N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

MOYCHI DANG-DANG
Kuz juda seryomg‘ir keldi. Oktabr oyi bo ‘lishiga 
qaramay havo sovib ketdi.
Q o‘ni-qo‘shnilar yoppasiga sandal, pechka qurishni 
boshlab yubordilar. Ikki kundan beri yog‘ayotgan 
yom g‘ir tobora avjiga chiqardi. Paxta terimi to ‘xtab, 
hamma uyda o ‘tirib qolgan, odamlar yom g‘ir bahona 
biroz hordiq chiqarmoqda edilar. Sanab chiqdim: 
uyimizning to‘qqiz joyidan chakka o‘tayapti. Oyijonim 
tomchilar tagiga chilobchin, kosa va shunga o ‘xshash 
har xil idishlami qo‘yib qo‘ygan. Tomchilarni sanab, bu 
ajoyib manzarani tomosha qilib o ‘tirgandim, singlimni 
yelkasiga urib uxlatayotgan onam dadamga so‘z qotdi:
- Bu yil tomni suvamasangiz bo‘lmaydi, dadasi. 
Ahvolni qarang, oyoq uzatgani joy yo‘q.
- Q o‘limdagi ishlarni tugatib olay, albatta, suvay- 
miz, - dedi dadam sandal cho‘g ‘ini otashkurak bilan 
kovlab.
- B o‘zchi belbog‘ga yolchimabdi. 0 ‘tgan yili ham 
shunday degandingiz...
Dadam indamay menga qarab jilmaydi.
29


- Darslaringni qilyapsanmi? 0 ‘qishlar qalay?
- Buyam kun bo‘yi ishdan bo‘shamaydi. Dars qilish 
qayoqda, - gapni ilib ketdi onam. - K o‘rib turibsiz- 
ku, ikki kundirki qorong‘ida o ‘tiribmiz. Chirog‘imiz 
yonmaydi. Moychi dang-dangdan esa darak yo‘q.
- Tur, o ‘g ‘lim, anavini tashqariga to‘kib kel, - dedi 
dadam to ‘lib ketgan idishni barmog‘i bilan ko‘rsatib.
Kosani olib tashqariga chiqdim. Xayriyat, yom g‘ir 
ancha tinibdi.
Ko‘chadan kerosinchi Moychi dang-dangning ovozi 
eshitildi.
- Kero-si-i-in! Kero-si-i-in!
Chopib uyga kirdim-da, xushxabami yetkazdim. 
Onamjonim moy idishni olib chopganicha ko‘chaga 
chiqib ketdi. Orqasidan men ham ergashdim.
Moychi dang-dang deganlari o ‘zbekchani chala- 
chulpa gapiradigan sap-sariq o ‘ris kishi bo ‘lib, uning 
asl ismini hech kim bilmasdi. Shuning uchunmi, 
osongina Moychi dang-dang deb qo‘yaqolishadi. U 
baqaloqqina, oyog‘ida qop-qora moylangan kerza etik, 
bir qo‘lida doim mushtuk tutib yuradigan, indamas 
odam. Uning soch-soqoli, hatto qoshlariyam maxorka 
chekaverganidan sarg‘ayib ketganday edi go‘yo.
Moychi dang-dang qishlog‘imizga haftasiga bir bor 
kelar, o ‘zi istagan joyda otini to ‘xtatib kerosin to‘la 
temir bochkani tosh bilan urib dangillatardi va bo‘g ‘iq 
bir ovozda «Кего-si-i-in!», deb qo‘yardi. Biz uning 
o ‘ziga xos harakatlarini, yuvoshgina otini tomosha qilib 
charchamasdik.
Har safar uning atrofini katta-kichik idish ko‘targan 
xotin-xalaj o ‘rab olar, kerosin keltirganidan quvonishib 
Moychi akani alqardilar.
- Yakshi, yakshi, - derdi Moychi dang-dang sal 
jilmayib. Yana uning shunday odati bor ediki, bir tom- 
chi yog‘ni ham nasiyaga bermasdi. Shundanmikan,
30


onajonim juda zarur bo ‘lgan chog‘da ham kerosinga 
ajratilgan pulga sira tegmasdi.
Shunday kunlaming birida «qishlog‘imizga elektr 
kelarmish», - degan gap tarqaldi. Bu mish-mish uzoq 
kuttirmadi. Tez orada simyog‘ochlar tortilib, harakatlar 
boshlab yuborildi. «Elektr toki xavfli ekan, simiga 
qo‘l tegsa, o ‘ldirarmish», degan uzunquloq gaplar as- 
ta ortga chekinib, hamma uyda elektr chiroqlari nur 
socha boshladi. Bu m o‘jizani ko‘rib, biz bolalar rosa 
quvondik. Onajonim ham chirog‘imiz shishasini artish, 
uning singan teshigini qog‘oz bilan yamashdan qutuldi. 
Moychi dang-dang esa butunlay ko‘rinmay ketdi.
HAMAL
Dadam o ‘rtoqlari bilan tog‘ bag‘ridagi qaysidir 
bir qishloqqa dam olish uchun ikki kunlik sayohatga 
chiqmoqchi b o id i. 0 ‘zi bilan birga meniyam olib 
ketishga qaror qildi. Rosa xursand bo‘ldim. Chunki 
men tog‘ni yaqindan hech ko‘rmagandim-da. Azonda 
ко‘ф а -to‘shagimizni olib, yuk mashinasida y o ‘lga 
chiqdik. Mashina yukxonasining bir chetidagi qoplarda 
sabzi-piyoz, har xil yeguliklar, yana bir chetida oyoq- 
qo‘li mahkam bog‘langan qo‘chqor ham bor. Aylantirib 
ko‘rpachalar solingan. Hamma chordana qurib o ‘tirar, 
safarga chiqayotganlaridan benihoya shod edilar.
- Biror m a’qul joy topilmasa, mashinada ham tunab 
qolaveramiz, - dedi X o‘r-roz! - deb boshimni silagan 
sap-sariq odam.
- To‘g ‘ri! Bir kun ming kun bo ‘larmidi, - dedi yana 
kimdir.
- Sobitning uyiga tushamiz, - cho‘rt kesdi Komil 
aka degan semiz kishi.
- Men unga xabar berib qo‘yganman. Eshitsa xafa 
bo‘ladi.
31


Komil aka do‘sti Sobitni to ‘lib-toshib maqtadi. 
U bilan bog‘liq qiziq voqealami aytib hammamizni 
kuldirdi. Sobit akani ko‘rgani qiziqib qoldim. Mashina 
uzoq yurdi. Haydovchi ikki-uch joyda to‘xtab, radia- 
torga suv ham quyib oldi.
Ilonizi, o ‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan o ‘tib, tushga 
yaqin tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim bir qishloqqa 
kirib keldik.
Yozning chillasi bo ‘lishiga qaramay, havo salqin. 
Toshdan toshga urilib sharqirab oqayotgan soyning 
muzday suvidan ichib chanqog‘imizni qondirdik. At- 
rofdagi chiroyli manzarani ko‘rib hang-u mang edim. 
K o‘plab katta-kichik bolalaming eshak minib yurishlari 
yanayam qiziqroq ko‘rindi.
Sobit akaning uyiga joylashdik.
Xonadon ikkiga bo‘lingan: ichkari va tashqari hov- 
lidan iborat edi. Tashqi hovli mehmonlarga m o‘ljal- 
langan bo ‘lib, ichkari hovlida mezbonning oilasi 
istiqomat qilarkan. U tashqi hovli sahnidagi ayvonli, 
baland so‘riga joy qilib, kelishimizni kutib turgani rost 
boMib chiqdi. Sobit aka miqtidan kelgan, qorindor, 
lablari qalin, bug‘doyrang bir kishi ekan.
Yoshiga unchalik ham yarashmagan qalin qoshlari, 
chakkasidagi so'galga o ‘xshash qop-qora xoli uni 
hammadan ajratib turardi. Tezda sabzi-piyozlar archi- 
lib birinchi ovqatga harakat boshlanib ketdi. Ichkari 
hovli eshigidan iymanibgina m o‘ralab turgan istrasi 
issiq bola e ’tiborimni tortdi. U qo ‘li bilan imlab 
«bu yoqqa kel» demoqda edi. Dadamga shu atrofda 
bo‘lishimni aytib, notanish bola tomon yurdim. Q o‘l 
berib so‘rashdik.
- Oting nima? - dedi bola jilmayib.
- Davron. Seniki-chi?
- Hamal.
32


Biz tezda til topishib ketdik. Hamal qanchalik quv- 
noq bo‘lmasin, negadir ko ‘zlari atrofga m a’yus boqardi.
- Mening musichalarim bor. Yur, ko‘rsataman.
U meni ichkariga boshladi. Hovlida turfa xil gullar 
ochilib, atrofga yoqimli ifor taratardi.
- Bu gullami kim ekkan? - dedim qiziqib.
- Ayam ekadilar. Men ham yordam beraman. Sizlar- 
nikidayam gul bormi?
- Biznikida gul yo'q.
- Nega?
- Bilmadim, - dedim yelka qisib.
- Xohlasang, ketishingda ko‘chirib beraman. Uyla- 
ringga olib borib ekasan.
- Hozir yoz-ku, ko‘karib ketarmikan?
- Tuprog‘i bilan ko ‘chirsak ko ‘karadi, - dedi u 
qat’iy.
- Mana bunisi juda chiroyli ekan.
- Mayli, ana shunisidan beraman.
Hovlidan baland tog‘lar ko‘rinib turar, uning tepa- 
sida bir gala echkilar o ‘tlab yurardi.
- Echkilar tog‘dan yiqilib tushmaydimi? - so‘radim 
hayratim oshib.
- Yiqilmaydi, o‘rganib ketishgan.
Hamal beparvo kular ekan qo‘limdan ushlab ayvon 
tomon yetakladi. U tokchaga ishora qilib dedi:
- Ana musichalarim...
Musichaning omonatgina inida bir juft palapon 
hadiksirab bizga qarab turardi.
- Polaponlaringni ota-onasi bormi?
- Jim bo‘l, dadam.
Hamal qo‘rqib o ‘zini panaga oldi. Sobit aka uyidan 
nimanidir olib tezda chiqib ketdi.
- Hayriyat ko‘rmadi, - dedi Hamal rangi-quti o ‘chib.
- K o‘rsa nima? So‘kadimi? Biz yomon ish qilma- 
dik-ku.
2 - 8 8 1
33


Hamal indamadi.
- Yur, yaxshisi, seni aylantirib kelaman.
Chorvoq eshikdan o ‘tib pastqam paxsa devorlar osha 
ko'chaga chiqib ketdik.
Echki sutidan qilingan qurtobni so‘rib tog‘ yon 
bag‘ridagi g ‘omi tomosha qildik. Ichkariga kirishga 
ikkimiz ham qo‘rqdik.
- U yerda ajinalar bor, - dedi Hamal vahima qilib. -
Kim kirsa, og‘zi qiyshayib qolarmish.
Ulkan odamlami eslatadigan xarsangtoshlar, ertak- 
lardagi qo‘rqinchli maxluqlarga o ‘xshab ketadigan 
bahaybat tog‘ jinslari meni o ‘ziga rom etdi.
Bu m o‘jizalam i ko‘rib hayratim oshgani sayin 
Hamal ham quvonar edi.
Ayniqsa, qandaydir o ‘t oyoqlarimni ariday chimil- 
latib chaqqanida - Chayono‘tni ko‘rmaganmisan? - deb 
miriqib kuldi.
Hamal ertaga Zangorko‘lga borishimizni, u yerda 
menga g ‘alati shoxdor baliqni ko ‘rsatmoqchi ekanini 
aytdi. Darrov rozi bo‘ldim. Qorinlarimiz ochqab manzi- 
limizga qaytdik. Bu yerda qo‘ylar so‘yilib, sho‘rvalar 
pishgan. Maishat avjida edi.
- Qayerlarda yuribsizlar? Qani tezda so‘riga kelib 
tushlik qilib olinglar-chi, - dedi dadam bizlarga qarab. 
Boshqalar ham bu gapni m a’qullashdi.
Ovqat quydirib, davraning bir chetiga tortinibroq 
o4irdik.
Sho‘rvadan endigina bir-ikki qoshiq ichgan ham 
edikki, davraga kichikroq sandiqday keladigan radiopri- 
yomnik ko ‘tarib Sobit aka kirib keldi.
U priyomnikni bir chetda turgan xontaxta ustiga 
qo‘yib, tokka uladi va patnisday keladigan plastinkani 
joylab ovozini ko‘tardi. Hovlini M a’murjon Uzoqov- 
ning «Jonon bo‘laman» qo‘shig‘i tutib ketdi.
34


Davrada o ‘yin-kulgi boshlandi. Komil aka qo‘shiqqa 
monand yengil harakatlar bilan o ‘yinga tushar, o ‘tir- 
ganlar «Yasha! Do‘st!» - deyishganicha baravar qarsak 
chalishar edi.
Kutilmaganda Sobit aka bizning oldimizga shoshib 
keldi-da, ko ‘zlarini olaytirib Hamalga do‘q urdi:
- Sen oqsoqol bu yerda nima qilib o ‘tiribsan?! 
Qani, tezda y o ‘qolchi!
Hamal mustar bo‘lib o ‘midan turdi va indamay ich­
kari hovli tomonga o ‘tib ketdi. Baland musiqa sado- 
lari ostida aytilgan bu gapni mendan boshqa hech kim 
eshitmadi. Bola nega turib ketdi, hatto payqashmadi- 
yam. Hamma o ‘yin bilan ovora edi. Berilib raqsga 
tushayotgan Komil aka o ‘ynab kelib Sobit akani o ‘r- 
taga tortdi. Davra qizigandan qizidi. Mezbon har xil 
muqomlar qilib, mehmonlarga xursandchilik ulashdi. 
Hamalning ketib qolganidanmi, negadir ko‘nglim g ‘ash 
edi.
Ashula tugab, o ‘tirganlar bir muddat tanaffus qildi- 
lar. Har kim har tomonga tarqab ketdi. Dadam men 
bilan birga aylanib kelishni aytganda, Hamal bilan 
tog‘ga chiqib charchaganimni bahona qilib unamadim. 
Sho‘rvamni apil-tapil ichdim-da, Hamalning nasibasini 
olib, uylariga kirdim.
Ichkaridan Sobit akaning dag‘dag‘ali ovozi eshitildi.
- Sen yaramas keksa-qari, nega kattalar o ‘tirgan 
dasturxonga kelib o ‘tirding! Gapir! Sekin derazadan 
m o‘raladim. Sobit aka o‘g ‘lini ayamay tarsakilardi.
Hamal miq etmas, Sobit aka esa tobora jazavaga 
tushardi.
- Hech kimga indamay, mehmon bolani qayerlarga 
olib ketding. Xavotir olishadi demadingmi? Gapir 
daydi-sayoq! Mehmonlar ketgach, seni shunday ta ’zi- 
ringni berayki...
35


Shaxd bilan ichkariga kirdim.
- Amaki men dadamdan so‘ragandim, Hamalni 
urishmang, - dedim iltijoli ohangda.
Sobit aka meni ko‘rib, ancha hovuridan tushdi.
- Yaxshi, sen dadangdan ruxsat so‘rabsan, bu yara- 
mas o ‘zboshimcha-chi?
- Kechira qoling... Endi unday qilmaydi.
- Sen jiyan, yaxshisi, bu tomonlarga kirma! Bu 
ahmoq bola bilan o ‘ynama!
Sobit aka javondan katta-kichik shishalami olib 
xaltaga joyladi-da, indamay uydan chiqib ketdi. Hamal 
bir nuqtaga tikilib jim turar, chap qulog‘i qip-qizil, 
qo‘rquvdan rangi dokaday oqarib ketgan edi.
- Meni kechir, Hamal. Hammasiga men aybdorman. 
Xafa bo ‘lma... Dadang baribir seni yaxshi ko‘radi, -
dedim uni yupatmoqchi bo‘lib.
Hamal birdan ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Uni o ‘z 
holiga qo‘yib, tashqariga chiqdim. Menga hech nar- 
saning qizig‘i qolmagandi. Qani endi, vaqt tezroq 
o ‘tsa-yu, uyimizga ketsam. So‘rida Sobit aka latifa 
aytarkan, tizzalarini ushlab yoqimsiz xaxolab kular, 
atrofdagilar olqishlab charchashmasdi. 0 ‘yin-kulgi ya- 
rim tungacha davom etdi. «Jonon bo ‘laman» qayta-qay- 
ta qo‘yilaverdi, qo‘yilaverdi.
Tong otdi. Men ertalabdan zerika boshladim. Hamal 
bugun menga Zangorko‘lni va undagi antiqa baliqlami 
ko‘rsatmoqchi edi. Afsus...
Uni rosa kutdim. Qaytib chiqmadi. Ketayotgani- 
mizda ichkari hovli eshigidan m o‘ralab, meni imlab 
chaqirdi. Chopib bordim. U og‘zi mahkam qilib 
bog‘langan xaltani qo‘limga tutqazdi. - Dadam bilma­
sin, xayr, - dedi-da, tezda eshikni yopdi.
Mashina o ‘midan jilgach, xaltani sekin ochib qara- 
dim. Ildizlari kartoshkaga o ‘xshash gul ko‘chatlari. 
Ishqilib, xaltani olayotganimni dadasi ko‘rib qolmadi-
36


mikan. Xayollarimni Komil akaning so‘zlari bo ‘lib 
yubordi.
-
Bechora Sobitning ham peshonasi sho‘r ekan. 0 ‘n 
yillik ro ‘zg ‘oridan farzandsizlik tufayli ajrashib ketdi. 
Yana bir bolali ayolga uylanib, undan ham murodi hosil 
bo‘lmadi.
Shunday yaxshi odam... Bir kam dunyo ekan-da.
Gap orasida Hamal o ‘sha ayolning bolasi ekanini 
ham qistirib o ‘tdi.
Uyga qaytarkanmiz, hamma to ‘lib-toshib Sobit akani 
maqtar, uning chindanam shinavanda inson ekanini 
ta’riflardi. Bu gaplar mening qulog‘imga kirmas, nega- 
dir faqat Hamalni o ‘ylardim.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish