Giperbola (mubolag‘a) - badiiy nutq ifoda vositalaridan biri bo‘lib, “bo‘rttirib ko‘rsatish” ma’nosini beradi. Mubolag‘a - gapirilayotgan narsa haqida me’yoridan ortiq bo‘rttirib ko‘rsatilgan ma’noga ega obrazli ibora.
Litota - yunon tilidan tarjima qilganda, “oddiylik” ma’nosini anglatadi. Agarda mubolag‘a - me’yoridan ortiq biror narsaning bo‘rttirilishi bo‘lsa, mubolag‘aning aksi esa haddan tashqari belgining kamaytirib berilishidir. Litota -gapirilayotgan narsaning haddan tashqari kichraytirib berilishidan iborat obrazli ibora (mitti bola, mitti odam va boshqalar).
Nutqning ifoda vositalari sifatida yana yumor, kinoya, kesatishlar sanaladi. Yumor (hajviya) - leksikaning ifoda vositalaridan biri bo‘lib, ingliz tilidan tarjima qilganda kayfiyat ma’nosini anglatadi. Kulgili, kulgili-pafosli kalitlarda butun bir asar yozilishi mumkin. Ularda biror narsaga ochiq kulgili munosabati sezilib turadi. A.P.Chexovning “Xameleon” asarini eslang. Huddi shu yo‘llarda I.Krilovning ko‘plab masallari yozilgan. Kinoya - yunon tilidan tarjima qilinganda, “mug‘ombirlik”, “piching” ma’nosini beradi. Bunda biror so‘zni aytib turib, uning tag ma’nosida umuman uning aksini ifodalaymiz.
Sarkazm (achchiq kinoya, piching) - yunon tilidan tarjima qilinganda, “go‘shtni sug‘uraman” ma’nosini anglatadi. Sarkazm - bu acchiq piching, zaharxandali tanbeh sanaladi.Kulgili taassurot yaratadi, ammo bunda fikriy-hissiy baho yaqqol sezilib turadi. Fantastik xususiyat reallik bilan, oddiylik esa hayotiylik
bilan bog‘lanadi. San’at asarlaridan biri bo‘lgan “sharji” (hazil mutoyabali janr) yumorli, kinoyali, sarkazmli bo‘lishi mumkin.
Grotesk – “g‘alati”, “jimjimador” ma’nosini anglatadi. Bunday badiiy usul tasvirlanayotgan predmet, voqea, hodisalarning mutanosibligining buzilishi bilan izohlanadi. Adabiyot va san’atda ortiq mubolag‘a bilan bo‘rttirib tasvirlash uslubi va shunday uslubdagi asar grotesk nomini olgan. M.E. Saltikov-Shedrinning ko‘plab asarlari mana shunday nutqning ifoda vositalaridan foydalanish orqali qurilgan. (“Bir shahar tarixi”, “Janob Golovlyovlar” ertaklari). N.N.Gogol va A.P.Chexov hikoyalari yumor, kinoya, sarkazmlarga to‘la. Shuningdek, J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asari groteskning ishlatilishining o‘ziga xos namunasi desak bo‘ladi.
Kalamburlar (so‘z o‘yini, tajnis) - so‘zlar yoki so‘z birikmalarining ma’nosida farqlanuvchi, ammo tovush jihatidan o‘xshashiga asoslanuvchi obrazli ibora sanaladi. Kalambur - atayin yoki beixtiyor yuzaga kelgan ikki ma’nolilikni o‘z ichiga olgan nutqning figurasi bo‘lib, so‘zning ikki yoki undan ortiq ma’nolarining yoki ular tovushlaridagi o‘xshashliklarining ishlatilishi natijasida paydo bo‘ladi.
Masalan: Ta’sirchan kishi sumalakka o‘xshash bo‘ladi: bir oz isitsangiz, u erib ketadi. (K.Prutkov).
Do'stlaringiz bilan baham: |