Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamolot tushunchasi? 2


Psixologiya sohasidagi ilmiy ishlarning faollashishi?



Download 0,8 Mb.
bet5/6
Sana13.12.2019
Hajmi0,8 Mb.
#29839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5424628640711181638


58.Psixologiya sohasidagi ilmiy ishlarning faollashishi?

Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi. 1956-yildan boshlab «Voprosы psixologii» jurnalining chiqa boshlashi buning guvohidir. Psixologiya masalalari sohasidagi ko’p materiallar, shuningdek, «Semya i shkola», «Doshkolnoye vospitaniye», «Nachalnaya shkola», «Psixologicheskiy jurnal», «Voprosы psixologii» jurnallarida va boshqa davriy matbuotda bosilib chiqib turdi. Ilmiy ishlarning faollashtirilganligi, shubhasiz, 1957-yiI Psixologlar Jamiyatini tuzishga yordam berdi. Shu yillar mobaynida bizning oliy o’quv yurtlarimiz psixologiyadan zaruriy o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlandi.

Bu qobiliyatiarga kiruvchi yesda olib qolish qobiliyatiarida ayrim zvenolarning xarakteristikasi berilgan. Yesda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga alohida e’tibor berilgan.
59.Psixologiya kasbiy faoliyati ,psixologiyaning metodlari?

Har bir fanda aniq, ishonchli uslublar mavjud bo’lishi kerakdir. Bu fanning asosi bo’lib xizmat qiladi. Birinchi usul sifatida o’z o’zini kuzutish usulini kiritishimiz mumkin. o’z o’zini kuzatish usuli psixologiya fanini boshqa fanlardan ajratgan usullardan biri hisoblanadi. Psixologik tahlil vaqtida uchta asosiy usul foydalanilgan bu tizimli tahlil, eksperimental genetik, eksperimental patologik usul deb nomlanadi. Tizimli tahlil usuli quyidagicha amalga oshiriladi: psixolog sinaluvchining oldiga mavjud bo’lgan muammoni qo’yadi, sinaluvchi esa shuni yechishi kerak bo’ladi. Bunda psixolog nafaqat yakuniy natijani qayd qiladi, balki butun tadqiqot davomida o’zini qanday tutganligini tahlil qiladi, buning yoniga eksperimental genetik usulni kiritishimiz mumkin, bu bolalarni tahlil qilayotgan vaqtda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki yuqori psixik jarayonlar uzoq muddatli rivojlanishning maxsulidir. Shuning uchun ham psixolog uchuchn bu jarayon qanday kechganligini kuzatish juda muhimdir. Eksperimental-genetik usul rus olimlari tomonidan keng qo’llanilgan. Keyingi usul shaxs patololgiyasini aniqlashda ishlatilgan. Bundan tashqari psixologik testlar usuli mavjud.

Psixologiyaning o’zining metodlari mavjud. Ilmiy tadqiqot usuli orqali ma’lumotlar olinadi, ilmiy nazariyalar ishlab chiqiladi va ular tekshiriladi. Har qanday fanning rivojlanishi uning metodlarining ishonchliligiga tayanadi.

Psixologiya fanida ikkita asosiy usulni ajratishimiz mumkin. Obyektiv va subyektiv metodlar.

Subyektiv metodlar tekshiriluvchilarning o’zini baholashiga va o’ziga hisobat berishiga tayanadi. Subyektiv usullarga quyidagilar kiritiladi: kuzatish, o’z o’zini kuzatish, so’rov11.

Kuzatish usuli psixologiya fanidagi eng qadimiy usullardan biri hisoblanadi, u sodda usullardan biridir. Bu usul insonlarning rejali kuzutishi asosida amalga oshiriladi, bunda sinaluvchilarning hayotiga aralashmasdan amalga oshiriladi. Psixologiyada kuzatish hamma jihatlarini qog’ozga qayd qilish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish usulidan hamma insonlar foydalanishi mumkin. Biroq ilmiy kuzatish oddiy kuzatishdan farqlanadi. Ilmiy kuzatish tizimli tarzda amalga oshiriladi. Kuzatish turli xil ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Qo’shilib kuzatish bunda psixolog voqyealar ishtirokchisiga aylanadi. Keyingi usul o’zini o’zi kuzatish hisoblanadi. O’zini o’zi kuzatish maxsus usul bo’lib hisoblanib, faqat psixologiya fanida qo’llaniladi. Bu yutuqlar bilan bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, o’z hissiyotlarini kuzatish qiyin. Ikkinchidan, o’zini o’zi kuzatishda subyektiv fikrdan qochish mumkin emas. Uchinchidan, o’zimizning hissiyotlarimizni ko’rsatib berish qiyindir. O’zini o’zi kuzatish psixolog uchun juda muhimdir. O’zini kuzatish usuli eksperiment bilan birgalikda qo’llaniladi. Bunda eksperimental o’zini kuzatish deb nomlanadi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Obyektiv voqyelikning bunday hodisalarini to’plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning obyektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo’lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. Shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo’nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Ilmiy metod o’z tuzilishiga ko’ra, yondoshuvlar va muolajalar yig’indisidan iborat. Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.


60-61-62.Subyektiv usullari?(kuzatish, so’rov, o’z-o’zinin kuzatish)

Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo’lib uning obyektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, eksperimentlarni qo’llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o’tkazilgan), erkin (oldindan o’rnatilgan chegaralarga ega bo’lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo’ladi.

O’tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala12 va laboratoriya kuzatishlariga bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi.

Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida obyektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.

O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko’lamiga ko’ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish uchun tadqiqotning boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo’linadi13.

Kuzatish metodini qo’llash uchun quyidagi shartlar qo’yiladi:

- sinaluvchining hulq-atvori uning ko’pgina ko’rinishlari va turli vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim;

- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko’p vaqt birga bo’lishi kerak (kamida 2-3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o’tkazilishi kerak, ularning davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o’rnatiladi;

- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan tadqiqotchi bu metodni qo’llagan holda baholamoqchi bo’lgan psixologik xususiyatlar o’rtasidagi aloqa oldindan o’rnatilishi kerak;

- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo’lishi zarur;

- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi rolli munosabatlarga yo’l qo’ymaslik kerak;

- sinaluvchi bir vaqtning o’zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo’lishi va olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o’rtachasini tashkil etgan bo’lishi kerak.

Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog’langan bo’lmasliga zarur. Bunday holat natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi).



O’zini kuzatish metodi, yoki introspektsiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o’zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga frantsiyalik faylasuf Rene Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo’lmagan substantsiya bo’lib, subyektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro’y berishi haqidagi to’g’ridan-to’g’ri va bevosita bilimlari to’g’risidagi dohiyona yorqin g’oyalari turtki bo’ldi. O’ziga va ongiga nazar tashlash introspektsiyaning mohiyatini tashkil etadi14.

O’zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko’tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi. Bunda o’zini kuzatish bilan olimning o’zi ham, uning mijozi – sinaluvchi ham mashg’ul bo’lishi mumkin.

Sinaluvchilarga alohida ko’rish yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar tasviri, so’zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular qabul etilib, o’zaro solishtirilib, hosil bo’lgan tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Bunda sinaluvchilar o’z javoblarida tashqi obyektlarni tasvirlovchi atamalarni qo’llamay, bu obyektlar sababli yuzaga kelgan o’z his-tuyg’ulari va ularning sifatlari haqida so’z yuritishlari kerak.

Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo’nalishi – psixosintezning asoschisi – italiyalik shifokor-faylasuf Roberto Assadjioli fikricha, ongimizning bosh rejissyori oliy «Men» bo’lib, uning qo’l ostidagi aktyorlar esa – bu «Men»imizning ajralgan qismlari. Inson o’zining ichki olamini ko’zdan kechirishi, unga quloq tutishi bilan ikkilamchi, uchlamchi, to’rtlamchi va boshqa «Men»larning xushqad yoki unchalik bo’lmagan jo’rovozi mavjudligi ma’lum bo’ladi. Bilish va yangi nazariy istiqbollarni kashf etish metodi sifatida o’zini kuzatish asosiy o’rin egallaydi.



Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o’rganishga yo’naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o’tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korrektsiya jarayonida qo’llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, yetarlicha tayyorgarlikka ega bo’lgan psixolog yordamida so’z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko’rinish, harakatlarning o’ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaktsiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin.

Eksperiment_metod'>63.Eksperiment metod?

Psixologiyaning asosiy metodi bo’lib eksperiment hisoblanadi. Eksperiment metodi tadqiq etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o’rtasida mavjud bo’lgan sababiy-oqibat aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo’lish maqsadida qo’llaniladi. Kuzatishdan farqli ravishda eksperimentda tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi.

Eksperiment o’rganilayotgan hodisaning xususiyatlari o’rtasida mavjud aloqalar to’g’risidagi nazariy tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun tekshirish metodi sifatida shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko’ra, tadqiqot obyektini tahlil qilish birinchi bosqich bo’lib, ikkinchi bosqich – o’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqalarning xususiyati yoki yo’nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o’zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil bo’lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Eksperimentdagi o’zgaruvchilarni ajratish – obyektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri yo’naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o’zgaruvchilar deb ataladi. Shundan so’ng eksperimentning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi tayyorlangandan so’ng esa ikki guruh – eksperiment va nazorat guruhlari tuziladi.

Nizom bo’yicha eksperimentga qo’yiladigan muhim talablardan psixologlar quyidagilarni sanab o’tadilar: tadqiqot farazlariga ko’ra aniq yo’nalganlik; tadqiqot obyektini yuqori darajada bilish va to’liq ta’riflash; eksperiment muolajalarini olib borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash imkoniyati; ijtimoiy obyektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o’lchash vositalarining mavjudligi.

Eksperiment tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim. Eksperiment predmeti – o’rganilayotgan obyekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o’rtasidagi munosabatlar va aloqalar. Eksperimentdagi o’zgaruvchi – o’rganilayotgan obyekt holatiga to’g’ridan-to’g’ri va bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. O’zgaruvchilar tizimi eksperimentdagi vaziyatda yetakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o’zgaruvchilar mustaqil va bog’langan bo’lishi mumkin. Mustaqil o’zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o’zgartiriladigan va eksperiment guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog’langan o’zgaruvchi – mustaqil o’zgaruvchi ta’sirida o’zgaradigan omil.

Eksperimentli vaziyat – eksperiment o’tkazilayotgan sharoitlar yig’indisi. U dala va laboratoriya sharoitida o’tkazilishi mumkin.

Eksperiment obyekti – ijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (eksperiment ishtirokchilari). Eksperimentda ikki xil obyekt: nazorat va eksperiment guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o’zgarishlar ro’y bergani yoki bermagani haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Eksperiment ishtirokchilarining soni, odatda, unchalik ko’p bo’lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi.

Eksperiment guruhi eksperiment omili (mustaqil o’zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht.

Nazorat guruhi eksperiment omillarining ta’sirini sezmaydi.

Agar eksperiment guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o’zgaruvchilar o’zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o’zgaruvchilar o’zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Nazorat guruhi qiyosiy birlik bo’lib xizmat qiladi.



Kengroq tarqalgan eksperiment metodlarini ko’rib chiqamiz.

Laboratoriya eksperimenti sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo’llagan holda ta’sir etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. Masalan, inson tafakkuri xususiyatlarini o’rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt ichida yechishi lozim bo’lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani bajarish ma’lum ballar miqdori bilan baholanadi, ballar yig’indisi esa aqliy rivojlanish darajasining ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.

Tabiiy eksperiment – sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga kiritilgan psixologik eksperiment, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining aralashuvisiz o’tkaziladi. Tabiiy eksperimentni hayotning o’zi qo’yadi, eksperimentviy vaziyat esa tadqiqotchining faol ishtirokisiz yuzaga keladi. Masalan, odam to’satdan kasal bo’lib qoldi, bunda kasallik uning psixikasi va hulq-atvoriga nisbatan biror-bir ta’sirga ega bo’lishi ma’lum. Qanday qilib? Bu savolga eksperimentdan javob topish mumkin, eksperiment davomida bemor psixolog tomonidan kuzatiladi va u bemorning kasalikkacha va kasallikdan so’nggi holatlarini qiyoslaydi.

Shakllantiruvchi (ta’limiy) eksperiment – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini yecha olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, ularni yechish tartibi tushuntiriladi. So’ngra ularga zarur malaka va ko’nikmalarni orttirishga ko’mak beriladi. Eksperiment yakunida olingan natijalar baholanadi.

Dala eksperimenti o’z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o’xshashdir, faqat u insonning real hayotidagi voqyelikda o’tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o’quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo’yicha eksperiment olib boriladi, buning ustiga, dastur o’quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni eksperiment natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular eksperimentgacha va eksperimentdan so’ng talabalar bilimini tekshiruvdan o’tkazadilar va eksperimentning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar.

Qayd etish eksperimenti deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro’y beradigan voqyelarni qayd etishdan iborat bo’lgan eksperimentga aytiladi. Qayd etish eksperimentsi tabiiy eksperimentdan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan natijalar o’zaro eksperimentgacha va eksperimentdan so’ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko’ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. Assotsiativ eksperiment – K.G. Yung, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo’ljallangan loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag’bat so’zlar to’plamiga javoban miyaga kelgan so’zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan tasavvurlar rag’bat-so’z va sinaluvchining javobi o’rtasidagi bir xil tasavvurlarning turi, qaytarilishi, vaqtiga ko’ra qayd etiladi.

S.L. Rubinshteyn eksperimentning to’rt xil o’ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan edi. Birinchidan, eksperimentda kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan hodisani yuzaga keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o’rganilayotgan jarayonning kechishi va ifodalanishi sharoitlarini o’zgartirishi mumkin. Uchinchidan, eksperimentda o’rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o’rnatish maqsadida, alohida sharoitlarni o’zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, nihoyat, to’rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini qo’llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o’zgartirishi mumkin.

Eksperiment metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi sustkashlikka yo’l qo’ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini kutib o’tirmasligi lozim. Eksperimentda tadqiqotchi sharoitlarni o’zi yaratganligi uchun bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko’rsatadigan ta’sirini ham to’laligicha hisobga olish imkoniyati tug’iladi. Sharoitlarning tadqiqotchi tomonidan yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning obyektiv tasdiqlanishi bo’lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’lumotlar to’planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini ochib beradi15.

64.Psixodiognostika metodi(proyektiv test)?

Shu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo’llashdagi maxsus yaratilgan sharoitlar o’rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo’rquv, o’zining ijobiy tomonlarini ko’rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o’z navbatida olingan ma’lumotlarning buzib ko’rsatilishiga olib keladi.

Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng ko’lamda olib borilmoqda.

Psixologiyaning obyektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash, aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini baholash yoki aniqlash maqsadida qo’llaniladigan test sinovlari ham kiradi.



Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo’yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o’rnatish uchun mo’ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o’zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o’rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o’zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo’yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo’lgan vazifalar to’rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to’g’riligi mezoni bo’yicha baholanadi. To’g’ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo’yilgan. Testning rag’bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak16.

Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko’rsatkichlari, masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so’nggi natijalari test ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, ko’p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo’li bilan olingan ko’rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.

Testlar bir necha mezonlarga ko’ra tasniflanadi. Maqsadga ko’ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo’linadi. Mazmuniga ko’ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo’naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko’ra testlar individual va guruhli bo’lib, quyidagi turlarga bo’linadi:

- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko’ra);

- blankli testlar («qalam va qog’ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko’ra;

- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);

- kompyuter testlari.

Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to’rt turga bo’linadi: 1) obyektiv, ko’pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emosional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o’lchash; 2) so’rov metodikalari yoki subyektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3) «qalam va qog’ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o’chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo’lini chizish va boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (ShGB).

Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo’llaniladi. Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa xavotirlanish darajasini aniqlashga mo’ljallangan.

Testlar juda xilma-xil bo’ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan:

1. Yutuqlarga erishish testlari – sinaluvchining aniq bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik tashhislash metodikalardan biri.

2. Idrok testlari – individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik tashhislash metodikasi.

3. Ijodkorlik testlari – insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o’rganish va baholash metodikalarining jamlanmasi.

4. Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi.

5. Loyihalash testlari – psixologik izohlashga, ya’ni, subyekt tomonidan xususiy xossalari va holatlarining ustun bo’lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi obyektlarga ko’chirilishiga asoslangan shaxsni yaxlit o’rganish uchun qo’llaniladigan metodikalar jamlanmasi.

64.Statistik metod?

Psixologlarning matematik metodlarga yondoshuvi va matematiklarning psixologik bilimlarga bo’lgan qiziqishlari psixologik muammolarning yechimini matematik yo’llar bilan topish ancha yillar oldin ishlatilgan. Bir necha marotaba psixologiyani normal eksperimental fan sifatida talqin qilish holati bo’lgan. Psixologiyani ishlab chiqqan olimlar o’zlarida fizika o’xshash o’lchovlarni bo’lishi xohlashgan. 1882 yilda I.F.Gerbart Londondagi qirollik akademiyasida «Psixologiya fanida matematik metodlarni qo’llashning zarurati» mavzusida ma’ruza bilan chiqdi. Bu ma’ruzada umumiy metodologik holatlardan tashqari, matematik metodlarni psixologiyadagi zarurati haqida ham so’z yuritilgan, muallif tomonidan Men konsepsiyasining matematik modellari tavsiya qilingan. Gerbartning shogirdi M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning o’rganish asoslari» nomli kitobini nashr qildirdi.

Birinchi matematik psixologiyalar psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner, V.Vundt, F.Galton) bu materiallarda o’lchovlar orasidagi qo’zg’aluvchilar o’rtasidagi farqlar (obyektiv stimullar), o’zgaruvchan reaksiyalarning farqlarini o’rgangan (subyektiv sezgilar), psiometrikada ham matematik statistika qo’llanilgan (F.Galton, K.Pirson, Ch.Spirmen, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko’rsatkichlarni tahlil usuli orqali o’rganilgan, testlarni faktorli tahlil orqali tuzishni o’rganishgan.

Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Galtonni sanab o’tishimiz mumkin (1914). U birinchi bo’lib biologiya va psixologiyada statistik tahlilni ishlatgan. Psixologiyaga test va savolnomalarni tahlilini kiritgan (test so’zini ham), tadqiqotning egizak usulini yaratgan. U tomonidan sensor reaksiyalarni o’lchash asbobi yaratilgan. 1888 yilda Galton tomonidan London akademiyasida «Korrelyasiya va uni o’lchash, antrometrik ko’rsatkichning avzalliklari» mavzusida ma’ruza qildi.

Galtonning g’oyasini uning shogirdi K.Pirson davom ettirdi u o’zgaruvchanlik o’rtasidagi o’zaro aloqalarni formula yordamida ko’rsatib berdi (korrelyasiya koeffisiyenti)17. Pirsonning diqqat e’tibori diskret va to’xtamaydigan muammolar tahliliga qaratildi, bular psixologlar uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanilgan. Pirson o’zining g’oyalari va yutuqlarini «Evolyusiya nazariyasiga matematik ta’sir» nomli kitobida keltirib o’tgan. G. Fexner tomonidan psixofizika qonuni psixologiyaning hamma sohalarida qo’llanila boshlandi. XIX asrning oxirida V.Vundt sezgilarning uch o’lchamli modeli ustida ish olib bordi.

Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o’zini kuzatish (introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so’rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xrono-metriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o’rtasidagi aloqani o’rnatish) metodlar kiradi.

Psixologlarning matematik metodlarga yondoshuvi va matematiklarning psixologik bilimlarga bo’lgan qiziqishlari psixologik muammolarning yechimini matematik yo’llar bilan topish ancha yillar oldin ishlatilgan. Bir necha marotaba psixologiyani normal eksperimental fan sifatida talqin qilish holati bo’lgan. Psixologiyani ishlab chiqqan olimlar o’zlarida fizika o’xshash o’lchovlarni bo’lishi xohlashgan. 1882 yilda I.F.Gerbart Londondagi qirollik akademiyasida «Psixologiya fanida matematik metodlarni qo’llashning zarurati» mavzusida ma’ruza bilan chiqdi. Bu ma’ruzada umumiy metodologik holatlardan tashqari, matematik metodlarni psixologiyadagi zarurati haqida ham so’z yuritilgan, muallif tomonidan Men konsepsiyasining matematik modellari tavsiya qilingan. Gerbartning shogirdi M.F.Drobish 1850 yilda «Matematik psixologiyaning o’rganish asoslari» nomli kitobini nashr qildirdi.

Birinchi matematik psixologiyalar psixofizika sohasida ishlatilgan (G.Fexner, V.Vundt, F.Galton) bu materiallarda o’lchovlar orasidagi qo’zg’aluvchilar o’rtasidagi farqlar (obyektiv stimullar), o’zgaruvchan reaksiyalarning farqlarini o’rgangan (subyektiv sezgilar), psiometrikada ham matematik statistika qo’llanilgan (F.Galton, K.Pirson, Ch.Spirmen, L.Terstoun), bunda psixodiagnostik ko’rsatkichlarni tahlil usuli orqali o’rganilgan, testlarni faktorli tahlil orqali tuzishni o’rganishgan.

Psixologiyada birinchi tadqiqotchi sifatida F.Galtonni sanab o’tishimiz mumkin (1914). U birinchi bo’lib biologiya va psixologiyada statistik tahlilni ishlatgan. Psixologiyaga test va savolnomalarni tahlilini kiritgan (test so’zini ham), tadqiqotning egizak usulini yaratgan. U tomonidan sensor reaksiyalarni o’lchash asbobi yaratilgan. 1888 yilda Galton tomonidan London akademiyasida «Korrelyasiya va uni o’lchash, antrometrik ko’rsatkichning avzalliklari» mavzusida ma’ruza qildi.

Galtonning g’oyasini uning shogirdi K.Pirson davom ettirdi u o’zgaruvchanlik o’rtasidagi o’zaro aloqalarni formula yordamida ko’rsatib berdi (korrelyasiya koeffisiyenti)18. Pirsonning diqqat e’tibori diskret va to’xtamaydigan muammolar tahliliga qaratildi, bular psixologlar uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanilgan. Pirson o’zining g’oyalari va yutuqlarini «Evolyusiya nazariyasiga matematik ta’sir» nomli kitobida keltirib o’tgan. G. Fexner tomonidan psixofizika qonuni psixologiyaning hamma sohalarida qo’llanila boshlandi. XIX asrning oxirida V.Vundt sezgilarning uch o’lchamli modeli ustida ish olib bordi.

Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o’zini kuzatish (introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so’rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xrono-metriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o’rtasidagi aloqani o’rnatish) metodlar kiradi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish