Men endi nima qilaman? Kechagi voqealarni eslamayman, lekin
shu bilan birgalikda ertangi kunni ham o'ylamayman. Men
"hozir" degan so'zni "bo'lishi mumkin" degan so'zlar bilan
almashtirmayman. Soatlardagi ertangi qum bugun to'kiladimi?
Bugun ikki marta quyosh chiqadimi? Ertangi ishni bugun bajara
olamanmi? Ertangi oltinni men bugun hamyonimga sola
olamanmi? Erta tug'ilishi mumkin bo'lgan bola bugun tug'ila
oladimi? Ertangi o'lim bugungi xursandchilikka soya sola
oladimi? Men o'zim ko'rmasligim mumkin bo'lgan voqealar
uchun qayg'urishim kerakmi? Men hali bo'lmagan muammolarni
55
o'ylashim kerakmi? Yo'q, erta ham kecha bilan birga ko'milgan va
men bu haqida boshqa o'ylamayman.