Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet58/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Asosiy adabiyotlar
1. Oripov Q., Obidova M. Ifodali o‘qish. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
2. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent, 2006.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Hojiahmedov A. O‘zbek aruzi lug‘ati. – Toshkent: Sharq, 1998.
2. Fitrat. Aruz haqida. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
3. Vohidov E. She’r dunyosi. – Toshkent: Sharq, 2001.
4. Oripov A. Tanlangan asarlar. 4 tomlik. – Toshkent: G‘.G‘ulom nashriyoti, 2001.
5. A’zamov A. Aruz. – Toshkent, 2006.
6. Umirov H. Adabiyot qoidalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
7. Boboev T, Boboeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent, 1999


MUTOLAA SAN’ATINING TEATR VA KINO SAN’ATI BILAN BOG‘LIQLIGI
REJA:
Mutolaa hamda voizlikning teatr va kino singari qorishiq san’atlar bilan bevosita bog‘liqligi. Teatr asarlari matnida ritorikaning epidektik, siyosiy va sud notiqligiga doir shakllari muntazam uchrashi.
Tanch iboralar: Teatr va kino san’ati personajlari nutqining deklarativ ifodaga ega bo‘lishi shartligi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy o‘zgarishlar zaminida «yangilanayotgan O‘zbekistonning» kelajagi bo‘lgan yosh avlodni vatanga muhabbat, ota-onaga, ajdodlar merosiga hurmat va g‘urur, kelajakka bo‘lgan ishonchni oshirishda, ularni har tomonlama to‘g‘ri va mukammal bilim berish, shu yurtning har bir insonidan katta mas’uliyat talab yetadi. Bu bo-rada amalga oshirilayotgan ishlar qatorida xayrlisi va xalqning buguni va kelajagini ko‘zlab, farzandlarimiz-ning yuqori bilimi va tafakkurini boyitishda kitob bi-lan oshno yetish - maktabgacha ta’lim muassasidan boshlab badiiy adabiyotga, mutolaa madaniyatini shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda.
Eng tengsiz mavjudot - inson tovush va so‘zlarni talaffuz qilishni o‘rganib nutq paydo qilibdiki, odam-larda chiroyli so‘zlash, so‘z va tovushlarni jozibali ohan-glar bilan bezashga intilish, nutq va aytilayotgan gaplar, bildirilayotgan fikrlar majmuasi bilan atrofdagilar diqqat - e’tiborini qozonish mayli ko‘zga tashlana boshlaydi.Ana shu muhim omilning o‘zidan xulosa qilib aytish mumkinki, so‘z san’ati hisoblanmish yozma adabiyot paydo bo‘lishidan ancha ilgariroq odamlarda dastavval voiz-lik yohud va’zxonlik deb yuritilgan notiqlikka intilish mayli bo‘y ko‘rsata boshlagan. Musulmon Sharqida adabiy va ilmiy ijodning takomili bilan so‘z qadrini anglash, notiqlik san’ati rivoji ham ancha ildamlashdi. Sharq mamlakatlarida asosan aqidalarni shuningdek, «Qur’oni Karim»ni odamlar ongi va qalbiga singdirish, diniy ta’-limotni targ‘ib-tashviq qilish asnosida so‘zning mohiyati, mazmun-ma’nosiga e’tibor kuchaydi. Mutoladan saboq be-ruvchi madrasalar, ushbu kitobni muqaddas sanalganligi bois har bir tovush, ohang, jumlaning talaffuziga e’ti-bor qaratish, yodlash jarayonidagi barcha unsurlarga amal qilish lozimligi uqtirilgan bo‘lib ushbu bosqichda ifodali o‘qishning qoidalari o‘zlashtirilgan.
Dastlabki mashg‘ulotlarda mustahkam ko‘nikmaga ega bo‘lganlar endi qiroat bilan o‘qishga, o‘zi so‘zlarning mag‘z-mazmunini his etib, ta’sirchanlikda boshqalarga yetkazish mahoratini egallay boshlagan. Bu borada Qadim zamonlardan to XX asr boshlarigacha voizlik yoki va’zxonlik deya yuritilgan notiqlik san’atida so‘z va nutq ustida ishlash-ning chinakam professonal asoslari o‘z ifodasini topgan. O‘sha davrlardayoq va’z aytuvchi notiqning barcha sa’y-xarakatlarida, intilishlarida notiqlik san’atining ama-liyoti hamda nazariyasiga mansub belgi va xususiyatlar mavjudligi bois tinglovchini rom etuvchi ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Navbatdagi vazifa yuqoridagi barcha omillarni qo‘llab badiiy o‘qish elementlarini o‘rganish va uni amalda, ya’ni ijroda yoddan o‘qiladigan badiiy matnlarda ta’sir kuchini orttirib namoyish etishdir. Keyinchalik va’zxon-likning, so‘zga chechanlik va so‘zamollik san’atining rivoji munosabati bilan nutq mahoratiga qo‘yiladigan talablar yanada murakkablashdi, jiddiy va zalvarli tus ola boshladi. Demakki, so‘zning kuchi, qudratini tuyish, his etish eng asosiy vazifa va burch sifatida maydonga chiqdi.
«Bir donishmanddan dunyoda eng kuchli lazzat nima deb so‘rashganlarida, u «so‘z lazzatli, so‘z san’atidan huzurlanish» - deb javob bergan ekan… Insonning ma’naviy ka-moloti, aql va tafakkur qudratini namoyish etuvchi, ijod va iste’dod mevasi bo‘lmish badiiy so‘z kishiga olam-olam zavq bag‘ishlaydi, hayrat va hayajonimizga sabab bo‘ladi»
Chindan ham shunday so‘z qadrini ahamiyatini mukammal va teran his etish uchun, asosan, ijod ahli mehnati mahsuliga, xususan badiiy adabiyotdagi nasr va nazm bobidagi mumtoz va zamonaviy asarlarga jiddiy va zukko munosabat talab etiladi. So‘z ilohiy ne’mat. Shoirlar ijodida va ayniqsa, so‘fiylar nazdida so‘z ilohiydir… So‘z mulkini egallash bu - sirlar olami (g‘ayb) ga kirish, uning ilohiy qudrati sirlaridan voqif bo‘lish edi Hazrat Mir Alisher Navoiy ta’riflaganicha bor:
So‘z guhariga erur oncha sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf
Jon o‘lub ul, ruh aning qolibi
Kim tanida ruh - aning tolibi.

Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon ada-biyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahra-mand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, ja-miyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda


shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
Biz televidenie, radio orqali taqdim yetilayotgan mutolaa madaniyatiga oid badiiy asarlarni o‘qish spektakl yoxud kinofilm tomosha qilganimizda, teleradio boshlovchilari chiqishlari yoki xonandalar qo‘shiqlarini tinglaganimizda ularning nutqiga e’tibor beramizmi? Har bir so‘zning aniq va ravon talaffuz qilinishi, so‘zlarning ta’mi, ifori, jozib kuchi, tag ma’nolari mufassal yetkazib berilishi haqida o‘ylab ko‘ramizmi? Ba’zan so‘zlarning butkul noto‘g‘ri yoki kemtik talaffuz qilinishi, badiiy matn mutolaasi mobaynida ham ayrim tovushlar shevaga xos intonatsiya bilan o‘qilishi, bizni hech o‘yga toldiradimi?
«Til bamisoli cholg‘u asbobi: ehtimol, g‘ijjakdan ham nozik va murakkabdir. Yana shuni aytish lozimki, til ham, g‘ijjak ham yuzakilikka toqat qilmaydi.» Atoqli adibimiz Oybekning mazkur ta’biri nutq, so‘z in’ikosida tilning holati, qolaversa, kuchi, qudrati nechog‘li ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib turibdi.So‘z san’ati bilan bog‘liq o‘quv maskanlarida so‘z qadri, ahamiyatiga, so‘z tayanch ifoda vositasi bo‘lmish ijro jarayonida nutqning asosiy, hal qiluvchi omillardan biri ekanligiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shu bois ham bo‘lajak san’atkorlarga so‘z va nutqning paydo bo‘lishi hamda uning rivojlanib, shakllanib borish bosqichlarini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi, talaba nutqi ustida ishlab, uni ravon shaklga keltirishga xizmat qiluvchi «Sahna nutqi» predmeti alohida fan sifatida o‘qitiladi. Talabalar «Sahna nutqi» fanining ham nazariy, ham amaliy jihatdan boy va ta’sirchan bo‘lgan qiziqarli, murakkab hamda riyozatli ulkan bir olamini boshdan kechi-radilar. Jurnalistlarga ham bevosita nutq madaniyati fani mutaxassislik fani qatorida o‘qitilishi, ular suhan-donlik va boshlovchilik faoliyatlarida, yoki muharrirlik ishlarida ham so‘zga mehr bilan yondashishlari talab eti-ladi. Buning uchun esa birinchi navbatda kitob o‘qishlari, dunyoqarash va tafakkur doiralarini muntazam kengaytirib borishlari kerak.
Hayotiy kuzatuvlarimiz mobaynida bilamizki yosh bolaga avval og‘zaki ertaklar aytib uni ertak personajlarining tili bilan xarakter chizgilarini berib qiziqtira olsak, keyingi bosqichda rasmlarda o‘sha personajlarni bo‘yash, o‘yin tarzida qirqilgan suratlarni joyiga qo‘yish va so‘nggi bosqich endi o‘zining hikoyalab berishi, aynan mana shu bosqichdan badiiy so‘zning ilk kurtaklari nish ura boshlaydi. Endi u yana yangi ertaklar o‘qishga va kengroq mushohada etishga intiladi. Bora-bora bu mayl boshqa janrdagi adabiyotlarni mutolaa qilish zavqini-ishtiyoqini beradi.
Bolalikdagi bu ishtiyoq kelajakda qaysi kasbni egallashidan qat’iy nazar, birinchi galda chin insoniy fazilat egasi, o‘ziga va atrofdagilarga e’tiborli hamda hurmatda bo‘lishda, hayoti davomida oilasiga, jamiyatga faqat
ibratli amallar ko‘rsatishi muqarrar. Ayrim hollarda esa mazmunan nihoyatda sayoz, mantiq ko‘chasiga yaqin yo‘lamaydigan, chuchmal voqealar asosiga
qurilgan filmni, yoki hattoki kliplar davomida ham adabiy tildan mutlaqo yiroq so‘zlar qo‘llash, mashhur aktyorlar yoki estrada «yulduz»lari «dovrug‘i» evaziga ko‘tar-ko‘tar qilishga zo‘r berib urinmoqchi bo‘ladilar. Bunday filmlarning hammasida «man», «san», «qaqketvosan?», «kevotti», «ketvotti», «ishdan voxli keling, xo‘mmi?» qabilidagi Toshkent shahri shevasiga xos ko‘chavoriy gaplar g‘ashga tegadi, asabni charchatadi. Ayrim filmlar qahramonlari esa bafurja Xorazm yohud Buxoro, Surxon va yo Qashqadaryo shevasida gap-gashtak, shakarguftorlik qiladilar. Axir, kino san’ati mahsuli bejiz «badiiy film» deb atalmaydi-ku! Demak, mualliflar film matni badiiyligini ta’minlashga jiddiy e’tibor berishlari, qahra-monlar muloqoti faqat adabiy tilga asoslanishi lozim.
Teleradio va kinostudiya mahsulotlarida adabiy til hukmron bo‘lishi uchun kurashgan yaqin o‘tmishdagi salaflarimiz - ulug‘ yozuvchi va shoirlar, teleradio va kinorejissyorlarning bu boradagi ko‘p yillik mehnatlari samaralarini bir urinishda, arzimas bir mag‘zi puch «asar»i bilan yo‘qqa chiqarib, tilimizni majruh va majhul holatga solishga hech kimning ma’nan haqqi yo‘q. San’atning yeng xalqchil insonlarni ma’naviy ne’matga, ibratli tarbiyaga, yuksak tafakkurga oshno qiladigan ushbu turlarini tomoshabinlarga bekamu-ko‘st, to‘laqonli, ta’sirchan tarzda yetkazadigan mas’ul xodimlar o‘zbek adabiy tilini katta mas’uliyat va hurmat bilan qarashlari kerak.
Kino va teatr, televidenie va radio auditoriyasi nihoyatda ko‘lamdor bo‘lib, bu soha tomosha va eshittirish-laridan millionlab tomoshabinlar bahramand bo‘lishini e’tibordan bir zum bo‘lsa-da soqit qilmasangiz kerak. Shu bois ushbu jabhalarda faoliyat yurituvchi ijodkorlarimiz, ayniqsa «bo‘lg‘usi rejissyor, ovoz rejissyorlari, vaqt - bemahal boshlovchilikka qo‘l urayotganlar», mudom adabiy tilga qarab qad rostlashlari, o‘zbek adabiy tilining sofligi, aniq-tiniq va ravonligini ta’minlashni nazarda tutib ish ko‘rishlari kerak. Bu borada boshlang‘ich ijod mahsulini taqdimotga tayyorlayotgan san’at va madaniyat in-stituti talabalaridan nihoyatda jiddiy yondashishlarini, ovoz berish jarayonida ham shoshma-shosharlik bilan pala-partish ovozlashtirish tabarruk so‘zning teran ma’nolari, talaffuz go‘zalligi sof adabiy o‘zbek tiling muqaddas va-zifalari barobarida uning zalvorli yuki hamda mas’uliyatini zinhor unutmaslik unga aql va qalb quvvati bilan yon-dashishni talab qiladi.
So‘z-sahna va ekran san’atining qon tomiri hisoblanadi. Binobarin so‘z oqsagan yerda nutq buziladi. Bunday hollarda nutq mahorati haqida va umuman, badiiy so‘z xususida so‘z yuritishning o‘zi amrimahol.Badiiy so‘z xaqidagi fikrimizni bevosita teatr san’atidagi ijrochilik asnosida qarasak. Ta’sirchan so‘z, ravon va jarangdor nutq doimo harakatdagi ifoda vositasi sanaladi. Aktyorning sahnadagi xatti-harakat-lari mazmun-mohiyatini anglashimiz, his etishimizda so‘zning kuchi, qudrati beqiyosdir.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish