bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
4
KIRISh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmonida: mustaqil
ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va
ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish,
o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va
texnologiyalarni
joriy
etish,
o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim
standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va
o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish; fanlarni o‘zlashtirishda talabalar
orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; gumanitar
va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish,
pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va
dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish,
mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik
ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga
xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni
yetkazib berish; barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha
talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini
rivojlantirish asosida talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab
borish; fan sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning kasbiy muloqot
maydonchalarini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng
jalb etish hamda «tyutorlik» tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali
talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish kabi qator vazifalar
belgilab berilgan.
Darhaqiqat, talaba agar mustaqil ishlashni o‘rganmasa, o‘z sohasini chuqur
egallay olmaydi. Kitoblar, darsliklar bir vosita, xolos. Unda «mix bor va uni
bolg‘a bilan urish kerak» deyiladi, xolos. Kitob fanning asosini o‘rgatadi. Lekin
5
bu jarayonni qanday amalga oshirishni to‘liq tushuntirmaydi. Ayniqsa, ta’lim
jarayonini samarali tashkil etish borasidagi muammolar yechimining turlicha
yo‘llari bor. Buni faqat kitob yoki o‘qituvchidan o‘rganib bo‘lmaydi. Yechimlarni
qidirish ustida mustaqil izlanish talab etiladi.
Dars mashg‘ulotlari davomida talabalarga fan bo‘yicha adabiyotlarni
tavsiya etish bilan birga mustaqil ishlashi uchun metodik qo‘llanmaning tavsiya
etilishi, ularning boshlang‘ich ta’lim jarayonini innovatsion va integratsion tashkil
etish orqali samaradorlikka erishishga yordam beradi, talabaning ushbu fanda
olgan bilimlarini, hayotiy tajribasini fikran mustaqil mushoxada qilish va kerakli
xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. Talabalarning mustaqil ishi uchun aynan
ushbu mavzu tanlanishining sababi shundan iboratki, uni bajarish uchun
talabadan pedagogika yo‘nalishida o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha ma’lum bilim,
mustaqil izlanish talab etiladi, ko‘chirmachilik imkoniyati kamayadi, chunki har
bir insonning boshqaga o‘xshamaydigan o‘ziga xos hayot yo‘li bor
Mustaqil ishni bajarishda talaba pedagogika, innovatsion pedagogika,
integratsiya, pedagogik kompetentlik, pedagogik diagnostika, didaktika,
pedagogik mahoart fanlarida olingan bilimlarini amalda namoyan etishi zarur
bo‘ladi. Mustaqil ishda tavsiya qilinayotgan mavzuga metodik taklif va tavsiyalar,
adabiyotlar, saytlar ro‘yxati berilgan.
Mustaqil ishni tayyorlashda talabalarning mavzuga ijodiy yondashuvi
qo‘llab quvvatlaniladi.
MUSTAQIL TA’LIMNING MOHIYaTI
Talabalar o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bilvosita boshqaruvida, u
bergan vazifa, darslik asosida individual bajaradigan ishi mustaqil ish hisoblanadi.
Talabalarning mustatsil ishi utsuv jarayonining ajralmas qismidir. O‘quv
materiallarining
talabalar
tomonidan
mustaqil
o‘zlashtirilishini
6
takomillashtirmasdan zamonaviy ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarni talab
darajasida bajarish mumkin emas.
O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli so‘zsiz katta.
Pedagogdan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida olgan
bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi.
Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga kuyilgan vazifalarni bajarish,
talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy
o‘sishini rag‘batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda pedagoglarning
mas’uliyatini oshirish zarur.
Talaba va pedagog mustakil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini
tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustakil ish pedagogi uchun emas, balki uzi
uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini
tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi
zarur.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarining kirib kelishi
hamda o‘qituvchining bu yo‘nalishdagi tajriba-sinov ishlari, ularni tizim holiga
keltirish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish o‘qituvchining tadqiqotchilik
faoliyati asosidagina o‘z samarasini berishi mumkin.
Axborot hamda kommunikatsiya asri bo‘lgan hozirgi davrda talabani informatsion
texnologiyalar bilan qurollantirmasdan, dars materiallarini axborotlashtirmasdan
turib, mustaqil fikrlovchi faol shaxsni tarbiyalash mumkin emas.
Mamlakat taraqqiyoti jamiyat a’zolarining mustaqil fikrlashi, ijtimoiy
faolligi va ilmiy salohiyati bilan belgilanadi. Talabalar mustaqil ishlariga e’tiborni
kuchaytirishdan asosiy maqsad jamiyat va tabiatdagi o‘zgarishlarni insoniyat ongli
ravishda anglab yetishi, uning qonuniyatlari asosida inson manfaatlarini
yuksaltirish milliy va madaniy boyliklarga ongli munosabatni shakllantirishdan
iborat.
Talabalarning mustaqil ishlarini bajarishi jarayonida hissiy idrok etish,
abstrakt tafakkur, amalda sinab ko‘rish o‘z ifodasini topadi. Talabalar mustaqil
ishlarining bajarilishi jarayoni yaxlit tizimga ega bo‘lib, asosan uzluksiz ta’lim
jarayonida shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Uning dastlabki bosqichi maktab
davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilarda mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha
boshlang‘ich tushunchalar shakllanadi. Keyingi bosqichlarda bilim, ko‘nikma va
malakalar hosil qilinadi. Tizimning yuqori bosqichlari mustaqil ishlarni olib
borishning amaliy tatbiqini ifodalaydi.
7
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid
ko‘nikmalarning
quyidagi asosiy tarkibiy
qismlari shartli ravishda belgilandi: motivatsion, gnostik, ilmiy-ijodiy faoliyat
ko‘nikmalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |