Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari. - Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo moshiyatini yoritishda o’ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.
- Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning moshiyatidan sosial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi.
- Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida harshlanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik nazariya - Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan.
- Biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
- Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulyasiya qonuni" ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi.
- Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi.
AMERIKALIK PSIXOLOG S.XOLLNING "REKAPITULYASIYA QONUNI" NI - Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik shayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smiroldi yoshidan iborat bo’lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot cho’qqisiga hamoshangdir. o’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to etuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar "bo’ron va tazyiqlar", ichki va tashqi nizolar (konflikt) dan iborat bo’lib, ularning kechishi davomida odamda "individuallik tuyg’u" si vujudga keladi.
- Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |