Ritorik murojaat - shartli xarakterga ega murojaat. Unda asosiy rolni matn emas, balki murojaat ohangi o‘ynaydi. Ritorik murojaat ko‘pincha monologlarda uchraydi.
Oksyumoron - bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi tushunchalarning kutilmagan bog‘lanishi (“Pomeshchik qizi-dehqon ayol” A.S.Pushkinning dostoni nomi)
Nutqning leksik ifoda vositalari bo‘lmish metafora, metanimiya, sinekdoxa, epitet, qiyoslash, jonlantirish, mubolag‘a, litota va boshqalarni troplar (ko‘chma ma’nodagi so‘z, obrazli ifoda) deb ataymiz. Trop yunon tilidan tarjima qilinganda “oborot, gap tuzilishi” ma’nosini anglatadi. Bu termin orqali ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zni nazarda tutamiz. Badiiy nutq oddiy nutqdan shunisi bilan farqlanadiki, unda nutqni bezovchi va uni ifodaliroq, chiroyliroq qilishga harakat qiluvchi so‘zlarning alohida oborotlari ishtirok etadi. Ushbu sohani o‘rganishdagi asosiy o‘rinni badiiy adabiyot uslublari egallaydi, nutqning turli uslublarda ifoda vositalari o‘zgarib boradi.
Badiiy nutq uchun “ifodalilik” tushunchasida muhim narsa - bu badiiy asarning (matnning) o‘quvchida emotsional, estetik ta’sir o‘tkazish va yorqin obrazlar va poetik tasvirlar yaratish qobiliyati sanaladi. Biz tovushlar dunyosida yashaymiz. Tovushlarning o‘zi ijobiy hissiyot uyg‘otishi mumkin, boshqalari esa bezovta qiladi, havotirlantiradi, vahima hissini uyg‘otadi yoki tinchlantiradi. Tovushlar obrazlarni chaqiradi. Tovushlar kombinatsiyasi yordamida kishiga emotsional ta’sir o‘tkazishi mumkin, biz ularni badiiy adabiyot asarlarini o‘qiyotib qabul qilamiz.
K.D.Balmont nutq tovushlariga obrazli xarakteristika bergan: tovush bamisoli “kichik jodulovchi gnom”, sehrgarlik. Ma’lum bir tartibda ma’lum bir tovushlarning nutq ifodasining badiiy usuli kabi obraz yaratish uchun ishlatilishi jarangdorlik deb ataladi.
Jarangdorlik - bu badiiy uslub bo‘lib, matnda real dunyoning tovushlariga taqlid qiluvchi so‘zlar majmuidan iborat.
Assonans - fransuz tilidan kirib kelgan bo‘lib, ohangdoshlik ma’nosini anglatadi. Bu matndagi bir xil yoki o‘xshash unli tovushlarning tovush obrazini yaratish uchun takrorlanishi sanaladi. Assonans nutqning ifodali bo‘lishiga imkon beradi. Assonansni qofiya, she’r ritmida shoirlar qo‘llashadi. Alliteratsiya - yunon tilidan kirib kelgan atama bo‘lib, she’riy nutq ifodaliligini kuchaytirish, tovushli obraz yaratish uchun badiiy matnda undosh tovushlarning takrorlanishidir.
Taqlidiy so‘z - tovush vositasidagi taassurotlarni bizni o‘rab turgan dunyodagi mavjudotlar tovushlarini eslatuvchi so‘zlar orqali yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |