Gilli pardaning qalinligi, zichligi va qovushqoqligi (korka)-Odatda, filtrda qolgan pardalarninng qalinligi har xil va bu qalinlik suv beruvchanlikka proporsional bo‘ladi. Suv beruvchanlik qanchalik yuqori bo‘lsa, gilli pardalar shunchalik qalinlashadi. Odatda yuqori haroratlarda pardaning qalinligi ortadi.
Pardani qalinligi quyidagilarga bog‘liq:
a) gillarning dastlabki sifatiga;
b) gilli eritmalarning holatiga va ulardagi qattiq moddalarning miqdoriga;
v) kimyoviy reagentlar va og‘irlashtiruvchilarning tarkibi va konsentratsiyasiga;
g) parda tarkibidagi suvning miqdoriga;
d) bosimning pasayish miqdoriga.
Burg‘ilash jarayonida, ayniqsa burg’uni ko‘tarishda pardaning qalinligi katta ahamiyatga ega.
Yuqori darajada disperslangan gilli eritmalarda zich va yupqa pardalar hosil bo‘ladi. Lekin og‘ir faza konsentratsiyasining oshishi bilan pardaning qalinligi va zichligi ham ortadi.
Burg‘ilash jarayonida gilli eritmalar pardasi qalinligi va zichligi bilan bir qatorda, pardaning qovushqoqligi ham katta o‘rin tutadi. Chunki gilli eritma pardasining qovushqoqligi burg‘ilash quvurlari birikmasining tutilib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Gilli pardalarni ikki toifaga bo‘lish mumkin:
a) siqilmaydigan;
b) siqiladigan.
Siqilmaydigan pardalarni hosil qiluvchi eritmalarda suv beruvchanlik bosimga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday eritmalarning suv beruvchanligi faqat bosimning pasayishiga bog‘liq.
Siqiladigan parda hosil qiluvchi eritmalarda suv beruvchanlik miqdori bosimga bog‘liq bo‘ladi. Lekin pardalarning suv beruvchanligi bosimni oshishi bilan kamayadi.
e) Gilli eritmalar siljishining statik kuchlanishi – bu gilli eritmalarning zich holatini o‘zgartirishga ta’sir etadigan kuch. Bu ko‘rsatkichga gilli eritmada hosil bo‘ladigan va vaqt o‘tishi bilan oshib boradigan strukturalarning mustahkamligi kiradi. Odatda ular ikki marta o‘lchanadi:
1 minut tinch qoldirilgandan keyin;
10 minut tinch qoldirilgandan keyin;
Siljishning statik kuchlanishi SNS-2 asbobi yordamida o‘lchanadi (9.2,d-rasm). Normal sharoitlarda burg‘ilashda siljishning statik kuchlanishi chegarasi 220 mg/sm2 atrofida ushlab turiladi. Gilli eritmalarning g‘ovakli tog‘ jinslariga yutilishi xavfi bo‘lgan holatlarda siljishning yuqori statik kuchlanishiga ega bo‘lgan (200 mg/sm2) eritmalar qo‘llaniladi.
j) Gilli eritmalarning barqarorligi - kolloid eritmasining turg‘unligi bilan xarakterlanadi. Bunda qattiq fazoning hamma zarrachalari muallaq holatda saqlanadi. Gilli eritmalar har xil barqarorlikka ega. Plastik gillar va bentonitlar eng barqaror va yuqori tiksotropik eritmalarni beradi. Bundan tashqari qovushqoq beqaror va suyuq eritmalar mavjud.
Gilli eritmalarning barqarorligini tez aralashtirish yo‘li bilan ta’minlash mumkin. Chunki bunday jarayon natijasida qattiq zarrachalar maydalanadi. Odatda qum, tuz, so‘ngan ohak, barit va gematit barqarorlikni kamaytiradi. Har xil ishqorli reagentlar qo‘shib gilli eritmalarning barqarorligini oshirish yoki kamaytirish mumkin. Gilli eritmalarning barqarorligi ikki usulda aniqlanadi.
a) ma’lum vaqt ichida (24 soat) sig‘imi 100 m3 bo‘lgan silindrdagi gilli eritmadan suvning ajralishi bilan;
b) sig‘imi 500 m3 bo‘lgan maxsus silindrning yuqori va pastki yarmigacha quyilgan gilli eritmaning solishtirma og‘irliklari farqi bilan.
Odatda, bu farq 0,02 dan oshmasa, turg‘un eritma hisoblanadi. Og‘irlashtirilgan eritmalarda esa bu farq 0,06 dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |