Men tabiatning buyuk mo'jizasiman.
Men qaysidir ma'noda hayvonot dunyosiga tegishli bo'lsam
ham, hayvonot olamiga xos his-tuyg'uning o'zigina menga
yetmasligini men bilaman. Avloddan avlodga o'tib kelayotgan
olov mening qalbimda joylashgan va olovning tafti meni buyuk
ishlarga undaydi. Men doimo o'z ustimda ishlayman va bu olamga
o'z nodirligimni namoyon qilaman. Hech kim mening
husnixatimda yoza olmaydi. Mening ishimni bajara olmaydi.
Mening mo'yqalamim harakatini qaytara olmaydi. Va mening
bolamni yarata olmaydi. Hech kim savdoda menchalik uddaburon
bo'la olmaydi. Men mana shu xususiyatlarimdan unumli
foydalanaman. Chunki bu to'laligicha ishlatilishi kerak bo'lgan
boyligim.
Do'stlaringiz bilan baham: |