Men dunyoning ishlari ustidan kulaman.
Bu dunyoning hamma ishlari o'tkinchi. Qachonki men g'amgin
bo'lsam, o'zimni yupataman "bu kunlar o'tadi" deb;
Qachonki men omaddan sarxush bo'lsam, bu kunlar o'tishini
o'zimga eslataman. Agar kambag'allikdan ezilsam, bu kunlar ham
o'tadi deyman. Agar badavlatlik yuki bossa, bu kunlar ham
o'tishini o'ylayman. Piramidani qurgan odam qani u, u piramida
ichiga ko'milganmi? Piramidaning o'zi ham biror vaqt tuproqqa
ko'milmaydimi? Agar bu dunyoda hamma narsa o'tkinchi bo'lsa,
men bu dunyoning tashvishlari uchun qayg'urib nima qilaman?
Do'stlaringiz bilan baham: |