31
ta’minlash. Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar kalkulyat-
siyasini hisoblash va samarani baholash.
Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Marketing miksning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinat- siyalari
soni quyidagi formula orqali topiladi.
K=n
a
…
K
— marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni;
a
– instrumentlar soni;
n
— marketing– miks tarkibida submikslar soni. Kombinatsiyalar soni
qancha ko‘p bo‘lsa, marketing chora-tadbirlarini qo‘llash
imkoni ham
shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal marketing – miksni
topish masalasi ko‘ndalang turadi.
Marketing, miksning optimizatsiya jarayoni marketing budjetini
kengaytirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lib, turli marketing tadbirlarini
o‘tkazishni talab etadi. Ba’zi muhim omillarni, ya’ni tovar yoki xizmat narxi,
chegirmalarni o‘zgartirish orqali kutilgan natijalarni olish mumkin.
Marketingning
har bir submiksi ham taktik, ham strategik vosita
(instrument)ga, tovar, kelishuv, taqsimlash siyosatlari esa ko‘p- roq strategik
ahamiyatga ega. Kommunikativ siyosat esa taktik ahamiyatga ega bo‘lib,
tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida ko‘proq ishlatiladi. Optimal
marketing-miks shunday marketing instrumentlarining kombinatsiyasidan
iboratki, uning natijasida firma ko‘zlagan
maqsadiga, marketing budjetini
oqilona, ya’ni ratsional sarflagan holda erishadi. Marketing-miks har bir
elementining ahamiyati korxona turiga (savdo, ishlab chiqarish,
vositachi
firma), tovar turiga va xaridorning xulq-atvoriga bog‘liq. Ba’zi tovarlar
uchun narx muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalari (kundalik iste’mol
tovarlari, qimmat- baho uy buyumlari, zargarlik mahsulotlari) uchun hal
qiluvchi ahami- yatga ega emas. Standartlashtirilgan
yoki bir maqsadda
ishlatiladigan mahsulotlar (benzin, elektr energiyasi, gaz) uchun tovar
siyosati uncha ahamiyatga ega emas, bunday strategik
mahsulotlarga davlat
tomonidan narxlar o‘rnatiladi. Keng iste’mol tovarlari, uzoq muddat
foydalanadigan tovarlarga narx siyosatining ta’siri katta. Raqobat va bozor
mexanizm- lari faol ishlayotgan davlatlarda
marketing instrumentlarini
qo‘llab hatto kun davomida ham narxlarga korrektirovka kiritish
mumkin. Narx –navo bozor konyunkurasiga jiddiy ta’sir etuvchi omildir.
Bosh maqsad.
Funksional bo‘limlar maqsadi.
32
Tovar
siyosati
Taqsim-
lash
siyosati
Kelishuv
siyosati
Yo‘q
Firmaning marketing taqsimotlari.
Firma natijaviy ko’rsatkichlari reja
bilan mosmi?
Do'stlaringiz bilan baham: