Muzokara olib borish bosqichlari. Muzokaraning samarali utishi ko‘p jixatdan amalga oshirilgan tayyorgarlik jarayonining puxtaligiga bog’liq. Bu xususida tadkikotchi R.I. Mokshanov quyidagi tadbirlarni amalga oshirish dasto’rini taqlif etadi1:
Muzokara maqsadini aniq ifodalay bilish.
Ushbu maqsadga erishishga yordam beruvchi vazifalarni aniqlash (ya’ni maqsadga erishish yulida qanday kadamlarni bosib utish lozim).
Muzokaralarning tashkiliy kismini aniqlashtirish:
utkazish muddati
utkazish joyi
joyni tayyorlash
Muzokara jarayoni uchun xavflarni bartaraf etish
delegatsiya tarkibi
Muzokaralarni moliyalashtirish manbaalari
Muzokara ishtirokchilariga sarf-harajatlar (kanselyariya anjomlari, video va audio moslamalar mavjudligi, tarnsport, aloka, ozik- ovkat ta’minoti, tanaffus va kofe-breyklar)
o’zga tomon delegatsiyasini kutib olish va joylashtirish
madaniy dam olish dasto’rini ishlab chikish
sovFa-salom va yodgorliklar
yakuniy ziyofat
delegatsiyalarni ko’zatish.
Muzokara asosidagi manfaatning turli darajalarini bilish.
O’zga tomonning manfaatlarini iloji boricha batafsil tasavvur
etish.
Muzokaraning quyidagi jixatlari buyicha ma’lumot tuplashga erishish:
muxokama masalasining tarixi, xozirgi xolati va kursatkichlari:
Muzokarada ishtirok etuvchi delegatsiya vakillari xaqida ma’lumot (yoshi, kasbi, shu soxadagi tajribasi, kizikishlari, harakter xislatlari, ularning sheriklari kimlaru, rakiblari kimlar, ular orasida ikkilanuvchilar bormi va x.k.).
Iktisodiy, siyosiy, xuquqiy, psixologik soxalarda maslaxatchilarga bulgan extiyojni aniqlash.
Muzokara jarayonining umumiy strategiyasini aniqlash.
Vaziyatga karab qanday harakatni amalga oshirish taktikasini belgilash.
Muxokama etilajak muammoning mavjud echimlarini aniqlab kuyish.
Agar Muzokara o’zilsa, kay tarzda maqsadga erishish yulini belgilash.
Muzokaralar utayotgani va natija xaqidagi ma’lumotlarni kay tarzda yoritish masalasini uylab kuyish (masalan, ommaviy axborot vositalarida).
Ko’rinib turganidek, Muzokaraga tayyorlanish bu jarayonni boshidan oxirigacha puxta rejalashtirish demakdir. Muzokarani tadkik etish soxasidagi ko‘pgina olimlar fikricha, uchrashuv natijasi, maqsadga erishishning asosiy sharti Muzokara olib boruvchi shaxsning psixologik jixatlariga kelib takaladi.
Samarali Muzokarani amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri - Muzokara guruxidir. Okilona tashkil etilgan Muzokarada kamida uch kishi katnashishi o’rinli. Muzokaradagi birinchi shaxs raxbar bulib, suxbat davomida asosiy faoliyatni o’z ko’l iga oladi. Ikkinchi ishtirokchi esa o’zga tomon vakillarining psixologik xolatini talkin qiladi, ularning manfaatlarini urganadi, ular nimani ta’kidlashyapti-yu, nimada o’z so’zlariga karshi chikishayotganini aniqlaydi va x.k.
Muzokara kiyin utayotgan vaziyatdagi asosiy shartlardan biri - keyingi uchrashuv uchun xam «ok yul» koldirishdir. xatto uylangan natijaga erishilmagan takdirda xam, bizdan keyingi delegatsiya Muzokara olib borishi uchun imkoniyat koldirishimiz zarur. Mo’zoqarlarni ta’minlovchi muxit xaqida uylar ekanmiz, o’zga tomon vakillariga xos bulgan xususiyatlar xaqida iloji boricha tula ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Uchrashuv natijalari ko‘pincha suxbat olib borish uslubiga va Muzokaralar kurishning metodologik asosiga bog‘liq. Psixologik nuktai nazardan, anchagina malakali tartibda utadigan Muzokara turi «maqsadga yunalgan Muzokara» deb, ataladi. Bunday Muzokaraning asosiy moxiyati - ob’ektiv me’yorlarga asoslangan qaror topish maqsadida suxbat uchun makbul sotsial-psixologik sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Bunda, ob’ektiv me’yorlar sifatida yuriknomalar, xuquqiy konunlar va imzolangan shartnomalar ishtirok etadi. Muzokara olib borishning bu turi ish moxiyatiga kat’iy yondoshish va uchrashuv ishtirokchilariga nisbatan esa iltifotli munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Maqsadga yunalgan Muzokaralar kuyilgan maqsadlarga erishish va shu bilan birga insoniy munosabatlarni saqlab kolit imkonini beradi.
Maqsadga yunalgan Muzokaradagi asosiy tamoyillardan biri - tomonlarning muammoga qarashi, masalaga bulgan munosabati yo’zasidan baxs olib borilmaydi, balki tomonlarning muammoda ifodalangan manfaatini aniqlash va uni kondirish yul-yurotini izlashdan iboratdir. Muzokara jarayonida asosiy dikkat-e’tibor nizodagi tomonlar pozitsiyasiga emas, balki baxs predmetiga karatiladi. Baxs predmeti, uni xal etish asosiy va yagona masaladir. Muzokara uch natijaga erishilganda muvaffakiyatli deb xisoblanishi mumkin:
okilona kelishuv;
vaktni tejash;
tomonlar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishi (xech bulmaganda yomonlashmasligi).
O’zga tomonning qarashini, ularning fikrlash uslubi va masalaga munosabati ustida baxs olib borish o’zganing e’tikodi va nafsoniyatiga putur etkazish bilan barobardir, bunday vaziyatda esa Muzokaraning o’zilishi mukarrardir. Demak, Muzokara qarashlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni emas, balki turli manfaatlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni xal etishdan iboratdir. Muzokara olib borar ekanmiz, muammoni muxokama etishda kat’iy turishimiz va ishtirokchilar bilan munosabtlarda esa yumshok bo‘lishimiz kerak.
Muzokara tashkil etilishida uchrashuv kimning xududida utishiga katta e’tibor beriladi. Mexmonni kutib oluvchi tomon qator shartlarni amalga oshirish bilan birga, o’z xududida ma’lum imtiyoz va ko’l ayliklarga xam ega buladi. SHuning uchun xam, xuddi sport musobakasi kabi o’z xududida utayotgan uchrashuvdan raxbar maqsadga erishish yulida iloji boricha ko‘prok foydalanib kolishi lozim. o’zga tomon xududida Muzokara olib borishning xam o’z xususiyatlari bor. Bu esa avvalambor, mexmonlik mavkeidan foydalanish va xatto natijasi konikarsiz bulayotganda Muzokarani yanada o’zoqrok muddatga cho’zish imkoniyatidir.
Yuqorida aytilganidek, Muzokaralar davomida nafakat masala xal etiladi, balki bulajak munosabatlarni takomillashtirish uchun poydevor xam kuriladi. SHu munosabat bilan Muzokara jarayonidagi ikki asosiy jixatni ajratib olgan ma’ko’l :
Muxokama predmeti.
Insoniy munosabatlar taxlili. Bu ikki jixat o’zaro munosabatda ikki tamoyilga rioya qilishni nazarda tutadi. Birinchidan, muxokamaga kuyilgan masalada yutkazib kuymaslik lozim, ikkinchidan o‘rtadagi insoniy munosabatlar bo’zilib kolmay, balki yaxshilansin.
Muzokara davomida insoniy munosabatni rivojlantirish xisobiga muxokama predmeti yo’zasidan yutukni ko’l ga kiritish mumkin. Masalan, jangari filmlarda ko‘plab namoyish etiluvchi lavxalardan biri - yaxshi va yomon politsiyachilar xulqidir. YOmon politsiyachi shubxa ostidagi kimsaga avvaldanok ko‘pol munosabatda buladi va o‘rtadagi munosabatni nizo darajasiga olib keladi, ikkinchi politsiyachi esa shubxali odamga uta ijobiy va olijanob munosabatda buladi. Natijada yaxshi politsiyachi jinoyat yo’zasidan yashirilgan ma’lumotni «xamirdan kil sugurganday» tortib oladi. Ikki karama-karshi xissiy munosabatga asoslangan taktika tergov jarayoni negizini oshkora etishga yordam beradi.
Muzokara utishidagi asosiy bosqichlardan biri - echim talab etayotgan masalani muxokama qilish jarayoni bulib, bunda ushbu masala yo’zasidan tomonlarning fikrini aniqlashga e’tibor karatiladi. Bu bosqichda tomonlarning masala yo’zasidan fikri aniq tasavvur etilishi lozim. Muzokara ishtirokchisidan bu bosqichda talab kilinuvchi malaka - o’z fikrini aniq, ravon bayon etishdir. O’z navbatida, boshka tomonning muloxazasini butko’l tushunish uchun aniqlashtiruvchi savollar berish o’rinlidir.
Muzokara yakuniga salbiy ta’sir etuvchi psixologik omillar. Qarorlarini qabul qilish jarayoniga salbiy ta’sir utkazuvchi psixologik omil sifatida quyidagilarni sanab utish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |