Musiqa nazariyasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

-
yu
,
sikl uch qismli bо‘lsa, unda skerso mavjud bо‘lmaydi. 
Ikki qismli turkumlar ham uchraydiki, ularda birinchi qism sonata shaklida, 
ikkinchisi variatsiya yoki rondo shaklida yoziladi (Betxoven. 19, 20,32-
Sonatalari). 
Agar sonata-simfonik turkumlar besh yoki undan ham kо‘p qismni о‘z 
ichiga olsa, bu holda siklda yo ikkita skerso, yo ikkita sekin qismdan foydalaniladi,
yoki ularning ayrimlari gо‘yoki turkumning asosiy «normativ» qismlariga 
muqaddima sifatida xizmat qiladi. 
Cholg‘u 
konserti
janri (Concerto – italyancha “musobaqa”) ham sonata-
simfonik turkumga kiradi. 
Klassik cholg‘u konserti, odatda, uch qismlidir (tо‘rt qismli konsert keyinroq 
paydo bо‘lgan hamda xarakteriga kо‘ra solist va orkestr uchun yozilgan
simfoniya janriga yaqin: I.Bramsning 2-Konserti, D.Shostakovichning Skripka 
uchun konserti). 
Konsert asosida solo va orkestr partiyalari musobaqasi yotadi. Bu musobaqa
hamda sonata shaklida ekspozitsiyani takrorlash an’anasi birinchi qismning 
«ikkilik ekspozitsiyasi» deb nom olgan hodisa bilan, ya’ni ekspozitsiyani cholg‘u 
solosi kirishidan oldin orkestrda о‘tkazish bilan bog‘liq.
 
Qator hollarda bu ekspozitsiyalar о‘zaro faqat fakturasi bilan farq qiladi. 
Shu bilan birga, cholg‘u solosining ekspozitsiyasidagi asosiy, ba’zan esa 
yordamchi partiyada yangi mavzu о‘tkaziladi (V.Motsart, L.Betxoven). bu holda 
ishlanmada har ikki ekspozitsiya mavzusi qoladi, reprizada esa yo cholg‘u 
solosining ikkinchi mavzu qoladi, yo orkestr ekspozitsiyasining mos mavzusi 
о‘tkaziladi. 
Birinchi qism umuman mohirona (virtuoz)xarakter kasb etadi,) cholg‘u 
solosining an’anaviy 
kadensiyasi 
uning (cholg‘uning texnik imkoniyatlarini 
namoyon qilish bо‘lim) jamlangan joyi (konsentratsiyasi) bо‘lib, u kodadan oldin, 
ba’zan koda ichida yo reprizadan oldin joylashtiriladi.
 


109 
L.Betxovengacha kadensiya yozilmagan (ijrochi birinchi qismning asosiy 
mavzularidan foydalanib, ijodiy badiha qilib chalgan). L.Betxovendan boshlab, 
kadensiyani kompozitor yozadigan bо‘ldi. 
Konsertning ikkinchi qismi – vazmin, lirik bо‘lib, kо‘pincha oddiy uch 
qismli shaklda yoziladi.
Uchinchi qism – final – tez, faol, kо‘proq rondo shaklida bо‘ladi. 
Sonata-simfonik turkumda yaxlitlikka yordam beruvchi qator qonuniyatlar 
shakllanib rivojlangan.
 
Chekka qismlar bitta tonallikda yoziladi (minor asarlarda finallar shu 
nomdagi majorda yoziladi) va butun sikl tonalligi shu tonallik bilan nomlanadi.
Sekin sur’atdagi qism yaqin tonallikda (subdominanta, nomdosh, parallel), 
kam hollarda uzoq tonallikda yoziladi. 
Sonata turkumining yaxlitligi uchun uning qismlari о‘rtasidagi mavzuviy 
(intonatsion) bog‘lanmalar juda muhim sanaladi, ular turli shakllarda namoyon 
bо‘la oladi. XIX – XX kompozitorlarida mavzuviy aloqalar alohida dramaturgik 
vazifa bajarib, asarning yaxlit fikri (konsepsiyasi)ni belgilaydi (Chaykovskiyning 4 
- simfoniyasi finalida kirish mavzusi ikki marta о‘tkazilgan, kompozitorning 5- 
simfoniyasida kirish mavzusi keyingi barcha qismlarda о‘tkazilgan). 
Sonata-simfonik turkum о‘zining klassik uslubida Gaydn va Motsart ijodida 
о‘rnashdi. Rivojlanishning eng yuqori chо‘qqisiga esa Betxoven ijodida yetishdi.
Kompozitorlar-romantiklar sikl tuzilishiga kо‘plab yangilik kiritdilar. Berlioz va
List ijodida simfonik siklning yangi turi – biror adabiy asar bilan bog‘liq bо‘lgan 
yoki ma’lum dasturga ega bо‘lgan 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish