Psixologiya 24-variant
1-topshiriq
1.Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi
Tafakkur turlari
|
Shakliga ko'ra
|
Ko'rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli,
|
Topshiriq xarakteriga ko'ra
|
Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy
|
Fikr yoyiqligiga ko'ra
|
Konkret, abstrakt, realistik, autistik intuitiv, diskursiv
|
Fikrning originallik darajasiga ko'ra
|
Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy
|
2. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya'ni psixikani ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. Ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o’z aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta'lim psixikani rivojlantirishga yo’naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn "Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi" degan edi.
3.Psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko’rish imkoniyatini beradi.
2-topshiriq
1.
xira-shira yoruglikdagi borga nisbatan yozning issiq kunida quyosh tik kotarilganida ko’mir parchasi taxminan 8-9 marotaba yarqiroq korinadi. Lekin biz uning rangini oq emas qora sifatida idrok etamiz. Shuningdek, borni ham ham gira-shirada oq rangda idrok etamiz.
B) Bir odamning boyi 3.5 va 10 metr uzoqlikdan ham bir xilda idrok etiladi, garchi bu odamning gavda korini koz tor pardalarida turlicha aks ettirilsada, bizning ongimizda ozgarmagan holda aks etadi.
V) Malum bir shaklni old tomonidan, yon tomonidan, orqa tomonidan qaralganda ham avvalgi tajribalarimizga asoslangan holda osha shakl ozgarmagan holda idrok etiladi.
3-topshiriq
A) Sezgining senestiziya qonuniyati quyidagi manoni anglatadi, yunoncha sineistcsus - birgalikda sezish degan manoni anglatib - turli xildagi sezgilarning ozaro ta'siri natijasida qoshilib ketishi, jumladan, eshitish va koruv sezgilari va boshqalar. A.R.Luriyaning tadqiqotida Sh. ismli mijozda eshitish va korish sinisteziyasi kuzatilmoqda
4-topshiriq
Quyida jadvalda keltirilgan xotira assotsiatsiyalariga taalluqli bo’lgan sifatlarni ajratib ko’rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |