Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi
kunidek yashab o'taman.
Bugungi kun bu menda bo'lgan hamma narsa, bu soatlar esa
men uchun mangulikdir. Men tongni katta quvonch bilan kutib
olaman, xuddi o'limi kechiktirilgan maxbusga o'xshab. Men
bugungi kunni xuddi hayotimdagi eng qimmatbaho sovg'a deb
qabul qilaman.
Kechagi tongni kutib olgan ammo, bugun oramizda yo'q
insonlarni men yuragimda iliqlik bilan eslayman. Men -
omadliman va bugungi kunning soatlari men uchun taqdirning
bebaho marhamati. Nima uchun menga yana bir kun yashashga
ruxsat berildi, axir mendan o'n chandon yaxshi odamlar bugun
yo'q-ku! Balki ular kerakli maqsadlarga erishdilar, men esa hali
bu ishni qilishga ulgurganim yo'q! Aynan bugungi kun shu
maqsadlarimga erishish uchun menga berilgan imkoiyatdir
balki?
Do'stlaringiz bilan baham: |