Men dunyoning ishlari ustidan kulaman.
Bundan buyon men faqat baxtdan yig'layman, chunki g'amgin,
xafaqon yoki ruhan tushkunlikka tushgan insonning o'rni savdo
rastasida emas. Har bir tabassumni oltinga almashtirsa bo'ladi.
Har bir yurakdan aytilgan shirin so'zdan shohona qasr qursa
bo'ladi. O'z ustimdan va dunyoning ishlari ustidan kulish
qobiliyatini yo'qotmaslik uchun men hech qachon keragidan ortiq
kibrli, dono va buyuk bo'lmayman. Men umrbod bola bo'lib
qolaman, chunki bu xol menga pastdan balandga qarash imkonini
beradi . Vaholanki, men dunyoga shunday vaziyatdan qarash
imkoniga ega bo'lsam, men hech qachon katta bo'lmayman va
belanchakka sig'mayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |