Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli
Reja:
Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi
xususiyatlari.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
erishish mexanizmi.
Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.
Retsession va inflyatsion uzilish.
1. Klassik iktisodchilarningg iktisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining kamayishiga olib kelmaydi.
Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chikarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iktisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi.
Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.
R
S
R
I
I, S
I=S
Do'stlaringiz bilan baham: |