH
1960-yilning o‘rtalari.
Judayam sho‘x, o‘t-olov bolakayman. G ‘ayratim 
tanamga sig‘may, yog‘och otimni minib doim yugurib 
yuraman. Onajonim non yopganda tandir atrofida ayla- 
nib, mittigina qo‘shaloq kulchamni pishishini sabrsiz- 
lik bilan kutganim yodimda. Hamma qishloq bolalari 
kabi chumolining iniga suv quyganman. Ninachining 
dumiga cho‘p suqib uchirganman. Arining qanotini 
qirqayotganimda chaqib olgani ham esimda. Qushlami 
tutib olib, ipga boylab o ‘ynayman. Polaponlariga rah- 
mim kelib non ivitib bersam, noz qilib yeyishmaydi. 
Chigirtkani m o‘ylovini qirqib qo‘yib yuboraman. Ku- 
chukni ko‘rsam, quvlab vangillataman.
Xullas, tekkanga tegib, tegmaganga kesak otaman. 
Biror ermak topolmay qolsam, tovuqlaming dodini 
beraman. Jo‘jalarini olib qochganimda ona tovuq ortim- 
dan quvib, bir necha bor tepkilab cho‘qigan. Iniga o‘t 
qo‘ymoqchi bo‘lganimda arilarga talanib, tanib bo ‘lmas 
darajada yuzlarim shishib ketgani ham bor gap. Bir kuni 
qaldirg‘ochni uyga qamab tutib oldim-da, asta ko ‘chani 
m o‘ljalga olib turgandim, onajonim ko‘rib qoldi.
-
Qani, darrov qo‘yib yuborgin-chi, - dedi po ‘pisa 
qilib.
13


- Nega qo‘yib yuboraman. Axir, men uni zo‘rg‘a 
tutdim-ku, - deya e ’tiroz bildirdim.
- Qushlarga, har xil hasharotlarga ozor berish 
gunoh!
- Gunoh nima?
- Mumkin emas, yomon bo ‘ladi degani. Kim birov- 
ga yomonlik qilsa oxiratda, albatta, javob beradi.
- Qayerda javob beradi?
- Narigi dunyoda! Qaldirg‘ochga ozor berganlami 
qo‘li qaltiroq bo ‘lib qoladi!
Q o‘rqqanimdan darrov qushni qo‘yib yubordim.
Shundan keyin jonivorlami qiynamaydigan b o ‘ldim, 
hatto pashshaniyam o ‘ldirishga qo‘rqib qoldim. En­
di bor e ’tiborimni esimni taniganimdan buyon devor- 
da osig‘liq turadigan radio deb atalmish eski quti- 
chaga qaratdim. Erta tongda uning ovozini eshitib 
uyg‘onaman. Kech kirib, hamma uyquga ketganidayam 
u charchamay gapiraveradi, gapiraveradi. Bu nima o ‘zi? 
Ichida mitti odamchalar bormikin?
Paytini poylab, radioning ichini ochdim. Piyoladay 
keladigan aylana, qora qog‘oz-u dumaloqqina magnit- 
dan boshqa hech vaqo yo‘q. Bu oddiygina temir ichiga 
odam qanday sig‘adi, u yog‘iga aqlim yetmadi. Indamay 
yana joyiga ilib qo‘ydim. Har kuni yoqimli kuy-qo‘shiq, 
dutor, tanbur navolarini eshitib uxlab qolaman. «Tonggi 
konsert»da uyg‘onaman. B a’zan atrofimda hech kim 
bo‘lmasa, o ‘yinga tushib ko‘nglimni xushlayman.
Saharda bolalar uchun beriladigan eshittirishni qol- 
dirmay tinglayman. Unda o ‘qilgan g ‘azallar butun 
vujudimni sehrlab oladi.
Bu mitti m o‘jizaga juda o‘rganib qoldim. Ayniqsa, 
kechki ovqatdan so‘ng beriladigan ertaklarni bitta 
qoldirmay eshitadigan, o ‘ziga xos musiqasi yangrashi 
bilan uning oldiga o ‘mashib o‘tirib oladigan bo‘ldim. 
Bora-bora radio mening eng yaqin, qadrdon o ‘rtog‘imga 
aylanib qoldi.
14


ONAM
Onam og‘ir-bosiq, turmushning bor-u yo‘g ‘iga sabr 
qiladigan va har bir kunini Allohdan deb, shukr bilan 
yashaydigan ayollar sirasiga kiradi. U novchadan kel­
gan, qosh-ko‘zlari qop-qora, uzun sochlari o‘ziga ya- 
rashgan, kamtar-kamsuqum, fe’l-atvoriga yarasha juda 
kelishgan ayol edi. Eshitishimcha, onarnning otalari 
Saloh qori iymon-e’tiqodli, o ‘z davrining o ‘qimishli, 
ziyoli kishilaridan bo ‘lgan.
Onajonim adabiyot-san’atni yaxshi k o ‘rar, ayollar 
davrasida qo‘shiq aytib, davralami qizdirardi. U ayol- 
lardagi hayo, ibo, nomus degan tushunchalami juda 
qadrlardi. Zarurat yuzasidan biror yoqqa bormoqchi 
bo‘Isa, albatta, chimmatini boshiga tashlab, ustidan 
o‘zining yengil, ko‘k choponini yopinib olardi. Men 
«Yoriltosh», «Zumrad va Qimmat» ertaklarini, topish- 
m og‘-u rivoyatlami ham birinchi bo ‘lib onamdan 
eshitganman. Maktabga borayotganimda she’r yodlat- 
gan ham onam. Esimda, birinchi yoki ikkinchi sinfda 
o ‘qirdim. Hali pulning sanog‘iga ham unchalik bormas- 
dim. Onajonim qiyiqchaning uchiga tanga pullami 
tugib, mahallamiz novvoyxonasiga non olib kelish 
uchun jo ‘natdi. Mendan uch-to‘rt yosh katta qo‘shnimiz 
Q o‘zivoy aka bilan qo‘limizdagi tangalami o ‘ynab, 
tandirdagi nonning pishishini poylab o ‘tirdik.
Q o‘zivoy aka: «Nechta non olasan? Qani pulingni 
bir sanab ko‘ray-chi», - dedi. Tangalami unga berdim. 
U o ‘zicha sanagan bo‘ldi-da, tezda yana q oiim g a 
qaytarib berdi. Nonni olib ikkimiz ham uy-uylarimizga 
kirib ketdik. Chorsini yechib, onajonim taajjublandi:
- 0 ‘ntaga pul bergandim, olib kelgan noning sak- 
kizta-ku.
- Bilmayman, bor pulni novvoyga uzatdim, u shun- 
cha non berdi, - dedim.
15


- Pulni qiyiqcha chetiga bog‘lab bergandim. Tugun- 
ni o ‘zing yechdingmi?
- Ha, aytmoqchi, qo‘shnimiz Q o‘zivoy aka «bir 
sanab ko‘ray-chi», degandi...
- Obbo, Q o‘zisi tushmagur-ey, yiginna tiyinini urib 
qo‘yibdi-da. To‘g'risini aytganing uchun, mana senga 
o'ttiz tiyin beraman. Boshingga qilich kelsayam, rost 
gapir, hech qachon yolg‘on gapirma.
- X o‘p bo‘ladi.
Onajonimning yana bir odati - uyimizning baland 
tokchalariga ataylab menga ko‘rinadigan qilib pul 
qo‘yib qo‘yardi. Bu pullar kuzatuvda ekanini men 
«palapon» qaydan bilay. Bolaligimga borib, tirmashib 
tokchaga chiqdim. Besh-o‘nta qog‘oz pul ichidan 
bittasini olib, qolganini joyiga qo‘yib qo ‘ydim.
- Pul kamayib qolibdi, mabodo sen olmadingmi, 
Davronjon? - dedi onam jilmayib. Qilgan ishimdan 
uyalib yerga qaradim.
- Ha, men olgandim.
- Aytsang berardim-ku, so‘ramay olingan narsa 
o‘g ‘irlik hisoblanadi. Narigi dunyoda buning qattiq 
azobi bor. 0 ‘g ‘irlik qilmaganman, - desang, o‘z tanang 
tilga kirib, hammasini aytib beradi. Oyog‘ing: «men 
bilan yurib bording-ku», qo‘llaring: «men bilan ushlab 
o ‘g ‘irlik qilding-ku», ko‘zlaring: «men bilan ko‘rib 
bording-ku», - deydi. Faqatgina qoshing: «yolg‘on, 
u o ‘g ‘irlik qilmagan», - deb sening yoningni olarkan. 
Shuning uchun odamlar yoqtirgan biror kishisini ko‘r- 
ganda, do‘st deganday qoshini uchirib qo‘yarkan.
Onamning dalada ishlagan davrlarini yaxshi eslay- 
man, juda epchil terimchi edi. O g‘iroyoq bo‘lishiga 
qaramay, tergan paxtalarini shiyponga o ‘zi ko‘tarib 
chiqardi. Kech kirgach, bir choyshab o ‘tni boshiga 
qo‘yib uyga qaytardi. Mendan keyingi tug‘ilajak uka- 
larim yorug‘ dunyo yuzini ko‘rmaganining sababi ham
16


shu. Tushlikka qaymoq sho‘rva qilinardi. Oddiygina 
sopol kosayam yetishmas, terimchilaming idish bo‘sha- 
shini kutib olirishdan boshqa choralari yo‘q edi. Men 
ishchilar tushlikka chiqqunlarigacha, oshpaz Salomat 
xolaning ko ‘zini shamg‘alat qilib, bitta kosani olib ya- 
shirib qo‘yardim.
Ish og‘irligiga qaramay, hech kim nolimas, aksin- 
cha hamma xursand, o ‘tayotgan kunidan rozi bo ‘lib 
yashardi. Chunki ularning ko‘rgan kunlari, qiyinchi- 
liklari oldida hozirgisi holva edi.
Volidam aytgan allalar qulog‘imda doim jaranglab 
turadi. K o‘zlarimni yumib, dunyoni endigina anglayot- 
gan paytlarimni eslasam kifoya.
Uning mungli qo‘shig‘i o ‘zining barcha sehr-u jo- 
zibasi bilan jonlanib, uzoq-uzoqlardan eshitilaveradi. 
Dardli ovoz, qadrdon ohang, butun vujudimni qamrab 
oladi.
0 ‘ylanib qolaman. Mendagi atrof-muhitga, odam- 
larga, kindik qonim to‘kilgan muqaddas tuproq - ota 
makonga bo ‘lgan cheksiz MEHR shu oddiygina ona 
allasidan yaralmadimikan? Ona suti bilan barcha inso- 
niy fazilatlar, adabiyot-san’atga oshuftalik qon-qonimga 
singib ketgan bo‘Isa, ne ajab.
Ikkimiz yolg‘iz qolganimizda, onajonim qayta-qayta 
takrorlardi:
-
Bolam bu dunyoning yaratguvchisi - Egasi bor. 
Atrofga sinchiklab razm solsang, uning borligiga iymon 
keltirasan. U yakka-yu yagona, ulug‘ va buyuk zotdir. 
Vaqti soati kelib, hammamiz yana Uning huzuriga 
qaytamiz. Odamlarga foydasi tegadigan, yaxshi inson 
bo‘lgin. Birovning haqidan qo‘rq. Hech kimga yomonlik 
qilma. Alloh hammasini ko‘rib turadi. 0 ‘ng yelkangdagi 
farishta yaxshi amallaringni, chap tomondagisi yomon 
ishlaringni yozib boradi. Onajonimning aytgan so‘zlari 
murg‘akligimdan yuragimga muhrl^nib qolgaa,-JJ~um-~

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish