«Наг kimki yomon bo l-
sa,ja zo topqusidir!»
deya ta ’kidlamagan.
Asardagi bir epizodni aynan keltirib o‘tsak. Bu holat
ko‘nglida ozgina shafqati bor kishini befarq qoldirmasligi
shubhasiz:
« - Ana, ko‘r Xalil kelyapti! - deydi kimdir.
Biz bolalar ulami jim kuzatamiz. K o‘r Xalil - novcha,
yelkalari keng, sochlari oppoq, qirq besh yoshlar atro-
5
fidagi kishi. Bukchayib qolgan qari kampir bir yarim, ikki
metr keladigan tayoqning oldingi uchini, o‘g‘li Xalil aka
esa ortdagi uchini ushlab oladi. Ular xotirjam gaplashib
keladilar. K o‘r Xalil onasiga xuddi yosh boladay erkalik
qiladi. Har galgiday, hovuz bo ‘yidagi supada o ‘tirib,
dam oladilar. 0 ‘g ‘il shu zahotiyoq boshini qashlashga
kirishadi. Ikkala qo‘li bilan qashlayveradi, qashlayveradi.
Aytishlaricha, uning boshiga urushda oskolka tekkan va
ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgan ekan. K o‘r Xalilning esi ham
joyida emas, u b a ’zan onasini b o ‘ralab so‘kib qoladi.
Kampir o ‘g ‘lini aldab yupatadi. Tayoqning ikki uchidan
ushlab birin-ketin yana yo‘lga tushadilar...»
Qissada shu kabi manzaralar aniq-tiniq chizib
berilgan. Biz ularning hammasini bir boshdan bayon
qilmoqchi emasmiz. Faqat yana bir jihatga to ‘xtalma-
sak boTmaydi. Asarda maktab muhiti, o ‘qituvchilar
qismati - daryodilligi, el orasidagi martabasi-yu, ro ‘z-
g ‘ordagi ayanchli ahvoli ro ‘yirost tasvirlangan:
«Bir payt meva bozori oldida xomush turgan
geografiya o ‘qituvchimiz Qambarov domlaga ko‘zim
tushdi. U meni k o ‘rib, biroz o ‘ng‘aysizlandi.
- Ha, Ergashev, nima qilib yuribsan? - dedi menga
mehribonlik bilan qarab.
Ahvolni tushuntirdim. Qambarov nimadir demoqchi
bo‘lar, ammo aytolmayotganini sezib, dedim:
- Domla, menga biror yumushingiz bo‘Isa, tortinmay
aytavering.
Qambarov xijolatdanmi, qizarganday bo‘ldi.
- Ozgina behi olib kelgandim, - dedi u gunohkor bir
ohangda. - Shuni qanday qilib sotsak boTarkin?
- Sotishib berardim-u... - deya o ‘ylanib qoldim.
- Q o‘rqma. Men atrofni kuzatib, qarab turaman, sen
shu behini sotishib bergin, o‘g ‘lim. Uyda tishga bosgulik
hech vaqo qolmadi, - dedi u oshkora yalinib.
6
Domlamizning uchta farzandi institutda o‘qir, ulami
ta ’minlashga qiynalayotganligi shundoqqina ko‘rinib
turardi. Birgina maoshning o‘zi bu katta oilaga urvoq
ham bo ‘lmasdi. Qambarovning uyidagi katta bog‘da
o ‘rik, olma, behi va shunga o ‘xshash har xil mevalar
doim pishib yotardi.
Ammo pedagogning bozorda nimadir sotib o ‘tirishi
mumkin emas, birov ko‘rib qolsa, unga gap tegishi,
hatto jazolanishi ham haqiqat edi. Usti o ‘rab qo‘yilgan
kattagina tunuka qutidagi sap-sariq, sarxil behilami
velosipeddan olib birpasda sotib bo‘ldim...».
Qissaning ikkinchi faslida « 0 ‘tkir Hoshimov, Said
Ahmad, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov va bosh
qa yozuvchilaming asarlari qo‘lma-qo‘l o ‘qilib, tanaf-
fuslarda muhokama qilinadigan va bu kitoblar qizlar
bilan sevgi to ‘g ‘risida gaplashish uchun yaxshigina
bahona bo ‘ladigan» maktab yillari tasvirlangan. Lekin
tafsilotlar ta ’lim maskani doirasida cheklanib qolma-
gan. 0 ‘smir dunyoqarashining shakllanishi, bir qishloq
ichida bashariyat evrilishlarining ifodasi, shaytoniy
va rahmoniy tuyg‘ular kurashi baholi qudrat qalamga
olingan.
Voqealar Oybek, Mirtemir, G ‘afur G ‘ulomday
zabardast shoir-u yozuvchilarga taqlidan do‘ppi kiyib
yuradigan shoirtabiat Davron hamda yon-atrofga
«Alanga» laqabi bilan tanilgan Otash tegrasida kechadi.
Otasi yoqqan sudxo‘rlik va xasislik olovida umri kulga
aylangan Otashning taqdiri kitobxonni chuqur o ‘yga
toldiradi.
Davron yaxshi ko‘rgan qiziga muhabbatini izhor
etishning antiqa yo‘lini topadi: «Rona nem ines
namaves!» («Anor, men seni sevaman!»). Usta kulolga
shogird tushadi va ming yillik an’analardan ilhomlanib,
yangiliklar yaratishga intiladi. Xullas, har bir kuni ijod
bilan o ‘tadi.
7
Ayoz bo ‘lishiga qaramay, ertalab boshini shampun-
lab yuvgan va sochini yaxshi quritmay, yalangbosh
maktabga j o ‘nagan Javlon «stilyaga»ning alaloqibat
meningit bo‘lib juvonmarg ketgani haqidagi sahifalarni
o ‘qiganda «g‘o ‘r yoshlik» jumlasini xalqimiz qanchalar
topib aytganligini anglaysiz, navrasta o'sm irga achi-
nasiz.
Yupin kiyinganlar bilan til uchida gaplashadigan va
oxir-oqibat kajfe’lligi sabab infarkt bo‘lgan Odilxon
taqsir kabi kalondimog‘lar-u, ularning zohiri «ajab
so‘finamo, nihoni nafs itiga mubtalo» Oqilxon kabi
zurriyotlari qismati ham bor holicha bayon qilingan.
Soxta talaffuz, yasama mulozamatni joyiga qo‘yadigan
bunday toifaning hamisha har joyda hozir-u nozirligidan
ijirg‘anasiz. Mana shunday sirti yaltiroqlarga qarshi
o ‘laroq, Hoji bobo kabi chinakam ziyolilar surati-yu
siyrati qissada o ‘zgacha mehr bilan chiziladiki, go‘zal
tuyg‘ular, ixlosmandlik beixtiyor ruhiyatingizga ko‘chib
o ‘tadi.
Maxtumqulini sel bo‘lib tinglaydigan, Buxoro
madrasasida tahsil olgan, sakson yoshni qoralagan,
asl ismi Muhammadamin bo‘lgan Hoji bobo va Soliha
ayaning ro‘zg‘or tutimi, mehr-oqibati borlig‘ingizni
nurlantiradi.
Taassufki, shunday oila boshiga tushgan judoliklami,
Zafar va Z arif ismli farzandlaming «din - afyun»
deydiganlar toifasidan bo‘lib chiqishini, onasining
m a’rakasida maishatbozlik qilishini o ‘qib, bu hayotning
biz anglamagan sir-sinotlari ko‘pligidan hayron qo-
lasiz. Shu nuqtada yozuvchi voqealami o ‘z istagiga
bo‘ysundirmagani, aksincha, o ‘zi real hayotiylik ortidan
ergashganini his qilasiz. Ya’ni, biz odatda «olma tagiga
olma tushadi» qabilida m o‘min bandaning nasllari solih
farzandlar bo ‘lib kamol topishiga ko‘nikkanmiz. M uallif
ham ko‘plar ko ‘nikkan shu sujetni to ‘qib qo‘ysa, hech
kim e ’tiroz bildirmasdi. Lekin asar, Abdulla Qahhor
ta'biri bilan aytganda, qog‘ozdan yasalgan gulga o‘xshab
iforsiz bo ‘lib qolardi.
Qissadagi Soyibjon tog‘aning ko‘rgiliklari, Dilbar
kelinoyi va Samintoy xotinining hiyla-nayranglarini
mutolaa qilib, hushyor tortasiz. Mahalladoshlar «shay-
tonning urg‘ochisi» deya ta ’riflagan bunday ayollami
la’natlamaganlar, Mirzo Bobur aytganidek, sazovori
la’nat bo‘lsin degisi keladi. Asarda:
Yilonni asrading nechayil oni,
Ulug ‘ bo ‘lg ‘an sari о ‘sdi ziyoni, -
kabi hikmatlardan o'rinli foydalanilgan. Navoiy shoh-
baytlari qissa fazilatini yanada oshirgan. Ayniqsa, So‘fi
Olloyoming fano dashti-yu, baqo bo‘stoni haqidagi
baytlari hikoyalarga uzukka ko‘zdek yarashgan.
Muxtasar so‘zboshida asardagi barcha qahramon-
laming fazilatlari haqida gapirib berishning imkoni
yo‘q. Lekin qissani o ‘qigan muhtaram kitobxon o ‘zining
yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga, kishilar
taqdiriga teranroq qaray boshlashi aniq.
Fikrlarim avvalida muallifning yozuvchilik nigohi
haqida to ‘xtalgandim. Endi bu yog‘igayozish mahoratini
charxlash zarur, nazarimda. Adabiyot ixlosmandlarini
yaxshi asar bilan qutlaymiz.
Muhtaram kitobxon, Nabijon Qodirovning «Gul-
yetim» qissasini, albatta, o ‘qib chiqishni tavsiya etamiz.
Sizga maroqli mutolaa, adibga g‘ayrat-shijoat yor
bo ‘lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |