41
PAUZALAR
Sibelius dasturida ma‟lum cho„zimdagi nota kiritilganida taktning qolgan
qismi takt o„lchoviga muvofiq avtomatik tarzda pauzalar bilan to„ldiriladi (rasmga
qarang):
Agarda zarurat bo„lsa, pauzalarning cho„zimini o„zgartirish mumkin. Buning
uchin pauza belgilanadi «Nota belgilari paneli»ning asosiy yoki boshqa notalar
bo„limidagi kerakli cho„zimdagi nota bosiladi. Bunda belgilangan pauza o„rnida
bosilgan notaga mos pauza paydo bo„ladi, taktning
qolgan qismidagi
pauzalar ham muvofiq tarzda
o„zgartiriladi. Masalan, bo„sh taktdagi butun notaning
pauzasini belgilaymiz, so„ngra «Nota belgilari
paneli»ning asosiy notalar bo„limidagi o„n oltitalik
nota belgisini bosamiz. Ushbu holda butun pauza muvofiq tarzda o„n oltitalik
pauza bilan boshlanuvchi pauzalar ketma-ketligiga ajraladi (rasmga qarang):
Ba‟zi holatlarda nuqtali notaga mos keluvchi pauzalarni qo„yish talab etiladi.
Buning
uchun pauza belgilab olinib, nuqtali notaga mos keluvchi nota belgisi
bosiladi, so„ngra asosiy yoki boshqa notalar bo„limidagi mos nuqta
(ikki yoki
uch nuqta) belgisi bosiladi (rasmga qarang):
Ta‟kidlash joizki, panelning yuqori qismida joylashgan nuqta «aksent» deb
nomlanadi, u notaning tepasiga (ba‟zida pastiga) qo„yiladi.
Pauzani yo„qotish uchun «Delete» klavishasidan foydalaniladi.
Multipauzalar
– pauzalardan iborat bir necha taktlarning bitta pauza sifatida
ifodalanishi va pauza belgisi ustida taktlar sonining ko„rsatilishi. Odatda,
multipauzalar orkestr yoki ansambl partiturasining umumiy sadolanishida
vaqtincha ishtirok etmaydigan cholg„ularining partiyalariga qo„yiladi.
Orkestr
partituralarida barcha cholg„ular o„z joylashish o„rniga ega. Orkestr ijrosi vaqtida
42
ba‟zi cholg„ular bir necha takt mobaynida umumiy sadolanishida ishtirok etmasligi
mumkin. Orkestr partiturasida ushbu cholg„ularning partiyalari pauzali taktlar bilan
to„ldirilib, davom ettiriladi. Musiqa asarining partiturasi orkestr dirijyori uchun
yoziladi. Chunki, dirijyor asarning umumiy ijroviy qiyofasini,
jumladan pauzali
taktlarni ham, ko„rib turishi zarur. Biroq, cholg„ularning partiyalarida bu
ko„rinishdagi yozuvlarni aks ettirilishi orkestr ijrochilari uchun noqulay. Ushbu
maqsadda ijrochilar partiyalaridagi ketma-ket kelgan pauzali taktlar umumiy
multipauzalarga almashtiriladi. Ana shunda ijrochi multipauzada ko„rsatilgan
pauzali taktlar sonini ko„radi va kerakli ijroviy qarorni qabul qiladi.
Multipauzalarni hosil qilish uchun «Layout» menyusiga o„tiladi (1),
undan
«Auto Breaks» buyrug„ini tanlab (2), muloqot oynasi ochiladi. Ochilgan oynaning
«Multirests» bo„limiga o„tib (3), «Use multirests» (4) va «Automatically split
multirests» (5) maydonlariga bayroqcha o„rnatiladi. So„ngra faollashgan kiritish
maydonlarining (6) birida har bir multipauzaga qamrab olinadigan pauzali taktlar
soni ko„rsatiladi va «ОК» tugmasi bosiladi. Multipauzalarning
hosil qilinishi
tanlangan kiritish maydoniga ham bog„liq: «Split into groups of … bars» – har bir
multipauzada pauzali taktlar soni ko„rsatilgan sondan oshmaydi; «Split where bar
numbers are multirests of…» – har bir multipauza ko„rsatilgan songa karrali
taktdan boshlanadi va ulardagi pauzali taktlar soni ko„rsatilgan sondan oshmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: