Мустақил таълим учун материаллар kirish reja Biologiya fanlari sistemasi. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 0,74 Mb.
bet17/46
Sana21.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#2128
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Irsiyatning molekulyar asoslari
Reja
1. Nuklein kislotalar. Ularning tuzi-lishi tarkibi.
2. DNK va RNKning tuzilishi va farqi.
3. DNK va RNK sintezi
NUKLEIN KISLOТALAR. ТUZILIShI VA FUNKSIYaLARI
Nuklein kilsotalar 1869-yilda oq qon tanachalari (yiring hujayralari)ning yadrosidan shveysariyalik olim Fridrix Misher tomonidan ajratib olingan. Ular tarkibida fosfat kislota bo’lganligi va kislota xarakteriga ega ekanligi, hamda yadrodan (yadro lotincha nusleus) ajratib olinganligi, ilgari noma’lum bo’lgan va birikmalarni nuklein kislotalar nomi bilan atashga asos bo’ldi.
Nuklein kislotalarning hujayrada tarqalishi, bajaradigan funksiyasi va tuzilishi bo’yicha bir-biridan farq qiladigan ikki turi mavjud. Ulaming biri dezoksiribonuklein kilsota. DNK hujayrada asosan yadroda joylashgan va axborotni saqlash, avlodlarga o’tkazish funksiyasini bajaradi. Uning molekulasidagi uglevod komponent pentoza dezoksiriboza bo’lganidan u shu nomni olgan. Ikkinchisi, ribonuklein kislota, RNK asosan hujayra sitoplazmasida ribosomalarda joylashgan. Uning bir nechta tiplari bo’lib, hammasi oqsil sinlszida qatnashadi. Ribonuklein kislotalarning uglevod komponenti ribozadir. Har bir tirik organizmda nuklein kislotalarning har ikki luri DNK ham, RNK ham mavjud. Faqat vimslarda bularning bir turi, DNK yoki RNK bo’ladi.
Nuklein kislotalar yuqori molekulyar polimer bo’lib, juda ko’p monomerlardan tuzilgandir. Ular nukleotid deb ataluvchi monoim-ilardan lashkil topganliklari uchun polinukleotid deb ataladilar. liar bir mononuklsolid fosfat, monosaxarid pentozariboza yoki dezoksiribozaslan va a/ot asosidan: purin yoki pirimidindan tashkil topgan. Azot asoslarini ko’pincha nomlarning bosh harflari bilan ko’rsatish qabul qilingan: adenin L (L), guanin G (G), sitozin S (S), uratsil U (U), timin Т (Т).
Nuklsoliddan fosfat kislota ajralgandan ksyin qolgan azot asosi va uglevoddan iboral ikki komponentli birikma nukleozid deb ataladi. Nukleozid bir, ikki va uch fosfat kislota qoldig’i bilan birikkan bo’ladi, ular nukleozid monofos-fat, difosfat, trifosfat deb ataladi.
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydilar va juda ko’p fiziologik jarayonlarda muhim o’rin tutadilar. Bir qator erkin nukleotidlar fermentlarni faol koferment gruppalari sifatida fermentning katalitik reaksiyalarini ta’minlaydi.
Polinukleotidlarning tuzilishi. Nukleotid kislotalami tashkil etadigan polinukleotidlarning molekulyar massasi 20000 dan bir necha million-gacha. RNK, DNKga nisbatan ancha sodda, molekulyar massasi ham kichikroq, tarkibiga kira-digan mononukleotidlar soni 70 dan 3000 gacha, DNKda esa milhongacha yetadi.
Polinukleotid molekulasida mononukleotidlar o’zaro fosfat kislota orqali bog’langan. (10-rasm).
Dezoksiribonuklein kislota. DNK barcha tirik organizmlarda va bir qancha vimslarda mavjud. U irsiyatning asosiy materiah, genetik axborotni saqlaydi va nasldan-naslga o’tkazadi.
10-r a s m. Polinukleotid
Uotson va Krik taklif qilgan qo’sh spiral tuzilishi. modeliga muvofiq, DNK molekulasi faraz etiladigan o’q atrofida biri ikkinchisiga spiral hosil qilib o’ralgan burama shakldagi ikkita zanjirdan iborat. Zanjirlar uglevod fosfat zanjiridan, tuzilgan, ulardan spiral ichiga ma’lum doimiy oraliqda azot asoslari tortilgan. Bu ikkita zanjir identik, bir-biriga to’la mos keladi va komplementardir (lotincha komplement — toiatish so’zidan olingan). Lekin ikkita zanjir bir-biriga qarama-qarshi yo’nashda antiparallel o’rin olgan.
Zanjirlarni bir-biriga mos va komplementar bo’lishi ham bir zanjirdagi purin asosi qarshisida ikkinchi zanjirda pirimidin asosi bo’lishini talab qiladi. Bunda birinchi qo’sh asoslar A-Т orasida ikkita, ikkinchi G-S orasida uchta vodorod bog’lar hosil bo’ladi. DNK irsiy axborot xazinasidir. Bu axborot butun DNK molekulasida joylashgan nukleotidlar tarkibida, ularning birin-ketin kelishi shakhda yozilgan. DNK va nukleotidlarning joylashish tartibi RNK molekulalari sintezlanganida komplementarlik asosida ularning strukturasini, nukleotidlar tartibini belgilaydi.
Ribonuklein kislotalar. RNK molekulasi ham DNK molekulasi kabi polinukleotid zanjirdir, lekin RNK zanjiri DNK zanjiridan ancha farqlanadi. Atsalo farq uglevod komponentlariga bog’liq. RNK tarkibida pentoza, riboza bo’lsa, DNKniki — dezoksiribozadir. Nukleotidlar qatorida ham farq bor. DNK molekulasidagi pirimidin asoslaridan spiral biri timin RNK molekulalarida deyarli uchramaydi, o’rniga DNK molekulalarida bo’lmaydigan uratsil kiradi. Lekin eng muhim farq RNK molekulasining bir zanjirli, DNK molekulasining esa qo’sh zanjirli tuzilishidadir. DNK bilan RNK molskulalari orasidagi bu farqlar ular molekulala lining katta-kichikligi, m hujayatla joylashishi va bajaradigan funksiyasiga rnuvofiq keladi.
RNK, asosan siloplazmada, uning ko’p qismi ribosomada joylashgan. RNKning uch lipi bor: transport RNK, ribosomal RNK, informatsion RNK. Ularning hammasi ham oqsil sintezida qatnashadi.
Тransport RNK (tRNK) hujayradagi ribonuklein kislotalarning eng sodda tipi, ulartarkibigakiradiganmononukleotidlarning soni ham 75 dan l00gacha, molekula massalari ham kichik, 23000—30000 ga teng. Har bir hujayrada har bir aminokislota uchun maxsus, spetsifik tRNK mavjud. (RNK birlamchi strukturasining ayrim qismlarida nukleotidlar qo’sh bog’lar tashkil qilib birikishi natijasida "beda bargi" nomi bilan yuritiladigan ikkilamchi struktura kelib chiqadi. Uning bir uchi (oxirgi nukleotid) faollashgan aminokislotani biriktirishga mo’ljallangan bo’lib, aminoatsil uchi (akssptor shoxobcha) deb ataladi. Uning ikkinchi uchida antikodon deb ataluvchi uchla nukleotidlarning o’ziga xos qatori — triplet joylashgan. tRNK o’zining anlikodoni bilan iRNK aminokislota kodoniga komplementar bo’ladi va shu tripletga birikadi (13-rasm).
Hujayrada tRNKlar o’ziga xos ajoyib funksiyani bajaradi. Oqsil sintezi jarayonida faollashgan aminokislotani aminoatsil uchiga biriklirib olib, uni ribosomadagi maxsus joyga yetkazadi va o’zi ribosomalar yuzasi bo’yicha tortilgan iRNKning aniq kichik qismiga komplementarlik asosida bog’lanadi. Mana shu tashuvchilik vazifasini bajarish bilan bir vaqtda I RNK ayni aminokislotani sintezlanayotgan oqsil molekulasining ma’lum joyiga o’rnashishini iRNKdagi kod asosida amalga oshiradi, ya’ni adaptorlik rolini o’ynaydi.
RNKlarning ikkinchi xili informatsion RNK (iRNK) o’zida DNKdan ko’chirib olingan axborotni saqlaydi va oqsil sintezi jarayonida matritsa (qolip, andaza) vazifasini bajaradi, shuning uchun u matritsa RNKsi (mRNK) deb ham yuritiladi. iRNKda nukeotidlar tartibining birin-ketin kelishi aminokislotalarning oqsil molekulasi sintezida birin-ketin kelishini belgilaydi.
Ribosomal RNKlar (rRNK) ribosomaning skeletini tuzadi, tRNK skeletiga 50 ga yaqin oqsil molekulalari bittama-bitta ma’lum tartibda tizilib, ribosomaning katta va kichik past birliklarini tuzadi. Oqsil sintezi jarayonida ribosomalarning informatsion RNK zanjirida qadam-baqadam siljishlari, rRNK molekulalariga bog’liq.
13-r a s m. tRNKning beda bargi modeli

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish