2.Tonallik nisbatlari.
Klassik oliy rondoda, refren xuddi oddiy rondodagi
kabi barcha takrorlarda asosiy tonallikda bayon qilinadi. Ekspozitsiyadagi birinchi
lavha, odatda, dominanta tonalligida, rondoning asosiy tonalligi minor bо‘lganda
esa parallel majorda bayon qilinadi.
Minor rondo juda kam uchraydi.
О‘rta lavha (S) kо‘proq subdominanta tonalligida yoki parallel minor
tonalligida bayon etiladi.
3.Rondodagi sonatalilik.
Rondo-sonata uchun xarakterli bо‘lgan
ekspozitsiyada avtentik va parallel-major tonallik nisbatlari va ularning birinchi
lavha reprizasida asosiy tonallikka qaytishi xususiyatlari klassik sonata shakli
ta’sirida shakllangan. Biroq о‘z-о‘zicha ular hali «sonatalilik»ning zaruriy, jiddiy
belgisi sanalmaydi.
«Sonatalilik» rivojlantirish jarayonining о‘zida namoyon bо‘ladi va shunda
ifodalanadiki, ekspozitsiyada qо‘shimcha partiya oraliq bо‘g‘in sifatida ishtirok
etmay, balki asosiysiga qarma-qarshi qо‘yiladi va undan ustuvorlik qiladi,
muvozanatning u yoki bu darajada keskin buzilishini keltirib chiqaradi.
Bunda birinchi lavhaning (V) hajmi ortishi, uning partiya о‘lchamlariga
qadar kattalashishi asosiy rol о‘ynaydi. Bunga, shuningdek, bog‘lovchi qism
vositasida lavhani tayyorlash ham xizmat qiladi.
Shunday qilib,
rondo-sonata
shaklini rondali strukturaning sonata
rivojlanishning о‘ziga xos tamoyili bilan birikishi sifatida tushunish lozim.
4.
Refren tuzilishi.
Butun shaklning birinchi
yirik bо‘limi
ekspozitsiya
deb ataladi. Butun asar xarakterini belgilaydigan asosiy partiya rondo mavzulariga
xos bо‘lgan qirralarni saqlab qoladi. U turli shakllarda, ba’zida bir qismli, davriya
kо‘rinishida bayon qilinadi
(Betxovenning 7, 8, 9, 11, 15- sonatalari finalida).
Ikki qismli shakldagi mavzu ham uchrab turadi (Betxovenning 12, 13- sonatalari
finalida). Kо‘pincha mavzu uch qismli shaklga ham ega bо‘la oladi,bu bilan u
asosiy bо‘limi refreniga alohida bosiqlik baxsh etadi, sonata shakli uchun esa bu
umuman xos emas (a + о‘tish + a; Betxovena 2, 4- sonatalari finalida); biroq
ba’zida yanada mustaqil va kengaytirilgan shaklda bо‘lishi mumkin (Betxovenning
27- sonatasi finalida).
Rondo-sonata uchun bog‘lovchi partiya bilan birinchi lavhani tayyorlash
xarakterli sanaladi. Uning (bog‘lovchi partiyaning) vazifasi – yangi mavzuga
103
modulyatsion о‘tishni yaratish. Ba’zida bog‘lovchi partiya juda qisqa
Do'stlaringiz bilan baham: |