Gumat-kalsiyli eritmalar – neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quduqlarni yuvishga mo‘ljallangan eritmalar. Bunda gumin kislotasi tuzlari asosida tayyorlanadigan eritmalarning qattiq fazasi miqdori 5-7% ga teng. Bu eritmalarning shartli qovushqoqligini va siljishning statik kuchlanishini muntazam saqlab turish uchun eritmaga gumin kislotasining kalsiyli tuzi qo‘shib tayyorlanadi. Burg‘ilash eritmasini gumin kislota tuziga aylantirish uchun eritmaga 0,05-0,1% miqdorda kalsiy xlorid (CaCl2) tuzi va 0,5-0,1% gumin kislotasi hamda 1,5-25% miqdorda suv qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |