Mutolaa madaniyati va ritorika


Predmet - ma’ruzachi baholaydigan, ta’riflaydigan borliq va hayotiy hodisala– yig‘indisining ma’lum bir tomoni, qirrasi. Material



Download 0,51 Mb.
bet2/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Predmet - ma’ruzachi baholaydigan, ta’riflaydigan borliq va hayotiy hodisala– yig‘indisining ma’lum bir tomoni, qirrasi.
Material tanlangan predmet haqida u yoki bu tarzda asosli gapirishga imkon beruvchi omil. Material tarix yoki hozirgi davrga tegishli umumlashmalar bo‘lib, ijtimoiy manfaatli xulosalarga, yangi fikr va tafakkurga olib keladi.
Mavzu ma’lum yo‘nalishdagi hodisalarni aks ettirib, uni notiqning o‘zi shakllantiradi. Notiq materialni izchil bayon etib, uning mohiyati va ahamiyatini yoritib beradi. Notiqlik san’atining mazmuni asosan har qanday notiqning mehnatidan kelib chiqadi.
Dastlab notiqlik san’ati to‘g‘risidagi nazariya ritorika deb yuritila boshlangan. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, o‘z ibtidosiga ko‘ra ritorika notiqlik san’ati bo‘lgan bo‘lsa, dialektika - esa bahslashuv san’ati deb hisoblanib kelingan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, go‘zal va jozibali nutqning mazmuni hozirgi zamon va tarixning ijtimoiy ahamiyatli hodisalarini va ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-nazariy, amaliy va boshqa vazifalarni ommaviy chiqishda bayon etishdir. Notiq ma’lum hodisalardagi yangiliklar va yangicha yondashuvlarni mustaqil ravishda tushuntira olishi kerak.
Umuman olganda, har qanday nutq, avvalo, nimadir haqidagi axborot, ma’lumotdir. Berilayotgan ma’lumot, axborot quyidagi talablarga javob berishi shart:
a) tinglovchilar talablarini qondiradigan yetarli, aniq, iloji boricha ko‘p va ko‘rgazmali bo‘lishi;
b) tinglovchilarga yaxshi ta’sir etish uchun tizimli va tartibli holda nutq so‘zlanayotgan mavzuni kengroq ochib berishga qaratilgan bo‘lishi;
v) axborotlar ma’lum bir qimmatga, ya’ni o‘z predmeti va ma’nosiga ega bo‘lishi.
Ma’lumotlar har xil chiqishlarda o‘ziga xos qimmatga ega bo‘ladi va hech qachon o‘z qimmatini yo‘qotmaydi. Qisqa qilib aytganda, yaxshi ma’lumot har qanday ma’ruza, siyosiy nutq va suhbatlarning asosini tashkil etadi. Jamiyat, guruh oldidagi javobgarlikni his qilish ma’lumotlarning yaxshi va qimmatli bo‘lishiga olib keladi. Bunday ma’lumotlarga ega bo‘lish notiqning ko‘rilayotgan hodisalarni keng va chuqur ko‘ra olishi, turli ma’lumotlarni aniq va tiniq taqqoslay olishni, zarur tomonlarni ikkinchi darajali tomonlardan ajratib olishni, hech narsa bera olmaydigan umumiy so‘zlardan o‘zini saqlay olishni, bir joyda qolib ketishning oldini olishni ta’minlaydi.
Yuqoridagilar shuni ko‘rsatadiki, tanlangan, tizimlashtirilgan va ishlangan ma’lumotlar birinchi darajali qimmatga ega. Bularni muallifning o‘zi ma’lum bir maqsad asosida tartiblashtiradi, tizimlashtiradi. Shuni ta’kidlash joizki, nutqda axborot ham, hayotiy ma’lumotlar ham ta’riflash, baholash kabi notiqning chiqishida muhim o‘rin tutadi. Chunki notiq faqat tanishtiruvchi emas, balki ma’rifatchi, tarbiyachidir. Shu bois uning butun san’ati bilishga, u yoki bu haqiqatni tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Oddiy, madaniy va savodli gapirishni o‘rganish notiqlik san’atini egallashga qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi. Yanada olg‘a ketish uchun esa, yorqin, obrazli, ravon gapirishni o‘rganish lozim. Buning uchun notiq o‘tmishdagi taniqli notiqlar faoliyatini, nutqiy uslubini tinmay o‘rganishi va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay bilishi, hayotga tatbiq eta olishi kerak.
Notiqlik san’ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va talaffuzga doir muam-molarni hal etish yuzasidan bahs yuritadi. Eng muhimi, o‘z bilimi va dunyoqarashiga suyangan holda to‘g‘ri va chiroyli so‘zlash yo‘llarini o‘rgatadi. Shu o‘rinda notiqlik san’ati normalari va usullari, ham-da notiqlik san’atining xususiyatlari haqida ham to‘xtali-shimiz zarur. Notiqlik og‘zaki nutq san’ati, o‘z-o‘zini to‘g‘ri chegaralay bilish san’atidir. Aniqlik va qisqalik - og‘zaki nutqning fazilati.
Turli temperamentli notiqlar bo‘ladi. Birovlarda vazminlik va xotirjamlik ustun tursa, boshqalar haroratli va jo‘shqin bo‘ladi. Shuning uchun ham nutq so‘zlaganda yoki ma’ruza qilganda notiq temperamentiga xos xususiyatini hisobga olish lozim. Chunki bir notiqqa ma’lum bo‘lgan usul boshqasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish