Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman.
Men o'z his tuyg'ularimni qanday jilovlashim kerak?
Men qadimdan qolgan bir sirni bilib oldim: qatiyatsiz odamning
fikrlari, uning harakatlari ustidan hukmronlik qiladi, dovyurak odam esa
fikrini harakatiga bo'ysundiradi.
Har ertalab uyqudan uyg'ongach, men mana shu qoidaga
bo'ysunaman. Aks holda g'am va omadsizlik meni o'z iskanjasiga oladi.
Agar men o'zimni g'amgin sezsam, men qo'shiq aytaman. Agar men
hafa bo'lsam, men kula boshlayman.
Agar men o'zimni yomon his qilsam. Men ikki baravar ko'p harakat
qilaman.
Agar men qo'rquv sezsam, o'zimni oldinga tashlanishga majbur
qilaman. Agar men tushkunlikka tushsam, mening ovozim balandroq
chiqadi. Kambag'allikni seza boshlasam, kelajakdagi boyligim haqida
o'ylayman. Agar men o'zimni nodon sezsam, oldingi yutuqlarimni
eslayman.
Agar men o'zimni keraksiz dek his qilsam, o'zimni maqsadlarimni
eslayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |