Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

tajriba o‘tkazish 
ham o‘ziga xos qiziqarli va 
muhim hisoblanadi. Tajriba orqali ko‘p qiziqarli marketing ma’lumot- larini, 
omillarning bir-biriga bog‘liqligini aniqlash mumkin. Masalan, reklama 
vositalarining xaridorlar strukturasiga ta’siri, narx – navoning bozor 
konyunkturasiga ta’siri kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. 
Ochiq tajriba shundan iboratki, o‘rganilayotgan obyekt tajribaning 
maqsadidan xabardor bo‘ladi va aksincha, tadqiqot maqsadi noaniq 
bo‘lganda o‘rganilayotgan obyekt nima maqsadda uni so‘roq qilayot- 
ganlarini bilmaydi. Amaliyotda marketing maqsadlariga erishish uchun turli 
tajribalar o‘tkaziladi. Test savollar o‘tkazish joyiga, obyektiga, shaxsiga, 
muddatiga, hajmiga, test qilinayotganlarning soniga qarab tizimlashtiriladi. 
Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi va umum- lashtiriladi. Tartibga solingan 
test savollari masalan, ish haqi miqdoriga qarab xaridorlarning sotib olish 
qobiliyatini, xarid qilish xulq-atvorini o‘rganish kabi savollar bilan axborotlar 
yig‘iladi. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborotlar ishlanadi, 
umumlashtiriladi, interpretatsiya qilinadi. Axborotlarni qayta ishlash uchun 
yozma va tahlil uslublari ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublardan – 
trendlar tahlili, chiziqsiz regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskreminant 
tahlil, klaster tahlili, omilli tahlil, miqdoriy va sifat tahlillari kabilar 
qo‘llaniladi. 
3.4.
 
Marketing axborotlarining asosiy elementlari 
 
Marketing bo‘yicha adabiyotlarda bozorni o‘rganish, marketing 
tadqiqotlari, sotuv jarayonini tadqiq etish kabi tushunchalar ko‘p uchraydi. 
Bular bir-biriga o‘xshash sinonim tushunchalarga bo‘lib, gohida ularni 
chalkashtirib yuborishadi. Bular ichida 
marketing tadqiqotlari 
juda keng 
tushuncha bo‘lib, u firma marketing qarorini qabul qilishi uchun axborot 
yig‘ish, uni tizimga solish, tahlil etish umumlashtirish asosida marketing 
qarorlarini qabul qilish va biznes faoliyatini asoslashdan iborat. Bozorni 
o‘rganish esa tizimli va uslubiy jihatdan joriy holatda bozorni izlash, uni 
o‘rganish va unda qanday harakat qilish kerakligini hal qilishdir. Firmalar 
faoliyatida har qanday qaror qabul qilish jarayoni turli omillarga, tashqi va 
ichki ta’sir kuchlariga bog‘liq. Marketing faoliyati qarorlari ham juda ko‘p 
axborot manbalarini tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Shuning uchun 
marketolog samarali marketing qarorlarini qabul qilishi uchun marketingga 
oid terminlarning tub mohiyatini bilishi va har birining maqsadidan kelib 
chiqqan holda tahlillarga asoslanishi kerak. 
Har bir marketing tadqiqoti u iste’molchini o‘rganishga yoki bozorni 
o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qatiy nazar uning o‘ziga xos usullari, 
izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 
iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati, 
moliyaviy ta’minlanganligi va h.k. 
F. Kotler marketing tadqiqotlari o‘tkazish usullarining shaklla- nishini, 
vaqt o‘tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiy- matematik 
usullar bilan amalga oshirilish evolyutsiyasini ko‘rsatib o‘tgan (1974 y.). 


66 
Tadqiqot maqsadi – muammo aniqlangandan so‘ng tegishli axborotlarni 
masalan, bozor ulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va 
boshqalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Har qanday marketing tadqiqotiga 
ijodiy yondashish kerak. Ma’lumotlar ba’zasida har bir ko‘rsatkich bir-biriga 
bog‘liq bo‘lib, o‘zgaruvchi va o‘zgarmas kattaliklarni tahlil qilishda ularga 
ta’sir etuvchi tashqi omil kuchlarini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Tadqiqot tarkibini to‘g‘ri belgilash, ketma-ketlikka rioya qilish zarur. 
Marketing faoliyatinig asosiy elementi (marketing tadqiqoti bo‘lganligi 
uchun) optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, axborotlar 
tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot samarasini kafolatlovchi muhim 
omildir. 
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavhumligini, tijorat riskini 
kamaytirish va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing 
faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yig‘ib borish, 
aks ettirish va tahlil qilishdir. 
Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish 
uchun qanday axborot zarur” degan savolning javoblari tadqiqoti aniqlab 
beradi. 
Tadqiqot maqsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi 
turlarga ajratiladi: o‘rganish (razvedka), tariflash, sabablarni aniqlash. 
O‘rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va 
taxminlarni yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotni 
yig‘ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasigasabab 
yomon reklama, deb taxmin qilingan, ammo o‘rganish tadqiqotiyetarli 
darajada bo‘lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlashtizimining 
yomon ishlashi ekanligini, uni marketing tadqiqotlariningkeyingi 
bosqichlarida yanada batafsilroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatdi. Tariflovchi 
tadqiqot – 
marketing 
muammolarini 
tariflashga 
yo‘naltirilgan, masalan, 
demografik 
holat, 
kompaniya 
mahsulotigaiste’molchilarning munosabati kabi. Bunday 
turdagi tadqiqotlarni olibborishda 
odatdakim, 
nima, qayerda, qachon 
va 
qanday, deganso‘zlardan boshlanuvchi 
savollarga 
javob izlanadi. Masalan, 
firmamahsuloti iste’molchilari 
kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotiniqayerda xarid qilishadi? Ushbu 
mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid 
qilishadi? Sotib olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi? 
Sabablarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat 
aloqalariga tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur 
tadqiqot asosida biror-bir hodisani “agar X bo‘lsa, unda Y bo‘ladi” 
ko‘rinishdagi mantiqiy bog‘lanish asosida tushunishga intilish yotadi. Sabab- 
oqibat bog‘lanishi maxsus tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanishi 
mumkin. Tajribalar o‘tkazishda mustaqil o‘zgaruvchilar (narxlar, reklama 
xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o‘zgarishlarga bog‘liq o‘zgaruvchilar 
(sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi va h.k.) qanday javob qaytarishi 
aniqlanadi. 
Marketing tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 


67 
Vazifalarni belgilash. Firma oldida turgan 
muammolarni aniqlash 
Marketing izlanish maqsadlarini 
aniqlash 
Potensial axborot manbalarini 
belgilash 
Axborot to‘plash va 
klassifikatsiyalash 
To‘plangan ma’lumotlarni 
tahlil etish 
Kerakli tavsiyalarni 
berish 

bozorni o‘rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanishyo‘nalishi); 

iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish; 

raqobatchilar faoliyatini o‘rganish; 

talablarni qondirish bo‘yicha firma ichki imkoniyatlarini o‘rganish; 

marketing majmuasi unsurlarini o‘rganish (tovar, baho, sotuv, 
reklama); 

marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o‘rganish. 
3.3 - rasm. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish