38
notasi kiritiladi (1) (notaning o„rniga pauza ham qo„yish mumkin). Triol guruhi
qaysi cho„zimda bo„lishiga bog„liq tarzda birinchi nota cho„zimi tanlanadi.
Masalan, sakkiztalik triol guruhida birinchi nota sakkiztalik, choraktalik triol
guruhida – choraktalik nota va hokazo bo„lishi zarur. Birinchi
nota kiritilganidan
so„ng «Ctrl+3» (2) tezkor klavishalar kombinatsiyasi bosilsa, belgilangan nota
ustida triol guruhi chegaralari chizig„i va raqami hamda qo„shimcha
pauzalar
paydo bo„ladi (rasmga qarang):
3-taktda ko„rsatilganidek triol guruhidagi pauzalar bo„lajak notalarning
o„rnini to„ldirib turadi (3). 4-taktda esa barcha notalar terilgan bo„lib, triol guruhi
hosil qilingan. Shunda triolning chegara chiziqlari avtomatik ravishda yo„qoladi
(choraktalik va undan katta cho„zimlardagi triol guruhlari bundan mustasno) va
faqatgina raqamli ko„rsatkich saqlanib qoladi (4).
Hosil qilinadigan triollar guruhlarining xiliga qarab quyidagi tezkor
klavishalar kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin: «Ctrl+2» – duol; «Ctrl+3» –
triol; «Ctrl+4» – kvartol; «Ctrl+5» – kvintol; «Ctrl+6» – sekstol va hokazo.
Ammo, ba‟zi triol guruhlari 10 va undan ortiq notalardan iborat bo„lishi
mumkin. Bunday triol guruhlarini hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
guruhning birinchi notasi kiritiladi (1); «Create» menyusiga kirib (2), «Tuplet»
buyrug„i tanlanadi (3); taqdim etiladigan oynadagi ma‟lumot
kiritish maydoniga
bo„lajak guruhning notalari soni kiritiladi (masalan, 12) va «ОК» tugmasi bosiladi.
Shunda talab etilgan triol guruhi hosil bo„ladi (4). «Tuplet» buyrug„i oynasida triol
guruhining chegaralarini va raqamini kerakli shaklda aks ettirilishini ham sozlash
mumkin.
39
1
2
3
4
Triol nota guruhini sozlash ishlarini bajarish uchun
xususiyatlar
panelidagi
«Notes»
(Notalar)
bo„limidan
foydalanish mumkin (1). Ushbu bo„limning
pastki qismida
triollarni sozlashga mo„ljallangan ro„yxatlar mavjud (Tuplet, 2).
Chap tomondagi ro„yxat yordamida belgilab olingan triol
guruhining raqamini, nota belgilari bilan ifodalanishini ko„rsatish
yoki yashirish mumkin. O„ng tomondagi ro„yxat yordamida esa
triol guruhining chegara chiziqlarini ko„rsatish yoki yashirish mumkin.
Triol guruhlarining chegara chiziqlarini notalarning tepasidan pastki tarafiga
tushurish yoki pastidan tepa tarafiga ko„tarish uchun
chegara chiziqlari belgilab
olinadi (1) va kompyuter klaviaturasidagi «Х» («Ч») klavisha bosiladi (2).
Natijada triol guruhining chegara chiziqlari o„z o„rnini tepadan-pastga yoki
pastdan-tepaga o„zgartiradi.
Triol guruhlari ustida amallarni bajarishda notalarning tarkibiga ahamiyat
berish lozim, chunki bir triol guruhida har xil cho„zimdagi
notalar ishtirok etishi
mumkin (rasmga qarang):
Rasmda ko„rsatilganidek, birinchi taktda notalarning pauzalari qo„yilgan (o„n
oltitalik, sakkiztalik, choraktalik pauzalar). Ikkinchi taktda esa triol guruhlari hosil
1
2
40
qilingan (pauzalardan iborat triol guruhlari). Uchinchi taktda esa turli cho„zimdagi
notalarning har xil triol guruhlarida birlashishining ba‟zi variantlari namoyish
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: