IV. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti
4.1. Talabalarga berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha
dastlabki ko‘rsatma va tavsiyalar qayd etiladi.
4.2. Mustaqil ishni bajarish uchun magistrga axborot manbai sifatida darslik
va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar
to‘plami, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli
ma’lumotlar va boshqalar xizmat qiladi.
4.3. Universitet axborot-resurs markazida magistrlarga mustaqil ishlarni o‘z
vaqtida bajarish uchun komp’yuter texnikasi va internet tarmog‘idan samarali
foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilib beriladi.
V. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish va baholash
5.1. Har bir fan bo‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish professor-
o‘qituvchi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo‘limi (1540 soat doirasi)da
qayd etiladi.
5.2. Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan
konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
5.3. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib
boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
5.4. Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan
soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo‘yicha magistrning
umumiy reytingiga kiritiladi.
5.5. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o‘quv yili (semestr)
boshida e’lon qilinadi.
27
5.6. Talabaning mustaqil ishi kafedrada o‘quv yili mobaynida saqlanadi.
VI. Mustaqil ish mavzulari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
1-mavzu: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” – Oliy va umumiy ta’lim
maktablari amaliyotida.(2 soat)
Uslubiy ko‘rsatma.
O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning
asosiy tarkibiy qismlari; shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va
jamiyat—davlat va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va
nazorat qilishni amalga oshiradi, hamda fuqarolarning o‘rta umumiy ta’lim, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim turlarini olish
xuquqini kafolatlaydi; uzluksiz ta’lim va uning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari
ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi,
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, xar
tomonlama komil insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi, iqtidorli yoshlarni
aniqlash;
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim,
umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan
keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan
tashqari ta’lim; fan—tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi yangi fundamental va
tadqiqiy bilimlarni shakllantirish, yuqori malakali ilmiy va pedagogik kadrlar
tayyorlash sohasi sifatida; ishlab chiqarish — kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni,
shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va
moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Pedagoglik (o‘qituvchi-muallim, tarbiyachi-murabbiy) kasbi. Pedagoglik
kasbining paydo bo‘lishi va ravnaq topishi. Sharq mutafakkirlari (Al-Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy va
boshqalar) va g‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining to‘tgan qrni
haqida. o‘qituvchi-bakalavrning asosiy vazifalari, burch va mas’uliyatlari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida bakalavr o‘qituvchining asosiy
xizmat vazifalari va uning shaxsiga qo‘yilgan talablar. O‘qituvchi- murabbiyning
o‘ziga xos fazilatlari ilmiy dunyoqarashi va insonparvarligi. Uning ijtimoiy-
pedagogik nuqtai nazari, barkamol avlod tarbiyasi uchun o‘qituvchi-murabbiyning
jamiyat oldidagi mas’uliyati, uning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari. Pedagog
iste’dodi va qobiliyati. o‘qituvchi-murabbiyning pedagoglik ahloq-odobi va
nazokati, uning o‘quvchilar, ota-onalar va xamkasblari bilan muloqoti.
Pedagogik mahoratni egallash yo‘llari. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy,
Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy
salohiyati va pedagogik madaniyati. Ularning pedagogika fani va maorif rivojiga
28
qo‘shgan xissasi. hozirgi sharoitda o‘qituvchi-murabbiy shaxsiga ko‘yilgan
talablarning ortib borishi. O‘zbekiston Respublikasi xalk o‘qituvchisi-pedagogik
maxorat ustasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |