Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi
kunidek yashab o'taman.
Vaqtni behudaga o'ldiruvchi odamlardan men qochib yuraman.
Bamaylihotirlikni men harakat bilan yo'q qilaman. ishonchsizlikni
men ishonch bilan yengaman. Qo'rquvni men aniqlik bilan daf
qilaman. Safsatabozlarga men quloq solmayman. Dangasalar
bo'lgan joyda men ushlanib qolmayman. Yallo qilib
yashayotganlar oldiga men yaqin ham kelmayman. Yallo qilib
yashash bu- yaxshi ko'rgan odamlaringdan mehringni, ovqatni,
kiyimni o'g'irlashdir.
Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi
kunidek yashab o'taman.
Men bugungi burchlarimni bajaraman. Men bugun bolalarimga
mehr ko'rsataman, chunki ular hali yosh, ertaga esa ular ketib
qoladilar va men ham ketaman. Bugun men yordamga muhtoj
do'stimni qo'llayman, chunki ertaga u meni chaqira olmasligi
mumkin. Balki u chaqirganda men eshita olmasligim mumkin.
57
Men bugun o'zimni qurbon qilaman. Ertaga balki men hech narsa
taklif qila olmayman, yoki bu taklifimni qabul qiluvchi odamning
o'zi bo'lmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |