65.Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi19.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to’ldiradi.
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi aloqalar va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli.
Suhbat metodi o’rganilayotgan muammoni qo’shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita yo’l bilan ega bo’lishni ko’zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo’lib xizmat qiladi.
Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so’rovnoma varag’idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo’llaniladigan metodik vosita.
Sosiometriya – o’zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo’llash uning validligi (oldindan belgilab qo’yilgani bo’yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) bog’liqdir.
Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo’lgan mezonlar.
66.Psixologiyani ko’rinishi va sohalari?
Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi, shuningdek, psixikaning moddiy, neyrofiziologik asosga ega ekanligi haqidagi sifatiy o’ziga xoslikni saqlagan holda psixofiziologik birlik tamoyilidan kelib chiqadi. Lekin olamning psixikada aks etishi faqat miyada sodir bo’ladigan hodisalar chegarasidan chiqadi. Odam psixikasi tashqi o’zaro aloqalar, inson faoliyatining xususiyati, uning turmush tarzidan vosita sifatida foydalanadi. Psixikaning faoliyati – bu miyaning harakatsizligi mahsuli bo’lmasdan, aksincha, uning olam bilan ijtimoiy-madaniy asosda faol o’zaro ta’sirlashuvining mahsuli.
Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi boshqarish xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarilgan belgili tizim – nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi biologik emas, balki, tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir.
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o’zidan emas, balki mustaqil fan bo’lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin.
67.Ta’lim tizimida psixologik faoliyat?
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin.
68.Tibbiyot sohasida psixologiyaning yordami?
Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integrasiyalashuvi va differensiasiyalash jarayonlari ro’y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differentsiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog’lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo’lgan fiziologiya mexanizmlarini o’rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo’lib psixogigiyena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patop-sixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o’rganuvchi) va psixokorreksiyani o’rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi.
69.Ijtimoiy munosabat sohalarida psixologik faoliyat?
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar)20;
yosh psixologiyasi (o’rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduyet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muhandislik psixologiyasi («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o’rganuvchi mehnat psixologiyasining bo’limi); koinot psix-ologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o’rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o’rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo’limlarga shakllandilar. Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psix-ologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo’yicha faoliyat maqsadiga ko’ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi (yangi bilimlarga ega bo’lish va ularni qo’llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish predmetiga ko’ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
70.Psixologiya sohalarining mezonlari bo’yicha ajratilishi?
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o’tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.
Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo’lim va yo’nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o’rtasidagi individual tafovutlarni o’rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo’lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o’sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psix-ologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko’zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko’rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psix-ologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiya-si, xususiylik psixologiyasi, o’quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o’qituvchi psixologiyasi, tashqi ko’rinish psix-ologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psix-ologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psix-ologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo’rquv psixologiyasi, o’lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
71.Psixologiyani boshqa fanlar bilan aloqasi?
Hozirgi zamon psixologiyasi fanlar qatorining bir tomondan, falsafiy fanlar bilan, ikkinchi tomondan, tabiiy va uchinchi tomondan ijtimoiy fanlar bilan tutashgan joyidan o’rin olgan. Chunki psixologiyaning diqqat markazida doimo inson turadi, yuqorida sanab o’tilgan fanlar ham insonni boshqa nuqtai nazarlardan o’rganadilar. Ma’lumki, falsafa va uning tarkibiy qismi bo’lgan bilish nazariyasi psixikaning atrof olamga munosabati masalasini o’rganadilar va psixikani olamning aks tasviri sifatida izohlaydilar. Psixologiya esa psixikaning odam faoliyatida va uning rivojlanishida tutgan o’rnini namoyon qiladi. Akademik A. Kedrov tomonidan tuzilgan fanlar tasnifiga ko’ra, psixologiya boshqa barcha fanlar mahsuli sifatidagina emas, balki, bu fanlar shakllanishi va rivojlanishini tushuntirib berishi mumkin bo’lgan manba sifatida markaziy o’rinni egallaydi. Psixologiya bu fanlar to’plagan ma’lumotlarni jamlab, o’z navbatida, ularga ta’sir o’tkazgan holda inson bilishining umumiy ko’rinishiga aylanadi. Psixologiyaga ison hulq-atvori va aqliy faoliyatining ilmiy tadqiqoti, shuningdek, orttirilgan bilimlarning amaliy qo’llanmasi sifatida qarash lozim. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining o’zgacha ko’rinishi bilan M.V. Gamezo, I.A. Domashenkolarning «Psixologiya atlasi» (M., 1986) o’quv qo’llanmasida tanishish mumkin
Inson tabiat va jamiyatning jonli qismi bo’lib hisoblangani uchun psixologiya ko’pchilik: ijtimoiy, biologik, texnikaviy – insonga u yoki bu darajada tegishli bo’lgan fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi. Xuddi shunday, hozirgi zamon odamining psixikasi va hulq-atvori, uning boshlang’ich biologik asosi, tuzilishi va organizm faoliyati qonunlarini chuqur o’rganmay turib, ijtimoiy fanlar, xususan, tarixga tegishli bilimlarsiz ularni tushunib yetish osonlikcha ko’chmaydi.
Inson uchun tarixni tahlil qilish uning hozirgi zamondagi holati, shuningdek, psixologiyasi va hulq-atvorini tushunishda manba bo’lib hisoblanadi. Garchi inson alohida biologik organizm sifatida boshqa tirik mavjudotlar orasidan 1,7 mln. yil ilgari ajralib chiqqan bo’lsada, jamiyatdagi harakatlar va o’zgarishlarning subyekti sifatida taxminan 50 ming yildan buyon yashab kelmoqda. Lekin bu vaqt ichida u o’zi tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat dunyosi evaziga yuksak psixik jarayonlar, shaxsiy xususiyatlar va ahloqiy holatlarga ega Insonga aylandi.
Barcha psixologik sifatlarga ega zamonaviy insonning qanday paydo bo’lganini tushunish uchun insoniyat tarixiga, birinchi navbatda, moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak.
Jamiyat tarixini bilmasdan turib, hozirgi zamon dunyosida odamlar munosabatlari psixologiyasini ham tushunish qiyin. Bu munosabatlar ham asrlar davomida o’rnatilib kelingan. Insoniyat madaniyati yutuqlari avloddan avlodga berilib, ularni o’zlashtirish jarayonida zamonaviy odamlarning shaxslar va bilish, shuningdek, olamni ijodiy o’zgartirish subyektlari sifatidagi psixologiyasini shakllantiradilar.
Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu fanlarning tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun bir-birining ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat qilishida o’rin egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan odamlarning psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari va shunga o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy voqyelik sifatida nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin.
Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o’rin muammosi)ni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, avval yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi mumkin. Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada chuqur aloqasiga tegishli misollarni keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi.
Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik taraqqiyotini yuksak darajada rivojlangan shakllarining tahlili bilan cheklanmagan holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan iborat. Masalan, odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning manbalarini, ularning alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi rivojlanishi bosqichlarini aniqlash zarur bosqichlarini.
Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy odamning insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va tarixning yaqinlashuvi asosida muhim ma’no kasb etadi. Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan ko’ra, uning falsafa bilan aloqasi yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida yuzaga keldi va rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning bir qismi sifatida namoyon bo’ldi.
Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan muammolarning murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal etishga qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda ular falsafiy-idrok orqali ko’rish bilan hal etiladi.
Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik muammolari ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy muammolar bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha laboratoriya-tajriba usuli bilan hal etib bo’lmaydigan, lekin hal etilishi zarur bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil etadi.
Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat qilib, o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy falsafiy-psixologik muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning shaxsga va shaxsning jamiyatga ta’siri (dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning metodologik muammolarini kiritish mumkin.
Yaqin yillardan beri fanda faylasuflarning ishtirokisiz psixologlarning mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni, ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq muhokama etila boshladi. Faylasuflarning o’zlari ham bu muammolarni psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan, psixologiya fanida yetarli darajada o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari mumkin emas. Yana shunday muammolar mavjudki, ularni hal etishda psixologlar va faylasuflarning hamkorligi samaradorliroq bo’lib, sezilarli darajada aniq natijalar berdi. Bu, avvalo, epistemologiya – atrof-olamning inson tomonidan o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz (Shveysariya, Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti tabiati va bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon yaratdi. Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va psixologlar samarali ish olib bormoqdalar.
Sosiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va guruhlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolarni ishlab chiqishda ko’pchilik umumiy qiziqishlarga ega bo’ladilar. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxs va insonlararo munosabatlarni o’rganish metodlarini o’zlashtiradi. O’z navbatida, psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlarni to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: anketa to’ldirish va so’rovnomadan keng foydalanadilar.
Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga qarama-qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar nazariyalari ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda.
Sosiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu ikki fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina muammolar mavjud. Bu muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy psixologiya, iqtisodiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va boshqalar kiradi. Shuningdek, bu qatorga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy ko’rsatmalar, ularni shakllantirish va tubdan o’zgartirish muammolarini ham kiritish mumkin.
Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib, boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari alohida e’tiborga loyiq. O’zida zarur tajribani jamlagan insonni ijtimoiylashtirishning asosiy manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar, sinflar va boshqalar), oila, maktab, ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot, radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega.
72.Psixologiyani maxsus bo’lim ,yo’nalishlari?
Yuridik psixolog sifatida yozuvchi A.K.Doylning qahramoni Sherlik Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya bo’yicha tadqiqot ishlari o’sha vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va boshqa psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning o’ziga xos tadqiqot yonalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, guvohlik ko’rsatuvchilar ko’rsatmalarini tekshirish, sud psixologiyasi ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya umumiy psixologiyaning metodlari va o’ziga xos ularning shakllarini qo’llaydi.
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal psixologiya, sud psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi, ya'ni penitentsiar psixologiyasi yoki axloq tuzatish mehnat psixologiyasi kabilar.
Differentsial psixologiya-shaxslar o’rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a'zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya'ni psixologik farqlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Differentsial psixologiyaga F.Galton asos solgan bo’lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir qancha usullar va asboblar yaratgan. Differentsial psixologiya terminini nemis psixologi V. Shtern o’zining "Individual farqlar psixologiyasi" (1900 yil) asarida ishlatgan. Differentsial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri- testdir. Avval individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo’llanila boshlangan, ular asosan aqliy rivojlanishdagi farqlarni o’rganishga qaratilgan bo’lib, muayyan vaqt o’tgandan so’ng proektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor analizi yoki intellektga oid ma'lumot beruvchi omillari o’rganilgan. Jahon psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta faktor mavjuddir, bundan tashqari, o’sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham mavjud. Shu sohada oid yana bir nazariy L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor qiladi, unda boshlang’ich aqliy qobiliyatlar asosiy o’ringa qo’yiladi.
Psixologiya inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan g’oya mavjud bo’lib, ta'kidlanishicha, ular go’yoki nasldan naslga o’tadi. Hozirgi zamon differentsial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan shaxslarni qobiliyati bo’yicha tanlashda ilmiy printsip va qonuniyatlarga asoslanadi.
73.Amaliy psixolog asosiy ish vositasi?
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o’rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy kontseptsiyalar va tajriba tadqiqotlarini o’z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o’z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo’ygan.
Bundan farqli o’laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko’radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o’zini o’stirish treninglari, ijtimoiy o’zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o’sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar21.
74.Amaliy psixologning psixologik maslahati?
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo’yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo’shatilish imkoniyati, yangi ish izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, baynalminal oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o’zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o’ziga nisbatan ishonch va hurmatning yetishmovchiligi, shaxslararo munosabatning o’rnatilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklarni hal etuvchi – psixologik maslahat tashkil etadi.
75.Hozirgi zamon psixologiyasinning falsafa bilan tutashganligi?
Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan muammolarning murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal etishga qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda ular falsafiy-idrok orqali ko’rish bilan hal etiladi.
Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik muammolari ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy muammolar bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha laboratoriya-tajriba usuli bilan hal etib bo’lmaydigan, lekin hal etilishi zarur bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil etadi.
Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat qilib, o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy falsafiy-psixologik muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning shaxsga va shaxsning jamiyatga ta’siri (dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning metodologik muammolarini kiritish mumkin.
Yaqin yillardan beri fanda faylasuflarning ishtirokisiz psixologlarning mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni, ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq muhokama etila boshladi. Faylasuflarning o’zlari ham bu muammolarni psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan, psixologiya fanida yetarli darajada o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari mumkin emas. Yana shunday muammolar mavjudki, ularni hal etishda psixologlar va faylasuflarning hamkorligi samaradorliroq bo’lib, sezilarli darajada aniq natijalar berdi. Bu, avvalo, epistemologiya – atrof-olamning inson tomonidan o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz (Shveysariya, Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti tabiati va bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon yaratdi. Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va psixologlar samarali ish olib bormoqdalar.
76 .Hozirgi zamon psixologiyasinning tarix bilan tutashganligi?
Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu fanlarning tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun bir-birining ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat qilishida o’rin egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan odamlarning psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari va shunga o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy voqyelik sifatida nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin.
Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o’rin muammosi)ni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, avval yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi mumkin. Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada chuqur aloqasiga tegishli misollarni keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi.
Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik taraqqiyotini yuksak darajada rivojlangan shakllarining tahlili bilan cheklanmagan holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan iborat. Masalan, odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning manbalarini, ularning alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi rivojlanishi bosqichlarini aniqlash zarur bosqichlarini.
Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy odamning insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va tarixning yaqinlashuvi asosida muhim ma’no kasb etadi. Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan ko’ra, uning falsafa bilan aloqasi yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida yuzaga keldi va rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning bir qismi sifatida namoyon bo’ldi.
77. .Hozirgi zamon psixologiyasinning sotsiologiya bilan tutashganligi?
Sosiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va guruhlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolarni ishlab chiqishda ko’pchilik umumiy qiziqishlarga ega bo’ladilar. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxs va insonlararo munosabatlarni o’rganish metodlarini o’zlashtiradi. O’z navbatida, psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlarni to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: anketa to’ldirish va so’rovnomadan keng foydalanadilar.
Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga qarama-qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar nazariyalari ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda.
Sosiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu ikki fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina muammolar mavjud. Bu muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy psixologiya, iqtisodiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va boshqalar kiradi. Shuningdek, bu qatorga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy ko’rsatmalar, ularni shakllantirish va tubdan o’zgartirish muammolarini ham kiritish mumkin.
Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib, boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari alohida e’tiborga loyiq. O’zida zarur tajribani jamlagan insonni ijtimoiylashtirishning asosiy manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar, sinflar va boshqalar), oila, maktab, ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot, radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashtirishning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi zamonaviy tasavvurlar asosidagi ijtimoiy ta’lim nazariyasiga ko’ra, insonning hulq-atvori uning turli ijtimoiy vaziyatlarda turli odamlar bilan muloqoti, o’zaro ta’sirlashuvi va hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, boshqa odamlarni kuzatish, ularga taqlid qilish, hayotiy misollarda ta’lim va tarbiya topish natijasi bo’lib hisoblanadi.
78.Psixologiyaning fanlar tizimi va tamoyillari?
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko’rsatilgan:
1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko’ra paydo bo’ladi, o’zgaradi va nobud bo’ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o’zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so’z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo’lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqyelikning harakatchan ko’rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o’z yo’nalishini aniqlay oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o’rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko’rib chiqilgandagina to’g’ri tushuncha hosil bo’lishini bildiradi.
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo’lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak.
79,80,81. Akademik psixologiyaning metodlari?
Amaliy psixologiya psixologik bilimlarni amaliy holatlarini tahlil qiladi22
|
Akademik psixologiya
|
Tadbiqiy psixologiya
|
Amaliy psixologiya
|
Predmeti
|
Psixik hayotning barchasi
|
Inson kasbiy faoliyatini aniqlash jabhasi
|
Aniq individlar
|
Vazifasi
|
1.Alohida kuzatishlardan umumlashtiriladi
2.Nazariy tahmin va farazlarni ilgari surish.
3.Alohida psixik faktlarni bashorat qilish va ularning dinamikasi
|
Alohida kuzatishlar asosida umumiy qonuniyatga ega bo’linadi
Amaliy vazifalarni yechishni o’rganish
Inson faoliyatini bashorat qilish holati
|
Insonlar yoki guruhlar asosida individuallikni anglash.
Psixodiagnostik metodlarni, konsultasiyani, profilaktika va korreksiyani qo’llash. Alohida insonlar yoki guruh xatti harakatini bashorat qilish
|
Metodlari
|
Kuzatish, so’rov, test, eksperiment, sosiometriya, statistik tahlil
|
Akademik psixologiyadagilarning barchasi va kasbiy faoliyatni o’rganish
|
Akademik psixologiyadagilarning barchasi va xususiy psixoterapevtik usullar
|
Yo’nalishlari
|
Umumiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, anomal rivojlanishlar psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, zoopsixologiya, psixofiziologiya va boshqalar
|
Pedagogik psixologiya, tibbiyot, yuridik, iqtisodiy, siyosiy, mehnat psixologiyasi, sport psixologiyasi va boshqalar
|
Psixoanaliz, geshtaltterapiya, NLP, emotiv terapiya va boshqalar
|
82.Hozirgi vaqtda maktab, letsiy kollejlarda ikki yo’l bilan kelgan amaliy psixologlar?
Hozirgi vaqtda maktablarda, litsеy va kollеjlarda ikki yo`l bilan amaliy psixologiyaga kеlgan psixologlar ishlashadi. Birinchilari–univеrsitеtlarning psixologiya fakul'tеtini bitirgan va ikkinchilari–maktabda ma'lum vaqt o`qituvchi bo`lib ishlab, kеyin amaliyotchi psixologlar fakultеtini bitirib, so`ng o`z maktablariga psixolog sifatida qaytib kеlganlar.
Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq, dеgan savol tug`iladi. Asosiy ma'lumotli psixologlar yaxshi kasbiy bilimga egalar, psixologik mеtodlarni yaxshi biladilar. Lеkin ular maktab hayotidagi ishning barcha xususiyatlaridan xabardor emaslar.
Ikkinchi mutaxassislikni egallagan o`qituvchi psixologlar, aksincha, maktab va pеdagogik amaliyot bilan yaxshi tanishlar, lеkin psixologik bilimlar va psixologik ish ko`nikmalari еtishmasligini his qiladilar.
83.Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi?
Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi.
Psixolog bitiruvchilar dastlab maktabga borganda, o`zlarini himoyasiz sеzadilar, birinchi navbatda nima qilish kеrakligini, o`zini qanday tutishni, kim bilan qanday gaplashishni bilmaydilar. Ular maktabda muammolarga ko`milib kеtadilar, hammasini birdan bajarib, maktabga foydali ekanligini ko`rsatishga urinadilar, maktabda har kuni, dam olish kunlari, hatto kеchalari ham qolib kеtadilar. Natijada zo`riqish, charchash, ish qobiliyatining pasayishi ko`zga tashlanadi.
84.Psixologik xizmat haqida nizomdagi keltirilgan psixolog huquqlari?
psixologlar psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilgan psixologlarning huquqlari va javobgarligi bilan tanishishlari maqsadga muvofiq.
Nizomda keltirilishicha, psixolog quyidagi huquqlarga ega:
bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdеk, maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mеhribonlik uyi pеdagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yo`nalishlarini mustaqil shakllantirish;
psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlarning kеtma-kеtligini, maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mеhribonlik uyi pеdagogik jarayonining o`ziga xos tomonlari, muayyan shart-sharoitlari va kontingеntini hisobga olgan holda o`z faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini bеlgilash;
muassasa rahbariyatiga o`zi uchun xona, mеbеl jihozlari, kompyutеr va boshqa tеxnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to`g`risidagi talablar bilan murojaat qilish;
maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mеhribonlik uyi hujjatlari bilan tanishish;
psixologik-pеdagogik tashxisga oid yangi mеtodikalar, psixoprofilaktika va korrеksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan o`tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
ma'muriyat bilan kеlishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg`ulotlar, shuningdеk, boshqa tadbirlarda o`quvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning o`qishga, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan muomala munosabatini o`rganish maqsadida ishtirok etish;
psixologik tadqiqot va tajribalar o`tkazish, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e'lon qilish;
muassasa ma'muriyati ko`rsatmalari psixologning mazkur Nizomda bеlgilangan majburiyatlari, funksiyalari va faoliyat yo`nalishlariga zid bo`lsa, ularni bajarmaslik;
bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiyalar ishida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirmagan holatlarda yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;
joylardagi davlat hokimiyati idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish muassasalariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish masalalari bo`yicha iltimosnomalar bilan murojaat qilish;
barcha darajadagi tashxis markazlariga maktab o`quvchilarining kasbiy o`zligini bеlgilashi hamda kasb - hunarga yo`naltirish masalalalari bo`yicha murojaat etish;
O`zbеkiston Rеspublikasi qonunchiligida xalq ta'limi tizimi muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag`batlantirish va imtiyozlardan foydalanish.
85.Psixologik xizmat nizomidagi psixolog javobgarligi?
86.Psixologik xizmat nizomidagi psixologik rag’batlantirish ?
Psixologlar mеhnatini moddiy va ma'naviy rag`batlantirish amaldagi qonunchilikda bеlgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ko`p yillik mеhnatlari natijalari bo`yicha yuqori natijalarga erishgan psixologlar O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O`zbеkiston Rеspublikasi Hukumatining mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Psixologlar shartnoma asosida haq to`lanadigan ta'lim va psixologik xizmatlar ko`rsatishda, shuningdеk, xalq ta'limi muassasalarining manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tuzadigan tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni bajarishda qatnashadilar.
Psixologlarga malaka toifalari attеstatsiya natijalariga ko`ra bеlgilanadi hamda ularning mеhnatiga haq to`lash diffеrеnsial tarzda malaka toifasiga muvofiq amalga oshiriladi.
87.Amaliy psixolog shaxshiga qo’yiladigan talablar?
Psixolog o`z faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.
Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan mеtodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kеrak.
Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chеgarasidan aslo chеtga chiqmaslik ma'qul.
Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.
Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.
Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.
Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor)ga ma'lumot bеrish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.
Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko`mak bеrishi darkor.
Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar bеrish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.
Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pеdagogik odob bilan tushuntirishi, bеrilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart.
Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va bеlgilashi lozim.
O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot bеrib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hеch og`ishmasdan rioya qilishi kеrak.
Bog`cha, maktab, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus talablarga javob bеruvchi, jihozlangan psixologik kabinеtni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy psixologlarning sеminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kеrak.
O`zbеkistan Rеspublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tеkshirishlar o`tkazmasligi kеrak.
Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda, chеt elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.
Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga yordam bеrish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo`lishi darkor.
88.Psixologik xizmatining rivojlanish tarixi?
Xorij mamalakatlarida psixologik xizmat xususan, AQSh da 1800 yildan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalsh muammosini o’rgangan eksperemental psixologlar edi. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisiyentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik “Gaydens” xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil yetildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil yetadi. Bunday guruhlar esa maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxasisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800 –1000 ta o’quvchiga xizmat qiladi. Bular bir maktabda joylashib, bir nechta maktabga xizmat qilishi mumkin.
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil etilgan. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir.
Birinchi bo’lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat ashkil yetildi. Uning rahbari X.I.Liymes, Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun ish olib bordilar.
Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo’shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha psixologik xizmat asarlari muallifidir.
Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi. Bu sifatlarni shaklanishi odamlarining maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanish va maktabda o’qish yillariga to’g’ri keladi. Chunki bu yillar inson shaxsi va uning individual xususiyatlari bo’lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va hakozolarning shakllanishi uchun yeng qulay davr hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham ilgariroq ham xalq ta’limi tizimiga qarashli maktabgacha ta’lim muassalari, maktab, kollej, lesey va h.k.larda ta’lim tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga duch kelinar yedi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu muammolarda keskin tus olayotganligi sir yemas.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan , ayrim mamlakatlarda allaqachonlar hayotga tadbiq yetilib yaxshigina rivojlanmoqda.
Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo’lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab psixologlarining Milliy assosiyasi tuzilgan yedi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi.
AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma’lumotlar K.R.Reynolds, T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-Yorkda chop etilgan kitobida yoritilgan
Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya, Polsha, Balgariyada to’plangan.
Bu mamlakatlarning ko’pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan pedogogika-psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular xalq ta’limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik xizmatning asosiy mazmuni sog’lom shaxsni shakllantirish, shaxsni rivojlanishdagi ayrim kamchiliklarga o’z vaqtida e’tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash masasalari psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog’chaga berish kabi muammolarni hal qilish, kasbga yo’naltirish, psixoterapiyaning turli formalari (logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo’llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultasiyalar orqali ota-onalarga amaliy yordam ham beriladi, ya’ni boladagi o’qishga qiziqmaslik, maktabdan qo’rqish, o’g’irlik yolg’onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola xulqidagi tasodifiy o’zgarishlar, nutqning buzilishi so’zlashda duduqlanish, bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy bosh og’rig’i uyqusizlik, sababsiz tez toliqish v.h.k.lar sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari uchun hadiksirashlarini yo’qotishga harakat qilinadi.
89-90-91.Shaxsning shakklanishida irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati?
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko’rsatuvchi besh yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi?»
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra, ilk yoshlik chog’laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar, Bolalar oilada, ko’cha - kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sivg Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi. Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi, juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar, Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil ta’lim- tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim tarbiyaning ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat, lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim tarbiya mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalardan misollar keltirish mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hyech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tug’ma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqiy, matematik qobiliyatlari nasliy yo’l bilan berilishi mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida tuxtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akselerasiya terminini ishlatayapmiz.
92.Temperament va uning kasb tanlashdagi o’rni?
Shaxsning xulk-atvori, temperamenti, saloxiyati va boshqa xislatlari kasb tanlashda aloxida kasb etadi. Temperament shaxsning ruxiy xususiyatlaridan biri bulib, aloxida olingan inson shaxsida ruxiy jarayon va faoliyatning vujudga kelishi, utishi, kechishi va dinamikasini belgilab beradi. Lekin psixik faoliyat dinamikasi temperamentga emas, balki shaxsiy sabablarga va shaxsning ruxiy xolatiga boglikdir,. Xuddi shu boisdan inson, temperamentdan qat’i nazar, mas’uliyat xissini sezga, uz kasbiga qiziqsa, chakkonlik namoish etib, gayrat bilan ishlaydi, kasbini yektirmasa, aksincha, sustkashlik qiladi.
Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati bulib, fiziologik asosini nerv sistemasining tiplari, oliy nerv faoliyati qonuniyatlari tashkil etadi. Temperament turtta asosiy tipga ajratiladi: sangvinik (xushchakchak), flegmatik (bushang, ogir), melanxolik (gamgin), xolerik (qiziqkon).
Temperament shaxsning bama’niligini; dunyoqarashi, nuktai nazari, e’tiqodi, qiziqishlari va xokazolarini ko’rsatuvchi belgi emas.
Hozirgi davrda temperament tiplarining psixologik ta’rifi senzitivlik, reaktivlik, aktivlik, ta’sirlanish tezligi, labillik, dinamiklik, reaktivlik bilan aktivlik munosabatlarning muvozanati, xarakatning ravonligi, rigidlik (qotib qolganlik), ekstrovertirovonlik va intravertirovonlik kabi xususiyatlarga asoslanib tuziladi. Psixologiya fanida temperamentning 30 dan ortiq (ba’zan 40 dan ko’proq) tipi tan olingan. Amaliyotda esa asosan ekstravert tiplari ko’proq qo’llanadi.
Shaxsni kasbga yo’llash jarayonida temperamentning psixologik ta’rifi berilishi shart.
93-94-95-96.Sangvinik,xolerik, flegmatik va melonxolik ta’rifi?
Sangvinik - juda faol, xar bir narsaga xam qattiq kulaveradi; yolg’on dalillarga jahli chiqadi. Obyektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo - ishorani ko’p ishlatadi, chexrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo’lishiga qaramay, kuchsiz ta’sir (qo’zg’atuvchilar)ni seza olmaydi, serg’ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, intizomli, o’zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-xarakati jo’shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql - idroqi tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o’zgaruvchan. Ko’nikma va malakalarni tez egallaydi. Kungli ochiq, dilkash, muloqotga (muomalaga) tez kirishadi. Xayolati (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan; tashqi ta’sirlarga xozir javob va xokazo.
Xolerik - sust senzitivlik xususiyatga ega. Juda faol va reaktiv. Ko’pincha reaktivligi faolligidan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, ammo ko’proq qotib qolgan (rigidroq). Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-xarakatida qat’iylik mavjud. Biroq diqqatini bir obyektga to’plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez va xokazo.
Flegmatik - senzitivligi sust. Xis-tuyg’usi (emosiyasi) xam o’zgaruvchan, shunga ko’ra bunday shaxsni kuldirish, jaxlini chikarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko’ngilsiz xodisa, xavf - xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo’ladi. Vazmin, kam xarakat. Imo - ishoralari, mimikasi ko’zga yaqqol tashlanadi. Lekin serg’ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va xarakat sur’ati sust. Diqqatni to’plash sekin. Qotib qolgan (rigid). Diqqatni ko’chirishi o’iyin. Intraverlashgan, ichdan top. Yangilikni qabul qilishi qiyin. Tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beradi.
Melanxolik - senzitivligi yuksak. Sezgi chegarasi keng emas. Arazchan, xafaxon. Jimgina yiglaydi, kam kuladi. Sustkash. Tortinchoq, gayratsiz. Qat’iyligi va mustaqilligi kam. Tez toliqadi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati beqaror. Xis - tuyg’usi sust o’zgaradi. Qotib qolgan (rigid). Intavertirovonlashgan.
Temperament tiplari xususiyatlarini faoliyat talablariga moslashtirish mumkin, buning uchun:
1) kasb-hunarning talabalar temperamentiga mos keladigan turini tanlash kerak. Shaxsning psixik xususiyatlariga mos tushadigan kasbni tanlash kasbiy saralash deb yuritiladi;
2) talabalarning individual xususiyatlarini xisobga olish lozim;
3) temperamentga xos kamchiliklarini (illatlarni) bartaraf etish kerak. Demak, shaxsni qaytadan shakllantirish yo’li bilan temperamentini faoliyat talablariga qisman moslash mumkin;
4) individual uslubni shakllantirish zarur. Talabaning faoliyatga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo’lishi buning uchun eng zarur shartdir.
Shaxsning xulk-atvor xususiyatlari uni faoliyatiga undovchi asosiy omil xisoblanadi.
Psixologiya fani shaxsning fel’l-atvori xususiyatlarini turt guruhga ajratib urganadi:
1) jamoa va aloxida shaxsga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi fazilatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, faxrlanish va boshqalar;
2) mehnatga nisbatan munosabatni bildiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, yalkovlik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik va xokazo;
3) narsalarga nisbatan munosabatni anglatuvchi sifatlar: ozodalik, sarishtalik, avaylash va shu kabilar;
4) o’z - o’ziga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: izzat nafslilik, kerilmachoqlik, dimogdorlik, kamtarinlik va xokazo.
Xulk-atvor xususiyatlarining shakllanishida o’qish va mehnat faoliyatlari yetakchi rol uynaydi, chunki o’qish va mehnat jarayonida qo’llaniladigan individual usullar xulk-atvor ta’sir etib, uning ayrim xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Ko’pgina xususiyatlar uzgaga taglid qilish natijasida xam paydo bo’ladi. Xulk-atvorga janjalli (nizoli) vaziyatlar xam ta’sir ko’rsatadi. Inson umrining oxirigacha uz xatti-xarakatlarini boshqarib, xulk-atvorini uzi barqarorlashtirgan bulsa, kasb - hunar tanlashga shunchalik oqilona va qat’iyatlik bilan yondoshiladi.
Talabalar va o’quvchilar qobiliyati, layoqati ta’lim jarayonida va mehnat faoliyatida tobora rivojlanadi. Qobiliyat taraqqiyetining yuksak bosqichiga talant, iste’dod deyiladi. Iste’dod murakkab ishni (faoliyatni) muvaffakiyatli, mustaqil va moxirona bajarishga (amalga oshirishga) imkon beradigan qobiliyatlar tizimidir (biologik shartlangan xislatlardan bittasidir).
O’spirinlarning qanchalik iste’dodli ekanligini aniklash uchun ushbu xususiyatlarga e’tibor berish lozim: 1) shaxsning ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, tayyorligi; 2) shaxsning mehnatga moyilligi, unga extiyej sezishi; 3) mantikiy fikr yuritishi tezligi, izchilligi, samaradorligi, tashabbuskorligi va boshqalar.
Shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar tugma bulmaydi (tabiiy alomatlari, moyilligi mavjuddir), balki ijtimoiy, shaxsiy hayot va faoliyat jarayonida muayyan omillar, manbalar ta’siri ostida tarkib topadi. Lekin layoqatlilik qobiliyatining tabiiy zamini ekanligi shubxasizdir. U qobiliyat taraqqiyetining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyen bo’ladi. Bunda miya tuzilishi, sezgi a’zolari va xarakatlarning morfologik xamda funksional xususiyatlari layokatga nisbat beriladi.
Yoshlarni kasbga yo’llashda ularning xis-tuyg’ulari va irodalarini xisobga olishning xam axamiyati kiymatli, chunki talabalarning (o’quvchilarning) xis-tuyg’usi, kayfiyati, stress va affektiv xolatlari urganilmasa va e’tiborga olinmasa, kuzlangan, "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi"dagi ulugvor maqsadga erishib bulmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni individual o’qitish, zarur shart - sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari asosida ularga sabok berish ta’lim davlat standartlari talabiga javob beradigan, komil insonlikka intiluvchi shaxslarni kamol topshirish kafolatidir.
Shunday qilib, kasbga yo’llash jarayonida shaxsning individual - tipologik xususiyatlari va xis-tuyg’ularini, layoqat, iste’dod xislatlarini xisobga olish, shuningdek, yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan kurollantirish ularning kasb-hunar, ixtisoslik, mutaxassislik oldiga quyiladigan psixografik, professiogrammaviy talablarga moslashishiga imkon beradi.
97.Reorentatsiya(qayta kasbha yo’naltirish) psixologik muammo sifatida?
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforiyentasiya) atamasi kadim zamondan qo’llanilib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reoriyentasiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’lnaltirishni bildirib keladi.
Qayta kasbga yo’llash (reoriyentasiya) uta insonparvarlik (gumanistik) goyani kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruxiyatiga singdirishni anglatadi. Ishlab chikarishga avtomat kurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish urinlarining kiskarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi xam xodimlarga nisbatan extiyejning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyeti rakobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori - malakali, maxoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffakiyatli uta oladi, xolos. Urtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish o’rnini yukotib, vaktincha ishsizlar ruyxatiga kiradi.
Ishsizlik ish o’rnini yo’qotish ayollarda ukinchli (ayanchli) xis-tuyg’ular qobig’ida uta murakkab kechadi, guyoki tragediya, xalokat, judolik vujudga kelganda xam ekstravertlik, xam introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan iloji boricha xissiyotlarga berilmasdan, akl - zakovat maromlariga tortilganlik tuyg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkalarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida xukm surishi, asta-sekin uning ta’sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruxiy kechinmalari keskin o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chikadi. Yoshning ulgayishi yangi muxit, uzgacha sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur obyektga uzok davr mehnat faoliyatini bagishlash xam frustrasiya xolatini xarakatlantiruvchi safida asosiy rol uynashi mumkin. Xullas, xar ikkala omil xam frustrasiyaning manbai vazifasini utaydi (bajaradi), noxush kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi.
Xozirgi zamon mehnat birjalarida reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. Maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shaxar, tuman buyicha ixtisoslar buyicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ruyxati (zaruriyati, extiyeji, talabi) bilan ish izlab kelgan muxtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi tufayli ish bilan ta’minlash, bush urinlarni tuldirish bilan shugullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat kator omillarni tekshirish o’rganishni takozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:
1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
2. Xissiy jabxalari va irodaviy sifatlari.
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
4. Extiyeji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi.
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yaroqligi.
7. Iktidori (iste’dodi), qobiliyati, saloxiyati.
8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, maxorati.
9. Umumiy saviyasi, duneqarashi, maslagi (e’tikodi).
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati.
12. Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
13. Ekstrovertligi va introverligi.
14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axlokiy, aqliy, nafosat, praktik) egaligi.
15. Fidoylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab utilgan mezonlar buyicha tekshirish ishlari bir nechta metodlar, metodikalar orkali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chikilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan, kiyinlashtirilgan topshiriklardan, muammolardan, psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.
Olingan natijalar sifat va mikdor jixatdan taxlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chikariladi. Xulosalar asosida reoriyentasiya subyekti roziligida ishga muxtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyining masofasi, uning ekologiyasi, sangigiyenasi, maoshi, istiqboli, muammoli jixatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy xujjat ekanligi (kiymatiga) zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz yechish xolatlari xam yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga qaraganda, reoriyentasiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bulib ular kiska fursatda (muddatda) utishi bilan uzaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniksa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan sillik uzviy boglanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma’naviy ta’minlanganlik (ruxiy kutarinkilik xissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy xayotdan uz o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruxiy imkoniyatlari, zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz xozirlaydi.
Reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbik etishga zarur shart - sharoit yaratadi. Inson omilini kadrlashga, butun imkoniyatlarini ruyobga chikarishga, ezgu niyat, orzu xavas, istak - xoxish ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb - hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan kurollantirishga turtki beradi.
Reoriyentasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai xisoblanib, uzini uzi kashf qilishi, uzini uzi boshqarishi, uzini uzi tashkillashtirish, uzini uzi baholash, uzini uzi refleksiyalash, uzini uzi identifikasiyalash kabi shaxs fazilatlarini ruyobga chikarishga xizmat qiladi.
98.Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar?
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy axamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xolbuki shunday ekan, xar bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy extiyeji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish darkor. Aks xolda umumiy xususiyatli yo’llanma, ko’rsatma ijobiy natijada olib kelmaydi, chunki individuallik o’ziga xos talablarni takozo etadi. Xatto oddiy kasb maorifi xam turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni kondirmasdan turib tub maqsadga erishib bulmaydi.
Kasb maorifi - o’quvchilarni kasbning moxiyati bilan, xar bir kasbning shaxs oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning anikligi tulikligi, xususiy va ijtimoiy axamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga kura xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, kurgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga ega.
Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning inson ongiga chukurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoki va qobiliyatlariga xos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muxim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) extiyeji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan xolda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat uzining maqsadga yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tuyinganligi bilan boshqa asosiy kismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffakiyatli ravishda egallab, uz oldiga kuygan fukarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar, malakalarga asoslangan xolda tekshirish mezonlariga suyanib, omilkorlik bilan okilona saralash utkaziladi.
Saralash jarayoni utkazilgandan kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffakiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb moxiyatiga kirishish, bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun okilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, maxorat kirralarini uzlashtirish kabi muxim kismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar moxiyati quyidagilarda uz ifodasini topadi:
1. Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining (tadbir va choralarining) mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.
Maktab (qaysi tipidan kat’i nazar) ma’muriyati, sinf raxbarlari, amaliy psixolog va fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. Shuningdek, bu muammoga taallukli ishlar, tadbirlar ishchil amalga oshirilib turilishi, ularning ta’sirchanligiga e’tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu soxada tasavvur ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala sifatida kabul qilinishi uning kiymatini kutaradi.
2. O’quvchilarni kasb tanlashga urgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati xamkorligi va samaradorligi.
Aloxida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari jamlanmasa xamkorlik ish rejasida kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda quyilishi, xar mavzu buyicha muloxaza almashishda, qaysi fan bo’lishidan kat’i nazar ixtisosga oid bilimlarga e’tibor berilishi kasbiy tasavvo’rni vujudga keltiradi. Kasb - hunar bilim olishga ishtiyog unga nisbatan qiziqishi uygotadi, mustaqil bilim olishga ishtiyeg paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar utkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motival va motivasiyalarni takomillashtiradi moyillik tuyg’usini uygotadi.
3. Sinf raxbarining ota-onalar bilan xamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi.
Sinf raxbari ota-onalar bilan individual va guruhiy xamkorlikni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor kilsa, yuqori ko’rsatkichga erishishi mumkin: o’quv fanining kasb tanlash bilan boglikligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, xavas, qobiliyat, iste’dod kasbga yo’llashning asosiy maqsadi va vazifalari, professiogramma (professiografiya) moxiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan extiyej darajalari, kasbning ijtimoiy axamiyati, layoqatning umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, kasb tanlashning ilmiy manbalari, maktab psixologining bu soxadagi funksiyasi va boshqalar.
4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroqi.
Yoshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustuvorligi, o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste’dodlarning saralanishi, mukofotga tortilishi, moddiy va ma’naviy takdirlanishi kabilar.
5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning aloxida ajratib ko’rsatilishi.
6. Maktablarda ishlab chikarish kombinatlarning ommaviy va keng ko’lamda yo’lga quyilishi.
7. Maxsus muassasalar faoliyati.
8. Kasbga oid kurgazmalar, sayoxatlar uyushtirilishi.
9. Ijodkor, nufuzli, maxoratli kishilar bilan uchrashuvlar utkazilishi.
10. Kasb tanlashda maxalliy matbuot, radio va televideniye ishtiroqi.
Kasbga yo’llash umumdavlat axamiyatiga ega muammo xisoblanib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish " Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi " da aloxida urin egallaydi. Yuqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini xamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi.
99.Amaliy psixolog amlaga oshirishi lozim bo’lgan ishlar?
bolalar, o`quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (dirеktor, rеktor, mudira), o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar bеrish;
ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga еtganlar munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon, vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida maslahatlar uyushtirish;
mamuriyatga bolalar, o`quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha maslahat bеrish; ularni faollashtirish, ularga ta'sir o`tkazish to`g`risida rahbar kadrlarga amaliy ko`rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash;
shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspеrt-konsultant sifatida tеrgov ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o`quvchilar va talabalar psixik o`sishining xususiyatlariga oid ma'lumot bеrish, o`g`il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal qilishda qatnashish va maslahatlar bеrish;
ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning o`zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma'lumotlar bеrish;
xalq ta'limi tizimining barcha bo`g`inlari va bosqichlarida ma'ruza o`qish, ota-onalar yig`ilishida, mеtod birlashma majlisida, pеdagogik kеngashda, ilmiy kеngashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish.
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas ishga o`zining munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.
100.Amaliy psixologning huquqlari?
Bog`cha, maktab va oliy o`quv yurtining ta'lim-tarbiya shart-sharoitlarini aniq hisobga olib faoliyat uchun eng muhim yo`nalishni tanlaydi.
Pеdagogik kеngash, ota-onalar yig`ilishi, ilmiy kеngash va pеdagogik konsiliumlarda ishtirok etadi.
o`quv-tarbiya jarayonida bolalar, o`quvchilar va talabalar xulqi, o`quv faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars, ma'ruza, sinfdan va auditoriyadan tashqari mashg`ulotlarda, umumiy tadbirlarni o`tkazishda qatnashadi.
Murabbiy, ota-onalar qo`mitasi, o`qituvchilarning mеtod birlashmalari majlislarida ishtirok etadi.
Bog`cha, maktab, o`quv yurtlarining hujjatlari bilan tanishadi va ularni tahlil qiladi.
Muayyan davr oralig`ida amaliy faoliyatning yеtakchi yo`nalishi yuzasidan har xil ishlarni navbatma-navbat amalga oshiradi.
Ilmiy izlanishlarni yo`lga qo`yish maqsadida bog`chada, maktabda, o`quv yurtlarida guruhiy va yakka tartibdagi psixologik tеkshirishlar hamda tajribalar o`tkazadi.
Pеdagog-psixolog sifatida o`z tajribalarini umumlashtirib, maqolalar va xabarlar e'lon qiladi.
Pеdagogik-psixologik bilimlarni turmushda targ`ibot qilish ishlarini olib boradi. -Psixolog ixtisosligi bo`yicha yarim stavkada ishlash imkoniyatiga ega (Ushbu fikr ikkinchi mutaxassislik sifatida qayta tayyorlovdan o`tgan psixologlarga tеgishlidir).
Majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun yuqori tashkilotlardan shart-sharoit yaratishni talab qiladi.
Nizom bandlariga, uning ish tamoyillariga zid bo`lgan ma'muriyat topshirig`ini bajarishdan bosh tortadi.
Ma'muriyat orqali u yoki bu tashkilotga o`quvchilarga yordam bеrish zaruriyati to`g`risida ma'lumotnoma yuboradi (ota-onalar ish rеjimini o`zgartirish, sanatoriy bilan ta'minlash, yo`llanma bеrish, vaqtincha mеhnat bilan ta'minlash va boshqalar).
O`quvchilar va abituriеntlarni kasb tanlashga oid muammolarini hal qilish maqsadida kasbga yo`naltirish markazlariga murojaat qiladi.
Ota-onalarga zaruriyat tug`ilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid konsultativ xizmat xonalarini tavsiya qiladi.
Tibbiyot va dеfеktologik muassasalarga rasmiy talablar yuboradi.
Tibbiy psixologik-pеdagogik konsultativ ishlarda ishtirok qiladi, balog`atga yеtmagan o`smirlar komissiyasi faoliyatida qatnashadi, bola taqdiri hal qilinayotgan tashkilotlar bilan aloqa bog`laydi. Umuman, psixolog yordamchi ovoz bеrish huquqiga ega, xolos. Agarda qabul qilingan qarorlarga nisbatan e'tiroz bildirsa, u holda o`z fikrini bildirish, uni dalillash uchun yuqori tashkilotlarga murojaat qiladi.
Psixologik xizmatni ilmiy jihatdan ta'minlash maqsadida ilmiy-uslubiy markazlar bilan uzviy aloqa bog`laydi.
Bog`cha, maktab, o`quv yurti faoliyatini yaxshilash, takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan muammolarni hal qilishni xalq ta'limi tashkilotlari oldiga qo`yadi.
Ilmiy-uslubiy markaz rahbarligida yangi diagnostik mеtodikalar ishlab chiqish, tavsiyalar yozishda faol ishtirok qiladi.
Amaliy psixolog maktab ma'muriyati va tuman tashxis markaziga bo`ysunadi.
Kontingеnt 1000 tadan oshgan umumta'lim maktablarida maktab psixologi lavozimi ta'sis etiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining ikkitasiga bitta psixolog lavozimi bеlgilanadi.
Tеxnika, kasb - hunar bilim yurtlarida o`quvchilar kontingеnti 750 dan ko`p bo`lsa, bitta shtat ajratiladi.
Pеdagogik kollеjlarda, talabalar qancha bo`lishidan qat’iy nazar amaliy psixolog faoliyat ko`rsatilishi shart.
Oliy maktablarda psixologik markaz faoliyat ko`rsatilishi lozim.
Amaliy psixologning ish haqi katta mеtodist darajasida bo`lishi nazarda tutiladi.
Amaliy psixologning ta'tili barcha maktab o`qituvchilari bilan bir vaqtda bo`ladi.
Oliy va o`rta maxsus, xalq ta'limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorrеksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pеdagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo`yicha umumpsixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo`lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
101.Maktab psixologi xonasi va jihozlanishiga qo’yiladigan talablar?
Psixologik xizmat xonasining derazalarida oq parda yoki zamonaviy jalyuzi bo’lishi shaxsda jo’shqinlik hissini uyg’otadi. Mehnat faoliyatini samaradorligini oshishiga olib keladi. Xonaning o’ng tomonida individual suhbatlarga mo’ljallangan psixologik burchak tashkil etilib, 2 ta kreslo, jurnal stoli, stol lampasi, tuvaklarda xonaki gular joylashtiriladi.
Xona poygagidagi devorning oldi metr kv tabiat manzarasi aks ettirilgan gulqog’oz joylashtiriladi.
Psixolog xonasidagi shkaf xonaning chap tomoniga joylashtirilib, uning bir tomonida me’yoriy hujjatlar keyin esa diagnostika natijalari, ikkinchi tomonida didaktik materiallar, psixodiagnostik test jurnallar, uslubiy qo’llanmalar joylashtiriladi.
Xona devorining rangi och yashil rangda bo’lib shaxsni tinchlantiruvchi xususiyati inobatga olinishi tavsiya etiladi.
Xona polining rangi jigar rangda bo’lishi esa shaxsda ishonch va qatiyatlilik hissini uyg’otadi.
Xona shiftining rangi oq rangda bo’lishi shaxsda yengil kayfiyat hissini uyg’otib, diqqatini jamlashga yordam beradi.
Psixolog xonasi uchun mo’ljallangan jihozlar:
Stol 15 ta; stul 15 ta; shkaf 1ta; ko’chma doska 1 ta; individual suhbat burchagi uchun kreslo 2 ta (oq yoki yashil rangda); tuvakli gullar 10 ta;
Akvarium 1 ta; ko’zgu 1 ta (Kishi ruhini yengillashtirish uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |