Energiya almashinuvi bosqichlari. Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo’linadi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi bo’lib, unda murakkab uglevodlar, yog’lar, oqsillar glyukoza, glitserin va yog’ kislotalari, aminokislotalarga; nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqliq energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
Ikkinchi bosqich to’liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo’lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anayerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o’simlik yoki mikroorganizmlarning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo’llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anayerob nafas olish tufayli glyukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glyukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan energiya hisobiga AТF molekulalari hosil bo’ladi.
Achitqi zamburug’larida glyukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli achish deb yuritiladi.
Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni aseton, asetat kislota va boshqalami hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyalari bir molekula glyukozaning parchalanishi 2 molekula AТFni hosil qilish bilan boradi. Glyukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i AТF tarkibida to’planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
yenergiya almashinuvining uchinchi bosqichi — ayerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish deb ataladk Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo’lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — CO2 va H2O gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular AТF molekulalarida to’planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to’liq parchalanishida 36 molekula AТF hosil bo’ladi. Demak. hujayrani energiya bilan ta’minlashda ayerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi. Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo’linadi.
Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarar organik moddalami hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha yashil o’simliklar, suv o’tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof organizmlar qaysi energiya manbaidan foydalanisbiga qarab ikki gurahga: fototrof va xemotroflarga bo’linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.
1.Hujayraning elementar kimyoviy tarkibini tushuntiring.
2. Suvning fizik va kimyoviy xususiyatlarini tushuntiring.
3. Mineral tuzlarning hujayradagi ahamiyatini tushuntiring.
4. Aminokislotalar va ularning xususiyatlarini ayting.
5. Oqsillar qanday tuzilishga ega.
7. Uglevodlar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
8. Lipidlar haqida ma’lumot bering.