Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman.
Quyidagi holat tabiatning sirlaridan biridir: men har kuni kechagidan
ko'ra boshqacha kayfiyatda uyg'onaman. Kechagi xushchaqchaqlik
bugungi g'amga aylanadi, bugungi g'am esa ertangi xursandchilikka
aylanadi. Mening ichimda allaqanday g'aroyib aylana bordek. U doimo
g'amdan-xursandchlikka, tushkunlikdan -taajjubga baxtsizlikdan- baxtga
qarab aylanaveradi. Bugungi xushvaqtlikning g'unchalari ertaga so'ladi.
Lekin men bir narsani esimdan chiqarmayman. So'lgan g'unchalar o'z
ichiga kelajakda unishi mumkin bo'lgan gulning urug'ini
saqlaydigandek, mening ham bugungi g'amim ertangi kun
xursandchiligini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |