Мuzaffar Choriyev
Мuхаmmаdi G‘opporov
ENGLISH GRAMMAR
Ingliz tili grammatikasi
Qarshi – 2004 yil
Muharrirlar: Hoshimova Robiya,
Choriyva Madina.
Taqrizchilar: fil.fan.dok. Sh. Safarov.
fil.fan.dok. U.K. Yusupov.
KIRISH
Mustaqil Respublikamizda xorijiy tillarni mukammal o‘rganish bugungi kunda umumxalk extiyojiga aylanib, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda.
Darhaqiqat, xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rnini topayotgan va buyuklikka intilayotgan mamlakat uchun xorijiy tillarni mukammal bilgan mutaxassislarga ega bo‘lish nihoyatda muhimdir.
Prezident Islom Karimov bugun hamjamiyatdan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjixatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalkimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo‘qdir. Biron tilda gapirish, nutqni tinglab tushunish, o‘qish hamda yozish uchun ana shu tilning grammatik qurilishini egallamoq lozim. Bunga maxsus tuzilgan o‘quv mashqlari hamda o‘rganilayotgan tildagi muomala – so‘zlashuv, o‘qish va yozuv jarayonida egallangan bilimlar yordamida erishish mumkin.
Shu sababli tilni amaliy egallashda grammatikani bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Til grammatikasi - grammatik vositalar yig’indisidan iborat bo‘lib, bu vositalar yordamida ushbu tilda so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar hosil qilinadi yoki tuziladi.
Chet tili fakultetlarining ingliz tili bo‘limlari talabalariga mo‘ljallangan amaldagi uquv programmasi asosida tuzilgan mazkur «Ingliz tili amaliy grammatikasi» da hozirgi zamon ingliz tili grammatikasining morfologiyasi ingliz va o‘zbek tillarida bayon qilinadi. Qo‘llanmada qamrab olingan grammatika materiali ingliz va amerika avtorlarining original asarlaridan olingan misollar vositasida yoritiladi.
Ma’lumki, grammatika qoidalarini bilmaydigan ko‘p kishilar ham o‘z ona tillarida bexato so‘zlashadilar. Chet tilini o‘rganishda faqat so‘zlashuv nutqida muntazam mashq qilishgina emas, balki shu til grammatikasidan ma’lum bilimga ham ega bo‘lish talab qilinadi.
Grammatika til sistemasining asosini tashkil qilganligi sababli, til sistemasi uchun asosiy modellarni yaratadi. Bu modellar tilning grammatik modellari hisoblanib ular o‘z navbatida morfologik va sintaktik modellarga bo‘linadi.
Morfologik modellar so‘z paradigmasi, so‘z formalari va so‘z formalarining vertikal o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi.
Sintaktik modellar esa so‘zlarning o‘zaro birikib konstruksiyalar hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Har bir tilda uning lug‘at boyligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar so‘zlar ma’lum modellarga buysunadi va ular orqali nutq jarayonida ishlatiladi. Bu esa grammatik modellarning mustahkamligini, qat’iyligini va ularining til sistemasini to‘la-tukis aks ettira olishini to‘la isbotlaydi. Shunga ko‘ra istalgan tilning normativ grammatikasi ushbu til sistemasini nutq jarayonida ifodalanishining nazariy-amaliy tomonlarini bir-biri bilan bog‘lovchi fan sifatida tushunilishi mumkin. Shuning uchun ham qo‘llanmada ingliz tili grammatikasining morfologiya bo‘limi sistemali ravishda bayon qilingan bo‘lib, unda talabalar so‘z turkumlarining o‘zlariga xos kategoriyalari, yasalish usullari va gapdagi vazifalari bilan tanildilar.
Ushbu qo‘llanmani yozishda M.Ganshina, N.Vasilevskaya, YE.Izrailevich, K.Kachalova, L.Vinokurova, V.L.Kaushanskaya, L.S.Barxudarov, D.L.Shteling, YE.M.Gordon, I.P.Krilova, U.Xoshimov, J.Bo‘ronovlarning darsliklaridagi grammatika kurslari e’tiborga olindi. Ayrim munozarali masalalarni yoritishda mualliflar o‘z pedagogik tarjimalari va izlanishlariga to‘liq tayandilar.
English nouns -+and article
Ot (noun)