Men tabiatning buyuk mo'jizasiman.
Men fikrlarimni aynan shu sharoitga moslab jamlashni
o'rganaman. Boshqa fikrlar meni bu paytda chalg'itmaydi.
Uyimning tashvishlari uuda qoladi. Bozorda bo'lganimda men
oilamni eslamayman. Aks xolda mening hayolim buziladi. Shu
bilan birga bozorning tashvishlarini ham uyga keltirmayman.
Bo'lmasa oilam mening muhabbatimdan bebahra qoladi. Bozorda
mening oilamga joy yo'q, oilamda esa bozorga joy yo'q. Shu
asnoda men birinchisini ikkinchisidan ajrataman. Lekin ikkalasi
bilan ham chambarchas bog'lanaman. Men uchun muqaddas
sanalgan bu dargohlarning ikkalasi ham o'z chegarasida qolishi
kerak. Aks xolda mening muvaffaqiyatimga putur yetadi. Bu
hayotning qonuni.
Ko'zlar menga ko'rish uchun berilgan, aql- o'ylash uchun. Men
o'zim uchun kashfiyot yaratdim. Mening hamma omadsizligim,
baxtsizligim tushkunlikka tushganlarim- bular mening buyuk
IMKONIYATLARIM ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |