Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 
 
4.1.
 
Marketing tizimi haqida tushuncha 
 
Marketing nazariyasi iqtisodiy asoslarining shakllanish jarayonini XIX 
asrning 40-yillarida boshlangan, deb hisoblansada, u hozirgi paytgacha ham 
kam o‘rganilgan va munozarali bo‘lib qolmoqda. Marketing jarayonlarini 
yaxshi tariflovchi izchil nazariyalar umumiy metodologiya tamoyillari va 
qoidalarni yaratishga urinishlar marketing faoliyatini ishlab chiqarish va 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan fan asoslari bilan bog‘lashga 
yordam bergan bo‘lsada, biroq bozor sharoitida biznes-hamkorlarning 
samarali o‘zaro harakatlarini tahlil qilish va bashoratlash uchun nazariy asos 
yarata olmadi. Bunga marketing qarorlarining iqtisodiy samaradorligini 
baholash 
metodlari 
va 
metodologiyasini 
iqtisodiy 
talqin 
qilish 
(sharhlash)ning murakkabligi ham sabab bo‘ladi. 
Bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi marketing 
texnologiyalarini faol ravishda firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq etishni 
taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, raqobat siyosati 
va monopoliyaga qarshi siyosatnig kuchayishi sof raqobatni vujudga keltirib, 
firmalarni o‘z faoliyatiga jiddiyroq e’tibor berishga undaydi. Tadbirkor, 
biznesmen va ishlab chiqaruvchilarning marketing kompleksi va 
metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar bilan asoslanadi. 

Iqtisodiyotni boshqarishga demokratik yondashuv xo‘jalik yuri- 
tuvchi subyektlarga erkinlik beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat qilish, 
faoliyatni cheklash kabilarga esa qonuniy tomondan barhamberiladi. 

Raqobat sharoitida ilgarigi boshqaruv tizimi asosida faoliyat 
yuritishning samarasiz ekanligi. 

Bozor konyunkturasining keskin o‘zgarib turishi sharoitida 
tadbirkorlik korxonalarining marketingga murojaati boshqarishga boshqacha 
yondashuv zarurligini taqozo qiladi. 

Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovat- sion 
yondashuv, axborot texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez rivoji, 
tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish 
orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing bevosita ta’sir etadi. 
Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga xos 
xarakterga ega. Mahsulot ishlab chiqaruvchidan to oxirgi iste’molchiga yetib 
kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu orada savdo funksiyalari 
bilan chakana va ulgurji xaridolar shug‘ullanadilar. Ulgurji xaridor foyda 
olish maqsadida tovarni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib olib 


76 
uni boshqa shaharlarga, savdo tarmoqlariga tarqatadi va shu orqali o‘zi 
narxlarni belgilab foyda ko‘radi. Bu yerda ulgurji xaridor iste’molchi emas, 
balki vositachi rolini o‘ynamoqda. Bu o‘rinda ulgurji xaridor tovar va 
xizmatlarga talabni shakllantiradi, o‘z navbatida bozorni o‘rganib, raqobatchi 
firmalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir 
muhim qismi bu tadqiqotlar asosida yangi innovatsion tovar yaratish 
bosqichi. Ilmiy tadqiqotlar, benchmarking orqali yangi texnologiyalar va 
tovar turlari yaratiladi. Kelajakda shakllanishi mumkin bo‘lgan potensial 
talab hajmlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda yaratiladigan mahsulotning 
texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, naflilik darajasi kabilarni modellash- tirish 
amalga oshiriladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun firmaning 
resurslari va moliyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. Tajriba – sinov 
laboratoriyalarida mahsulotning namunalari chiqariladi va sinovdan 
o‘tkaziladi. Iste’molchi va ekspertlarning fikri tahlil qilinib, uning dizayni
kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari haqida qaror qabul 
qilinadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish