Uglevodorod asosidagi eritmalar - asosan ko‘p komponentli kolloid-kimyoviy sistemadan tarkib topgan murakkab eritmalar hisoblanadi. Dispers muhit sifatida uglevodorod, dispers faza sifatida esa suv va qattiq komponentlar qatnashadi. Ular suvsiz suyuqlikka va inert emulsiyaga bo‘linadi. Tarkibiga dispers muhit sifatida dizel yoqilg‘isi, dispers faza sifatida yuqori oksidlangan bitum, og‘irlashtiruvich, oz miqdorda minerallangan suv, yuqori ta’sirli kalsiy oksidi va tolali asbect kiradi.
Bitumli suspenziyaning xossasi dizel yoqilg‘isi va bitumning kimyoviy tarkibiga bog‘liq.Uglevodorod asosidagi eritmalar neft qatlamlarini ochishga, kern olishga, gilli qatlamlarni burg‘ilashga hamda burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |