60
ikkilamchi axborot- larga kiradi.
Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagi tashqi manbalardan olinadi:
– xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus adabiyotlar,
ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqotlar,
davriy matbuot, milliy va
xalqaro rasmiy nashr manbalari (jurnallar, statistik to‘plamlar, byulletenlar,
Davlat organlari nashrlari, vazirliklar yillik hisobotlari, hokimiyat va boshqa
ma’muriy organlarning rasmiy ma’lu- motlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari
va statistik ma’lumotlari, yillik statistik to‘plamlar, tarmoq firmalari va
qo‘shma
korxonalar axborotlari, maxsus kitoblar, jurnal va gazeta
ma’lumotlari, ilmiy-tadqiqot inistitutlari,
loyiha institutlari xalqaro
simpoziumlar materiallari asosidagi nashrlar, narxlar ro‘yxati (price list),
kataloglar va bukletlar, internet resurslarining mazmuni tahlilidan olingan va
h.k. ma’lumotlar hisoblanadi.
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin
bo‘lgan va sindikativ ma’lumotlar, deb ataluvchi
keng omma foydalana
olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turlarga bo‘lish
mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat
tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini
baholab beradi. Bu axborotlarning qanchalik muhim ekanligini to‘g‘ri
tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar aniq bir masalani hal
etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga erishilsa tegishli axborotni
olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga
materiallarga tez va oson
erishish, ularning nisbatan arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini
tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi axborotlar
kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim:
ular eskirib qolgan, yetarli
darajada ishonchli va to‘liqbo‘lmasligi mumkin.
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
-
birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga qaraganda
kabinet tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam.
-
ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq qilish
uchun zarur bo‘lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo‘lmaydi;
-birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma
faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi.Agar
ikkilamchi
axborotning
tahlili
uning
yetarli
emasligidan
guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul
qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumot-
larni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi.
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun
maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: