50
» belgisi ishlatiladi. Bunda notalar orasiga «-» belgisi qo„yiladi va kursor
navbatdagi notaning tagida paydo bo„ladi. Vokal matnida bir so„z tugab, ikkinchisi
navbatdagi notadan boshlansa probeldan foydalaniladi. Agar matnda «в», «с» va
shinga o„xshash yozilayotgan so„zning birinchi bo„g„iniga bog„langan
qo„shimchalar ishlatilsa, pastki chiziqdan foydalaniladi – «Shift+defis («-»)».
Shunda so„z bo„g„ini va unga qo„shimcha simvol yoysimon chiziq bilan
birlashtirilgan holda ifodalanadi (rasmga qarang):
«Other Staff Text»
– nota qatoriga taalluqli boshqa matnli yozuvlar.
Ushbu
menyu-buyruq o„zida har xil matnli yozuvlari yaratish
variantlarini jamlagan. Ular juda kamdan-kam hollarda
ishlatiladigan matn ob‟yektlari
hisoblansada,
ba‟zilari
ish
faoliyatingizda juda foydali
bo„lishlari mumkun. Masalan,
«Boxed
text»
–
to„g„ri
to„rtburchak
ichiga
joylashtiriladigan matn, yoki
yuqorida aytib o„tilgan «Lirics line 3, 4, 5» – vokal partiyasining 3-, 4- va 5-
ovozlari, «Roman numberals» – lotincha sonlarni kiritishga mo„ljallangan matn,
«Time sigmatures (one staff only)» – asarning takt o„lchovini kiritish (faqat bir
nota qatori uchun – ba‟zan asarlarda turli nota qatorlarida turlicha takt o„lchovlari
ko„rsatilishi mumkin, ana shunda ushbu funksiya juda qo„l keladi).
Qarab
chiqilgan menyu-buyruq tarkibidagi matn kiritishga mo„ljallangan boshqa
buyruqlarni mustaqil o„rganish tavsiya etiladi.
«Blank Page Text»
– titul varag„iga bezak berishga mo„ljallangan matn
ob‟yektlarini kiritish menyu-buyrug„i.
«Special Text»
– maxsus matn ob‟yektlarini kiritish menyu-buyrug„i.
51
Kuy parchalarini raqamlash. Yirik hajmli musiqa
asarlarida kuyning parchalari raqamlanadi. Ushbu buyruq
yordamida esa kuy parchalarini turli ko„rinishlarda
raqamlash
amalga
oshirilishi
mumkin.
«Create»
menyusining «Rehearsal Mark» (tezkor
klavishalar
kombinatsiyasi – «Ctrl+R») buyrug„i (rasmga qarang)
tanlansa, ekranda raqamlash oynasi paydo bo„ladi. Bu oynada «Consecutive» yoki
«Start at…» variantlaridan birini tanlab, «OK» tugmasi bosiladi. So„ngra
sichqoncha ko„rsatkichi raqam qo„yiladigan takt ustiga olib borilib, uning chap
tugmasi bosiladi. «Consecutive»
varianti
tanlanganida belgilangan taktning tepasida
tartib bo„yicha navbatdagi raqam paydo
bo„ladi. «Start at…» varianti tanlanganida
raqamlash oynasidagi
maydonga belgilangan
taktning tepasida aks ettirilishi lozim bo„lgan
raqamni kiritish zarur. Odatda, raqam o„rniga
raqamning lotin alifbosidagi harfiy ifodasi aks
ettirilishi mumkin. Raqamlashning boshqacha
variantlarini belgilash uchun asosiy menyuning «House Style» → «Engraving
Rules» (tezkor klavishalar kombinatsiyasi – «Ctrl+Shift+E») buyrug„idan
foydalanib «Engraving Rules» oynasi ochiladi. Ushbu oynada taqdim etiladigan
ro„yxatdan «Rehearsal Mark» punkti tanlanadi. Oynaning o„ng tomonida aks
ettiriladigan «Appearance» ro„yxatidan raqamlashning zarur varianti tanlanishi va
«OK» tugmasi bosilishi kifoya. Ushbu oynada «Edit Text Style…» orqali taqdim
etiladigan oynadan foydalanib partiturada aks ettiriladigan
raqamlarning shrift
parametrlarini sozlash mumkin. Kuy parchalarini raqamlashda «Ctrl+R» tezkor
klavishalar kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin, bu raqamlashning
«Consecutive» variantiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: