60
Men doimo bir fikrni yodda saqlayman. Faqat bo'ysunishni
biladiganlar muvaffaqiyat cho'qqisida turib qolishlari mumkin. Lekin
men bo'ysunuvchi emasman. Meni yo'q qilmoqchi bo'lgan kuchlar bilan
kurashishim kerak bo'ladigan kunlar keladi. G'am va ishonchsizlik kabi
dushmanlarimni tez tanib olaman. Lekin shunaqa yovuz kuchlar ham
borki, ular menga jilmayib qo'l uzatib yaqinlashadi. Lekin men doimo
sergak turishim kerak va ularni nazorat ostida ushlashim kerak.
Mag'rurlikni his qilsam - omadsizlikni eslayman.
To'qlikni his qilsam och yurgan kunlarimni eslayman. Rohatlanish
sezsam- kurashgan davrim ko'z oldimga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: